ФИО авторов: Ismoilova Mohigul Akramjon qizi (talaba), Abdulhamidov
Ravshanbek Rajabali o'g'li (talaba)
Учебное заведение (населенный пункт): Farg'ona davlat universiteti
San'atshunoslik fakulteti Musiqiy ta'limi yo'nalishi
Название публикации: «INNOVATSION-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
YORDAMIDA MUSIQA TA`LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH”»
Kalit so’z: Sibelius, LiylPond, Denoma, Overture, MuseScore, Finale, Windows,
Mac OS, Mac OS X, RISC OS.
Annotatsiya: ushbu maqolada bugungi kunda joriy qilingan innovatsion
texnologiyalar ular bilan ishlash hamda amaliyotga joriy qilish xususida yozilgan.
XX-asr, eng murakkab ijtimoiy-siyosiy voqelarga boy, ilm–fan, madaniyat va
texnikaviy taraqqiyotning keskin rivojlanish asri sifatida, umum insoniyat tarixining
zarvaraqasiga muhrlandi. Xususan O’zbekistonda ham Yevropacha tafakkur
oqimining ta’siri sezila boshladi. XX- asrda musiqa amaliyoti sohasida ham
raqamlashtirilgan isloxotlar o’tkazilgani yangi innovatsion texnologiyalar joriy etilgani
barchamizga ma’lum albatta. Endilikda ushbu texnologiyalarni takomillashtirilgan
tarzda amaliyotga taqdim etish vaqti keldi. Aslida tarixga nazar soladigan bo’lsak.
Ma’lumki, sharqiy renessans davrlari tarixda ikki marotaba kuzatilgan. Birinchi
renesans IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV-XVI asrlar o’rta osiyoda fan madaniyat, siyosat
kabi sohalar gurgunglab yashnadi. Xususan sharqiy renasans davrida aniq fanlar sohasi
ham yuksak bosqichda rivojlangani butun jahon tarixiga ma’lum. Bugungi kelib o’zbek
musiqa san’ati va uning yo’nalishlarida tubdan islohotlar o’tkazila boshladi. So’ngi
yillarda hukumatimiz tomonidan san’at sohasini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Avvalo musiqiy madaniyat haqida gapirar ekanmiz musiqa va san’at maktablarida
hamda oliy o’quv yurti talabalari uchun an’anaviy ravishda solfedjio garmoniya fanlari
o’tib kelinmoqda. Ushbu fan yuzasidan musiqashunos olimlar ham o’z ilmiy
tajribalariga asoslangan xolda, o’quv qo’llanmalar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab
chiqishmoqda. Xususan solfedjio fanidan bolalarni ritmik qobiliyatini rivojlantirish,
74
usulni xis qilishi uchun dotsent S.Matyakubovaning o’quv uslubiy qo’llanmalarini
tavsiya etgan bo’lardik. Bugungi kunda musiqa ta’limini rivojlantirishda yangi nashr
etilgan o’quv qo’llanma va adabiyotlarni amaliyotga keng tadbiq qilish kerak. Milliy
musiqa san’atimizning sarchashmasi maqom, folklor san’atimizga qaratilgan e’tibor
musiqashunoslar uchun yangi tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun yo’l ochmoqda
desak mubolag’a bo’lmaydi. Xususan VI Xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivali
munosabati hamda 2005-2007 yillarda YUNESKO tashabbusi ostida o’tkazilgan
Toshkent, Buhoro, Xiva, Samarqand, Farg’ona, Qo’qon va bir qancha shaharlarda
o’tkazilgan ilmiy-amaliy mashg’ulotlar tufayli “Shashmaqom saboqlari” (T.,2007)
nomli maqolalar I,II,III to’plamining nashr etilishi, Maqomshunos olim, professor
R.Yunusovning o’zbek maqom simfoniyasi asoschisi kompozitor Mirsodiq Tojiyev
ijodiga bag'ishlangan “Ўзбекистон Санъат Усталари Мирсoдиқ Тожиев” (T.,2018)
nomli monografiyasi, San’atshunoslik fanlari doktori, professor T.G’ofurbekovning
“Bastakorlik ijodiyoti: tarixi, tahlili, taqdiri” (T.,2019) ilmiy asari, Musiqashunos olim
Oqilxon Ibrohimovning “Амир Темур ва Мусиқа” (T.,2019) nomli maqolalari
musiqashunoslarimizning ilmiy faoliyat naqadar yuksak rivojlanayotganidan dalolat
beradi.
Dars jarayonlari haqida so’z borar ekan birinchi galda o’quv mashg’ulotlari
haqida gapirib o’tamiz. Masalan pademiya sabab hozirda ta’lim jarayonlari online
eavishda olib borilmoqda. Shu bois yana oflayn o’qish jarayonlarini hisobga olgan
holda dasr jarayonlarini an’anaviy tarzda emas balki noan’anaviy tarzda olib borilsa
o’quvchilarning qiziqishlari ortib boradi. Masalan har safrgi dars salomlashish,
ustozning ma’ruzasi bilan, savol javob tarzida o’z yakuniga yetadi. Birinchi dars shu
ko’rinishda o’tsada keying darslarda bunday bo’lishi joiz emas. Buni biz musiqa
adabiyoti fanidan kelib chiqqan xolda tahlil qiladigan bo’lsak, mavzu tushuntirish
jarayonida nafaqat adabiyotdan, shu bilan bir qatorda audio, video, hamda qiziqarli
faktlardan ham foydalanish kerak. Kompazitor asarlarini shunchaki musiqani o’zini
qo’yib berish bilan bir qatorda bolalarga uni tushuntirish tahlil qilishni asta sekinlik
bilan musiqiy tahlil qilishni ham o’rgatish kerak.
75
Hozirda musiqa madaniyati sohasida ilg’or va innovatsion texnologiyalar ta’lim
tizimida joriy qilinmoqda. Shu bois musiqa amaliyotida ko’p murajjat etilayotgan
dasturlashgan keng ko’lamli va universal programmalar xususida to’xtalib o’tamiz.
Masalan kompazitor, drijjor musiqiy pedagoglar tomonidan ko’p murojaat
etiluvchi Sibelius-programmasiga to’xtalib o’tsak. Xozirgi kunda ushbu dasturdan
dunyoning yuzdan oshiq mamlakatlarida foydalanib kelishmoqda. Ushbu programma
nota matni bilan Microsoft Windows, Mac OS, Mac OS X hamda RISC OS
dasturlarida ishlash uchun Sibelius Software kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
Ushbu programma kompazitorlar, aranjirovkachilar, ijrochilar, musiqa yozuvchilar
hamda talaba yoshlar uchun mo’ljallangan bo’lib bugungi kunda pedagogik maqsada
foydalanilsa ayni mudaao bo’lar edi. Buning uchun ushbu dasturda ishlash va
o’quvchilar bilan dars olib boorish uchun pedagoglarning ko’nikmalarini xosil qilmoq
kerak.
Huddi shu kabi yana boshqa bir musiqiy dasturchi xususida to’xtalib o’tamiz bu
NU LilyPond - bu Gollandiyalik dasturchilar va musiqachilar - frantsuz ijrochisi Xan-
Ven Ningxuis va skripkachi Yan Noyenxuisen tomonidan ishlab chiqilgan va maxsus
terilgan matndan (TeX texnologiyasidan foydalangan holda) fayl to'plash orqali
musiqiy nota matnlarini yaratishga mo'ljallangan bepul musiqa muharriri va formatlash
tilidir. Dastur dastlab GNU / Linux ostida ishlashga mo'ljallangan edi, shuningdek
Microsoft Windows va Apple Mac OS versiyalari mavjud. LilyPond C ++ da yozilgan
va Scheme kutubxonasidan foydalanadi.
LilyPond-da ballarni yaratish jarayoni dasturlashga o'xshaydi, chiqish fayli ma'lum
qoidalar bo'yicha terilgan matnga muvofiq tuziladi. Ushbu "tilni" dasturni o’zlashtirish
biroz mahorat talab qiladi. Dastur orqali bir nechta fayllarni yaratish mumkun: birinchi
navbatda, interval (PostScript, SVG, TeX va boshqalarda), keyinchalik PDF yoki
boshqa formatlarga (PNG, DVI) aylantiriladi. LilyPond shuningdek MIDI fayllarini
yaratishga qodir (faylni yaratish bo'yicha ko'rsatma buyruq satri parametri sifatida
emas, balki yozuvda o'zi bilan ko'rsatilgan).
76
Boshqa musiqiy muharrirlardan farqli o'laroq (Finale, Sibelius va boshqalar) LilyPond
grafik interfeysga ega emas va WYSIWYG-ni qo'llab-quvvatlamaydi: dastur o'zi
sahifadagi ball elementlarining optimal joylashishini aniqlaydi (masalan, chiziqdagi
o'lchovlar soni yoki notalar orasidagi masofa); shu bilan birga, manba faylidagi kerakli
parametrlarning ko'rsatgichlari yordamida tartibni boshqarish mumkin.
Xulosa qilib aytish joizki bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish uchun avvalo
yangi zamon bilan hamnafas bo’lmoq, bu borada ham biblografik, ham texnologik
innovatsiyalardan foydalanish va dasr jarayonida buni amalga tadbiq qilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. Druskin. Istoriya zarubejnoy muziki. M 1968 g.
2. “Bastakorlik ijodiyoti: tarixi, tahlili, taqdiri” (T.,2019)
77
Do'stlaringiz bilan baham: |