Gidrologiya va injener indd



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

11.7-rasm. To‘kilmalar
dona lar  egiladi,  egilgan  qismida  maydaroq  donalar  qoladi. 
Uchin chi,  donador  material  bilan  egallanmagan  yuqori  qismi 
tikka qiyalikka ega (ayrim hollarda uzilgan) bo‘ladi va oziqlanish 
va nurash mahsulotlarining tashish hududi hisoblanadi.
1
2
3
1
2
3
1
2
3
11.8-rasm. Tog‘ yonbag‘ri qiyaligiga bog‘liq to‘kilmaning bo‘ylama  
kesimi chizmasi: 
1 – bazis (asosi); 2 – egilish hududi; 2 – olish va tashish hududi.
Maydoni jihatidan to‘kilmalar bir necha metr kvadratdan 0,5 
km

bo‘lishi  mumkin.  To‘kilmaning  qalinligi  (yuzaga  nisbatan 
normal)  har  xil  bo‘lishi  mumkin,  ayrim  hollarda  15–20  m  ga, 
shuningdek, 30–40 m ga yetishi mumkin. To‘kilmaning eng katta 
qalinligi bazis va egilish chegarasida bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha 
katta  hududni  egallovchi,  lekin  kichik  qalinlikka  ega  (2–3  m) 
to‘kilmalar uchraydi. 


129
Yengil  nuraydigan  jinsli  to‘kilmalar  (gilli  slanetslar,  mergel-
lar, ohaktoshlar, dolomitlar, qumtoshlar va b.) keng tarqalgandir. 
Oziqlanish va materialni tashishi bo‘yicha relyefning rivojlanish 
bosqichiga javob beruvchi to‘kilmalar uch xil bo‘ladi.
Birinch bosqich – jadal buzilish. Bu bosqich tog‘ yonbag‘ri qiya-
ligi 65° dan katta bo‘lganda yuzaga keladi. Bunday oziqla nadigan 
hududga ega bo‘lgan to‘kilma jadal (11.8 a-rasm) bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich – bo‘sh buzilish. Tog‘ yonbag‘ri qiyaligi 30
º–
45
º.
Tog‘  yonbag‘ri  qiyaligi  30
º–35º  dan  kichik  bo‘lsa,  to‘kilma 
hosil bo‘lmaydi. Eng kam mustahkamlikka ega qatlamning qalin-
ligi 0,2–0,5 m bo‘lib, u yuza qismida joylashgan bo‘ladi. 
Yo‘l  qurilishi  uchun  to‘kilma  jarayonining  xavfli  tomo-
ni  avvalambor,  to‘kilmada  yo‘l  o‘tkazish  juda  qiyin  va  maxsus 
yechim  qo‘llash  bilan  bog‘liq.  Amalda  foydalanilayotgan  yo‘lga 
to‘kilmaning ta’siri qatnov qismida asta-sekin to‘kilmani tashkil 
qiluvchi  materiallarning  egilishidan  iborat,  bu  yo‘lda  harakat-
lanayotgan  avtomobilga  juda  yomon  ta’sir  qiladi.  Shuningdek, 
bunday  ta’sir  bo‘ladigan  yo‘l  bo‘lagida  yo‘lning  normal  holatini 
ta’minlovchi u yoki bu tasnifga ega himoya tadbirlar qo‘llash ker-
ak bo‘ladi.
To‘kilmaning mustahkamligi uning yuzasiga qo‘yilgan yukka 
bog‘liq bo‘lmaydi va to‘kilma materialining ichki ishqala nish bur-
chagi va to‘kilmaning qiyalik burchagi orasidagi nisbatga bog‘liq 
bo‘ladi. 
To‘kilmali  to‘plamning  jadal  namlangan  vaqtdagi  surilish 
jarayoni osova deb ataladi. Bu tur harakatining tasnifi bo‘yicha 
ko‘chki va opliv o‘rtasida bo‘ladi, ammo ko‘pchilik tadqiqotchi-
lar uni ko‘chki-ag‘darma deb tushunadilar. Belgilangan surilish 
yuzasi bo‘lmaydi. 
Osovalar  ko‘p  hollarda  amaldagi,  shuningdek,  stabillashgan 
to‘kilmalarning  yomg‘irdan  so‘ng,  suv  ko‘tarilganda  yoki  yer 
osti  suvlari  ta’sir  qilganda  namlanishi  natijasida  hosil  bo‘ladi. 
Jadal  namlanish  ilashishning  kamayishiga,  konsistensiyaning 
o‘zgarishiga va tog‘ yonbag‘ri qiyaligida to‘plangan materialning 
og‘irligi oshi shiga, natijada uning muvozanati yo‘qolishiga va qi-
yalikdan pastga surilishga olib keladi.


130
Tog‘  yonbag‘ri  qiyaligida  ag‘darmalarni  bashoratlash  mu-
rakkab vazifa hisoblanadi, uni yechish uchun asosiy tabiiy va tex-
nogen  amallarni  aniqlash,  ularning  vaqt  davomida  rivojlanishi 
va  o‘zgarishi  kerak  bo‘ladi.  Ag‘darma  jarayonlarini  har  qanday 
bashoratlash uning hosil bo‘lish sharoiti har xilligi, ko‘pchilik hol-
larda yechimsiz bo‘ladi.
Lekin  amaldagi  nazariy  va  uslubiy  materiallarning  tahlili 
ma’lum bir aniq sharoitlarda amalda tabiiy qiyaliklarning mus-
tahkamlik  darajasini  hisob  yo‘li  bilan  aniqlash  mumkinligini 
ko‘rsatadi.  Buning  uchun  birlamchi  ma’lumotlar  kerak  bo‘ladi. 
Afsuski,  ko‘p  hollarda  injener-qidirish  ishlari  olib  borilayotgan 
bosqichda mustahkamlikni son jihatidan baholash uchun materi-
al yig‘ishning imkoni bo‘lmaydi. 
Kerakli ma’lumotlar bo‘lmaganda tog‘ yonbag‘ri qiyaliklari si-
fatini baholash kerak bo‘ladi. Bunday baholashda tog‘ yonbag‘ri 
qiyaliklarining mustahkamligi ko‘z bilan chamalanib baholana-
di: balandligi va qiyaligining qiymatlari, qiyalikda buzilish alo-
matlari borligi, o‘simlik o‘sishi, tog‘ yonbag‘rining ekspozitsiyasi, 
suv ga to‘yinishi, tog‘ yonbag‘ri shakli, jinslar turi va b.
Bashoratlashning bir necha turlari bor: hisob usullari, model-
lashtirish, analog yoki solishtirish-geolog usuli, tarixiy-geolog usu-
li, yer massasi balansini hisobga oluvchi usul, tog‘ yonbag‘ri qiya-
ligi surilish alomatining borligini kuzatish usuli, mustahkamlik 
koeffitsienti qiymatini o‘zgartiruvchi omil-jarayonlarning ta’sirini 
hisobga oluvchi usullar.

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish