TO‘ZG‘UVCHI MODDALAR BILAN POROSHOKLAR
TAYYORLASH
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to‘zg‘uvchi moddalar kirsa
(magniy oksid, talk, kaolin va boshqalar), bunday poroshoklarni
tayyorlashda to‘zg‘uvchi moddalar cng oxirida qo‘shiladi va uzoq
aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yo'qotish miqdori me'yoridan
ortiq bo'lib qolish ehtimoli mavjuddir.
Rp.: Magnii oxydi
Vismuthi subnitratis ana 0,15
Misce fiat pulvis
Da tales doses N10
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal lchilsin.
Pasporti: magniy oksid 1,5 g
0,15x10=1,5 g
101
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vismut subnitrat 1,5 g
0,15*10=l,5g
Umumiy massa 1,5 + 1,5=3,0
1 ta poroshok massa 3/10 = 0,3 g.
Tayyorlanishi: bovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib,
yaxshilab maydalanadi. Keyin uning ustiga 1,5 g magniy oksidi
2-3 boiakka boiib solinadi va bir xil poroshok hosil boiguncha
aralashtiriladi. Tayyor poroshok 10 ta oddiy qog'ozga 0,3 g dan
qadoqlanadi. So'ngra qog'oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq
yoprshtiriladi.
BO'YOVCHI MODDALAR BILAN POROSHOKLAR
TAYYORLASH
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo'yovchi moddalar kirsa
(akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen ko‘ki, brilliant yashili va
boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va
tarozilar ishlatiladi.
Dori moddalarni bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lishi va kam miqdorda
yozilganligi uchun, xovoncha va dastaning ifloslanishini oldini olish
maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlash vaqtida rangli modda rangsiz moddalar o‘rtasiga solib
aralashtiriladi.
Rp.: Riboflavini 0,01
Sacchari 0,2
Misce fiat pulvis
Da tales doses N6
Signa. Kuniga
bitta
p o roshokdan
3
m ahal
ichilsin
Pasporti:
Riboflavin 0,06 g
0,01 x 6 = 0,6g 0,01 • 6,0 yoki 0,01 ■
6 = 0,06
Qand poroshogi I,2g
0,2
x
6
=
1,2
Umumiy massa 00,6+1,2= l,26g
1 ta poroshok massa 1,2645=0,21 g.
Bu retsept tayyorlanishida ikki xil usul bor.
102
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 usul:
Tayyorlanishi: liovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi.
Maydalangan qandning 1/2 qismini hovonchada qoldirib, uning ustiga 0,6
g riboflavin solinadi, keyin qolgan 1/2 qism qand kukuni solinib, bir xil
rangdagi poroshok hosil boMguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib,
qog'oz xaltachaga solinadi.
2 usul bo'yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash «qavatlash»
usuli bo‘lib hisoblanadi.
Tayyorlanishi: hovonchaga rangsiz moddaning yarmi solinadi uning
ustiga bo'yovchi modda solinadi, uni ustiga qolgan rangsiz modda solinib
dasta bilan bir xil aralashma hosil bo'lguncha aralashtiriladi.
EKSTRAKTLAR BILAN POROSHOKLAR TAYYORLASH
E k strak tlar (Extractum ) dcb, o'simlik xomashyosidan biologik
faol moddalar suv, spirt, cfir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib
olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bugMatilgan ajratmalarga
aytiladi.
Ekstraktlar konsistensiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
Quyuq ek strak t (E xtractum spissum 1:1) o‘ta qovushqoq, idishdan
to'kilmaydigan asalsimon cho'ziluvchan massa bo'lib, 25% gacha namlik
saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi.
Q uruq ckstrakt (Extractum siccum 1:2) quruq poroshok holida
bo'lib, 5% gacha namlik saqlaydi.
Suyuq ek strak t (Extractum fluidum 1:2) konsentrlangan ajratmalar
bo'lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvat-
dagi etil spirti ishlatiladi.
Agarda retscptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga
asosan quyuq ekstrakt olinadi.
Rp.: Extracti Belladonnae spissi 0,015
Alcii carbonatis 0,3
Misce fiat pulvis.
Da tales doses N6.
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Tayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kalsiy karbonat solib mayda-
lanadi va uni qog'ozga olib qo'yiladi. Qo‘l tarozisida filtr qog'ozga 0,09 g
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
quyuq Rclladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi
boshchasiga yopishtiriladi. Filtr qog‘ozning orqa tomonidan 20% li etanol
tomizilib yoki suv bilan ho'llanib filtr qog'oz ajratib olinadi.
Ekstrakt hovonchada 1-2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan
maydalab qo'yilgan kalsiy kaibonat kukunidan 2-3 boMakka solib, toki
sochiluvchan bir xil poroshok hosil hoMguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyor poroshok 0,315 g dan 6 ta mumli yoki parafinli kapsulaga
qadoqlanib, qog'oz xaltachaga solinadi.
b) 1,8 g kalsiy karbonat hovonchaga solinib maydalanadi va uni
qog‘ozga olib qo'yiladi. So'ngra 0,18 g quruq Bclladonna ekstraktidan
(1:2) olib, uni oz-ozdan maydalangan kalsiy karbonat bilan aralashtiriladi.
Tayyor bo'lgan bir xildagi kukun 0,33 g dan mumli yoki parafinli
kapsulaga qadoqlanib, qog'oz xaltachaga solinadi.
d) 1,8 g kalsiy karbonatni hovonchaga solib maydalanadi va uning
ustiga 5 -6 tomchi (0,18 g) quyuq Belladonna ekstrakti eritmasi (1:2)
tomiziladi, so'ngra bir xil sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha
aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsula-
ga qadoqlanib, qog'oz xaltachaga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.
Retsept tayyorlanib bo‘lgandan so'ng, uni orqasida qaysi ekstraktdan
foydalanilgani, albatta ko'rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |