+++mm ish yuritish QurbonovSh doc



Download 409,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana31.12.2021
Hajmi409,07 Kb.
#272048
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
Иш юритиш

Muxokama uchun savollar 

 

1. Tavsifnomaning mazmuni va tuzish tartibi ifodalansin. 



2. Tavsifnomaning zaruriy qismlariga nimalar kiradi ? 

3. Tavsifnomaning tarkibiy qismlariga imkon qadar tushuntirish 

berilsin . 

4. Tavsiyanoma qanday xujjat ? 

5. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismi nimalardan Tashkil topishi 

mumkin ? 

6. Taklifnoma nimani anglatadi ? Uning asosiy zaruriy qismlari 

keltirilsin . 

     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




www.qmii.uz/e-lib 

 

65



 

 

 



 

 

 



 

9 -Mavzu.  XIZMAT  XATLARI,  SHARTNOMALAR VA  XISOBOTLAR 

XAMDA  ULARNING  MAZMUNI 

 

 



 Xizmat xatlari-muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy 

xujjatdir. Xizmat xatlari Tashkilotda ish yuritish jarayonida kullanuvchi xujjatlarning 

umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizini Tashkil etadi. 

    


 Xizmat xatlari xususiyatlariga kura uzaro farqlanadi. Xatlarni bajarilgan vazifasiga 

karab quyidagi  turlarga bulish mumkin: 

    1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da‘vo xatlar, surov xatlar, eslatma xatlar) 

    2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, Tasdiqi xat , eslatma xat, axborot xat, 

kafolat xat va boshqalar ). 

     


Ushbu xatlar ma‘lum bir maqsadda yoziladi, masalan, kafolat xatlarda-kafolat berish 

ifodalansa, ilova  xatlarda - xatga ilova qilinayotgan xujjatlar xaqida axborot beriladi. Birok 

shunday xatlar xam uchraydiki, aynan bir xat mazmunida xam kafolat berish, xam iltimos, 

xam eslatish ma‘nolari ifodalanadi. 

    

 Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qogozlariga yoziladi. 



Maxsus bosma ish qogozlari bulmagan xolda xizmat xatlari muassasaning xos ish qogoziga 

yoziladi. Xat oddiy qogoz varakka yozilsa, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat 

junatayotgan muassasa nomi kursatilgan turtburchak muxr kuyiladi. 

   


 Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qogozlarida zaruriy qism 

avval uzbek tilida, kuyida esa rus tilida beriladi. Zaruriy qism uzunasiga (buyicha) 

joylashgan bosma ish qogozlarida chap tomonda uzbek tilida , ung tomonda rus tilida 

beriladi. 

    

 Xizmat xatlari quyidagi  zaruriy qismlarni uz ichiga oladi : 



   1- Uzbekiston gerbi ; 

   2- muassasa emblemasi ; 




www.qmii.uz/e-lib 

 

66



   3- aksi ifodalangan mukofotlar ; 

   4- vazirlik ,  boshqarma nomi ; 

   5- Tashkilot nomi ; 

   6- bulinma nomi ; 

   7- respublika tasniflagichi buyicha xujjatlarning xos raqami ; 

   8- muassasaning xos raqami ; 

   9- pochta , telegraf manzili, bankdagi xisob-kitob raqami ; 

 10- sana ; 

 11- shartli raqam (indeks ) ; 

 12- kelgan xujjat shartli raqami ; 

 13- xujjatning kelish raqami ; 

 14- xujjat junatiladigan manzil ; 

 15- munosabat belgisi ; 

 16- nazorat xaqida belgi ; 

 17- matn sarlovxasi (xatning kiskacha mazmuni); 

 18- matn ;  

   19- ilovalar xaqida belgi ; 

   20- imzo ; 

   21- rozilik belgisi (viza) ; 

   22- kelishuv xaqidagi belgi ; 

   23- bajaruvchi xaqidagi belgi va uning telefon raqami ; 

   24- bajarilganlik xaqidagi belgi. 

   

 Xar qanday xizmat xati mantikiy jixatdan uzaro bogliq bulgan uch qismdan iborat 



buladi. Birinchi - kirish qismida , odatda , xat bilan tegishli muassasaga murojat qilishga 

majbur etuvchi asosiy sabab kursatiladi. Ikkinchi  qismda xatda kuyilayotgan masalani xal 

qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi. Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat 

yozishdan kuzlangan asosiy maqsad ifodalanadi. 

    

 Xizmat xatlari imkoni boricha kiska bulishi, koidaga kura,  xizmat xatlari bir  betdan 



oshmasligi lozim. 

    


Xizmat xatlari ikki nusxada  yoziladi va imzolanadi. Birinchi nusxa junatilib ,  

ikkinchi nusxa muassasaning uzida saklanadi. Agar xat ikki va undan ortik makonga 

yullansa, xat junatilayotgan asosiy muasssasa yoki raxbar xodimning nomidan sung 

boshqalari beriladi. Birgina xujjatda uni oluvchining nomi turttadan oshmasligi kerak. 




www.qmii.uz/e-lib 

 

67



Xizmat xatlari, odatda, muassasa nomiga yuboriladi. Faqat masalaning xal qilinishi bevosita 

raxbarga bogliq bulsa, xat raxbar nomiga junatilishi mumkin. 

    

 Da‘vo xat.  Ma‘lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport Tashkilotlariga 



nisbatan talab va e‘tirozlari bayon qilingan xatlar-da‘vo xatlar yoki da‘vonomalar deyiladi. 

Da‘vo xatlar ijara pudrati, kurilish ishlari, ijara, yuq tashish va shu kabi bir qancha ishlar 

buyicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda uz qonuniy xukuklarini va manfaatlarini 

ximoya qilish maqsadida tuziladi.  

    

 Ilova xat. Xatni qabul qilib oluvchilarni junatiladigan xujjatlar xaqida yozma 



xabardor qilish uchun kuyiluvchi kiskacha xabar qogozidir. Ilova xat ish yuritishda keng 

tarqalgan. Muassasalarda bunday xatlar  shartnoma loyixalarini,  ziddiyatli  majlis 

bayonlarini,  da‘vo materiallarini junatishda kullaniladi.  

    


 Iltimos xat.  Muassasalar ma‘lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida 

boshqa muassasalarga rasmiy xat orakali iltimos qilish mumkin. Muassasalar urtasidagi 

bunday uzaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida 

eng kup tarqalgan turlardan xisoblanadi. Iltimos xatlar xam boshqa xatlar kabi 

muassasalarning xos ish qogoziga yoziladi va albatta junatilish sanasi va junatma tartib 

raqami kursatiladi. 

    

 Kafolat xat. Muayyan bir shart yoki va‘dani tasdiqlash  maqsadida tuziladi. 



Xatlarning bu turi koidaga kura bajarilgan ish uchun xak tulashda , ishning bajarilish 

muddati   xaqida, turar joy bilan ta‘minlashda , ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning 

sifati xaqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va Tashkilot yoki aloxida shaxslarga 

junatiladi. 

   

 Kafolat xatlari xam boshqa xat turlaridek , odatda , idoraning xos ish qogoziga 



yoziladi. 

    


 Surov xat. Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma‘lumotlar, xujjatlar yoki 

boshqa zarur narsalar suraladi.  

   

  Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha surovlar aks etmasligi kerak. Bayon 



qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bulishi lozim. Faqat shu xoldagina yullangan 

surovga tez va mukammal javob olish mumkin. 

    

 Surov xati odatda  ikki asosiy qismdan, kirish va xulosadan iborat buladi. Kirishda 



surovni yuborilish sababi kursatiladi, xulosa qismida esa xat yulangan Tashkilotdan javob 

talab qilinayotgan masalalar kiritiladi. 




www.qmii.uz/e-lib 

 

68



    

 Tasdiqi xat.  Ma‘lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va surovlarga 

javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turidir.  

     


Tasdiqi xatning kaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq kursatilishi kerak. 

Bunday xat matnida kullanuvchi asosiy suzlardan  biri “Tasdiqilamok “ fe‘lidir . 

    

 Tasdiqi xatlar uz vaqtida junatilsa , eslatma xatlar uchun xech qanday extiyoj 



sezilmaydi. Natijada xizmat yozishmalarning xajmi kiskaradi. 

    


 Farmoyish xat - bir tarmokka tegishli kuyi muassasalarning barchasiga yullangan 

rasmiy xujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining kupgina soxalarida kullanaladi. 

Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir. 

    


 Farmoyish xatlarning uziga xos xususiyati shundaki, u Tashkilot karamogidagi 

korxonalarni u yoki bu masala xaqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi. 

    

 Ba‘zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi kuprok joyni egallaydi. 



Shu sababdan xam ularda xat yullanayotgan Tashkilotlarni umumiy nomi yozilishi 

maqsadga muvofiqdir. 

    

 Eslatma xat. Junatilgan iltimos va surov xatlarga javob olinmasa, shuningdek, 



tuzilgan shartnomalar muddati buzilgan yoki unga amal qilinmagan xollarda eslatma xat 

yuboriladi. 

    

 Mazkur xatlar mazmuni jixatdan uncha katta bulmaydi. Ular mazmun va xajmi 



jixatdan telegrammalarga yakin turadi.  

    


 Odatda, eslatma xat bir yoki ikki jumladan iborat bulib, kotib yoki referant 

tomonidan imzolanadi. 

   

 Ikki va undan ortik tomonning fuqarolik xukuklari va majburiyatlarini belgilash, 



uzgartirish yoki tuxtatish yulidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma 

tomonlarning biron-bir munosabat urnatish xaqidagi kelishuv (bitimi) ni qayd etuvchi va bu 

munosabatlarni tartibga soluvchi xujjatdir. 

     


Shartnoma  davlat, kooperativ, jamoat yoki xususiy tashkilotlar, korxonalar, 

muassasalar, shuningdek, fuqarolar urtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari 

muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar urtasida urnatilayotgan bulsa, bunda tuzilajak 

xujjat aksariyat xollarda mexnat bitimi deb ataladi. 

   

  Muassasalar urtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib 



berish, pudrat imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni urnatish xaqidagi shartnomalarni 

kursatish mumkin. 




www.qmii.uz/e-lib 

 

69



    

 Shartnomalar ogzaki, yozma usulda tuzilishi xamda notarial idoralar tomonidan 

tasdiqlangan tarzda xam bulishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, 

imoratlarni oldi-sotti shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi 

xolat faqat qonunda belgilangan takdirda kullaniladi. 

    


 Shartnoma muassasalarga tegishli bulganda, tomonlar imzolangunga qadar unda 

muayyan muassasa xisobchisi va adliya maslaxatchisining rozilik belgisi (vizasi) bulishi 

maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur xujjatning barcha bob va qismlari buyicha kelishib 

olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan xisoblanadi.  

   

  

 



 Oddiy xujalik shartnomalarining zaruriy qismlari : 

   


  1. Shartnomaning nomi (etkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi va  

 

shu kabi ). 



  

 2. Shartnoma tuzilgan sana. 

   

 3. Shartnoma tuzilgan joy. 



  

 4. Shartnoma tuzilayotgan tomonlarning aniq va tulik nomi; tomonlar  

 

 

vaqillarining ism-shariflari : ularning vakolat doirasi . 



    

 5. Shartnoma matni . 

  

 6. Tomonlarning xuquqiy manzillari.  



   

 7. Tomonlarning imzolari va muxrlari.  

    

 Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki xar bir xuquqiy shaxs 



xujjatlar yigmasida kamida bir nusxa bulishi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil 

xuquqiy kuchga ega buladi. 

     

 Yetkazib berish shartnomasi .  Reja topshiriklariga muvofiq, moddiy boyliklar va 



imkoniyatlarga ega bulish uchun yetkazib beruvchi korxona iste‘molchi korxonaga 

maxsulot yetkazib berish buyicha uzaro munosabatlar urnatiladi. Yetkazib berish 

shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bulib, unga   kura yetkazib beruvchi korxona 

muayyan maxsulotni belgilangan muddatlarda iste‘molchi Tashkilotga mol-mulk sifatida 

yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish majburiyatlari; iste‘molchi Tashkilot esa 

maxsulotni qabul qilib olish va uning kiymatini belgilangan narxlar buyicha tulash 

majburiyatini oladi. 

    


 Ijara shartnomasi. Omborxonalar va turar joylarni , asbob-uskunalar va boshqalarni 

ijaraga olishda bir tomonga qarashli mol-mulkdan ikkinchi tomonning vaqtincha 




www.qmii.uz/e-lib 

 

70



foydalanishi yuzasidan kelishuv va uzaro majburiyatlar ijara shartnomasi bilan 

rasmiylashtiriladi. 

    

 Ijara shartnomalari ikki korxona va tashkilot urtasida, shuningdek, korxona, tashkilot 



bir tomon va xususiy shaxs ikkinchi tomon bulib xam tuzilishi mumkin. 

    


 Tuliq moddiy javobgarlik xaqida shartnoma . Pul mablaglari va moddiy -tovar 

boyliklarni saklash uchun ma‘sul bulgan shaxslar bilan tulik shaxsiy moddiy javobgarlik 

xaqida yozma shartnoma tuziladi. 

    


 Bu shartnomaga kura ,  moddiy javobgar shaxs uzi qabul qilib organ moddiy 

boyliklar uchun tulik moddiy javobgarlikni uz zimmasiga oladi va ularni qabul qilish, 

saklash, tarqatish va xisobga utkazish yuzasidan belgilangan koidalarga rioya qilish 

majburiyatini oladi. Korxonani esa moddiy javobgar shaxslarga unga ishonib topshirilgan 

kimmatdor buyumlarning saklanishini ta‘minlovchi kulay sharoitlar yaratib berishni 

zimmasiga oladi.  

    

 Yengil avtomashinani xadya qilish shartnomasi .  Yengil avtomashinani



shuningdek, kajavali mototsiklni xadya qilish shartnomasi jiddiy notarial tasdiqi qilinishi 

kerak. Bu shartnoma ikki nusxa tuzilib, uni xar ikkala tomon-xadya qiluvchi va uni qabul 

qiluvchi imzolaydi. Notarius xujjatni urganib, uning xar ikkala nusxasiga Tasdiqi belgilari 

yozib chikadi va gerbli muxr bilan Tasdiqilaydi. Shungdan sung xadya qilish shartnomasi 

maxsus ruyxatga kiritiladi va tegishli tartib raqami (nomer) ga ega buladi. 

    


 Mexnat bitimi  shartnoma turlaridan biri bulib, u orqali muassasalar bilan ularning 

xisobida turmaydigan xodim (lar) urtasidagi uzaro munosabatlar rasmiylashtiriladi. Xodim 

(ishchi) aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa esa ish xakini tulash va shu  

ishni bajarish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini oladi. 

   

  Mexnat bitimi tuzish muayyan muassasa yoki Tashkilotda kerakli mutaxassis 



bulmagan va bajarilishi zarur bulgan ishlar biron-bir sababga kura tegishli muassasa va 

korxonalar bilan shartnoma asosida bajarilib bulmaydigan xollardagina ruxsat etiladi. 

     

Xisobot-muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriklarning 



bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni xaqida ma‘lumot beruvchi 

xujjat. 


     

Xisobotda keltirilgan ma‘lumotlar aniq, ishonarli xamda ishlab chiqarish, ijtimoiy -

siyosiy axamiyatiga molik bulishi kerak.  

  

Xisobotda quyidagi larga e‘tibor beriladi: 




www.qmii.uz/e-lib 

 

71



    -nima muljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajariladi, nimalarga e‘tibor beriladi, 

qanday yetishmovchiliklar buldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Xisobot 

oxirida muayyan topshirik bajarilmagan bulsa, uning sababi kursatiladi, bu borada takliflar 

qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish xaqidagi xisobotlar amalda keng kullaniladi. 

 

Uning keng qismlari : 



   1. Sarlavxasi: xisobot kaysi davr uchun qanday bulim yoki shaxs tomonidan  berilayapti . 

  2. Xujjatning nomi (xisobot ). 

  3. Xisobot matni . 

  4. Lavozimi, familiyasi , ismi va otasi ismining bosh xarflari, imzo. 

  

Xizmat safari va raxbarning muayyan topshirigini bajarish buyicha xisobotlar 



ma‘lum davr ishlari buyicha xisobotdan qisman fark qiladi. 

 

Zaruriy qismlari : 



         1. Sarlavxasi, idora raxbarining lavozimi, ismi va otasi ismining bosh  

xarflari, 

familiyasi, kim tomonidan qanday topshirik uchun xisobot   berilayapti. 

        2. Xujjatning nomi (xisobot ). 

        3. Xisobot matni (“Sizning topshirigingizga binoan” kabi iboralar bilan 

 

boshlanadi, topshirik qanday bajarilganligi aniq ma‘lumotlar bilan bayon   qilinadi ;  



xulosa yasaladi). 

       4. Ilovalar kursatiladi (kup xollarda ). 

       5. Xisobot beruvchining lavozimi, ismi va otasi ismining bosh xarflari,  

familiyasi, 

imzo. 

      6. Sana . 



 

 

 



 

 

 




www.qmii.uz/e-lib 

 

72



 

 


Download 409,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish