Qozog`istonda so`nggi yillarda umuman barcha turdagi yoqilg`i-energetika
mahsulotlarini qazib chiqarish va qayta ishlash hajmi qisqarib bormoqda. Hozirda
mamlakatda yiliga 30 mln. tonna atrofida neft qazib chiqarilsada, milliy ishlab
chiqarish orqali avtomobil binzeni talabining atigi 30 foizi, reaktiv yo`qilg`ining 20
foizi, dizel yoqilg`isiga bo`lgan talabning 40 foizi, mazutga bo`lgan talabning 50
foizi qondirilmoqda. Buning asosiy sababi so`nggi yillarda mamlakat neftni qayta
ishlovchi zavodlariga xom neftning yetarli yetkazib berilmayotganidir.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |