69
III bob bo’yicha xulosalar
1. Mikrotoponimlarning etimologik tahlilida xalq etimologiyasi bilan bir
qatorda asosan nomning atalish motivi, lug’aviy asosi tahliliga jiddiy e’tibor
qaratish lozim.
2. Shahar mikrotoponimlarining yuzaga kelishida, asosan, ot, sifat va
son turkumiga mansub apellyativlar, jumladan, toponimik indikatorlar asosida
hosil qilingan nomlar salmoqli o’rin tutadi.
3. Joylarni, jumladan, aholi manzillarini nomlashda hududlarda
muayyan andoza va qoliplarga amal qilinishi kuzatiladi.
4. Hudud mikrotoponimlari tuzilish shakliga ko’ra asosan sodda va
qo’shma tarkibli bo’lib, murakkab tarkibli oykonimlar sanoqli. Bu o’zbek tili
toponimiyasi morfologik va yasalish jihatidan sayqallanganligini, ma’lum
me’yor hamda qoliplarga tushganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: