Jelatin-glitserinli asoslar. Jelatin-glitserinli asoslar har xil konsen-
tratsiyadagi jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%)dan tayyorlanadi.
Bo'laklarga qirqib olingan jelatinni chinni idishda ko'rsatilgan miqdor-
dagi suv bilan 3-4 soatga bo'kish uchun qo'yib qo'yiladi. Unga glitserin
qo'shib aralashtiriladi va suv hammomida bir tusli suyuqlik hosil
bo'Iguncha qizdiriladi. Biroz vaqt qoldirilsa yumshoq konsistensiyali
massa hosil bo'ladi. Olingan asos teriga yaxshi surtiladi va suv bilan oson
yuviladi. Jelatinli asoslar mikroorgamzmlar ta'sirida tez ayniydi va uzoq
saqlaganda sinerezisga uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |