2-guruh uchun:
2-variant
Kassa chiqim orderi
Hisob-kitob to‘lov vedomosti
To‘lov vedomosti
Ishonchnoma
Inventarizatsiyani o‘tkazish
to‘g‘risidagi buyruq
Kassadagi pul mablag‘larini tekshirish
dalolatnomasi
Chiqim yuk xati
To‘lov topshiriqnomasi
373
Idishlar harakati to‘g‘risida
hisoboti
Tovar hisoboti
3-guruh uchun:
3-variant
To‘lov topshiriqnomasi
Inventarizatsiya ro‘yxati
To‘lov topshiriqnomasi
Kassa chiqim orderi
Buxgalteriya balansi
To‘lov talabnomasi
Kirim-chiqim yuk xati
Kassir hisoboti
Asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi
Ishonchnoma
11. Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
12. 1) Buxgalteriya balansi va uning mohiyati tushuntirib bering?
13. 2) Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni ayting.
14. 3) Buxgalteriya balansiga nisbatan schyotlar qanday turlarga bo‘linadi? Ularning
mazmunini tushuntiring.
15. 4) Schyotlar va balansning o‘zaro bog‘lanishi nimalarda aks etadi?
16. 5) “Debet” va “Kredit” tushunchalarini izohlang,
17. 6) Buxgalteriya balansiga munosabati bo‘yicha schyotlar qanday turlarga bo‘linadi
va ularning mazmunini ochib bering?
18. 7) Buxgalteriya hisobi schyotlari deb nimaga aytiladi?
19. 8) Ikki yoqlama yozuv nima?
20. 9) Buxgalteriya provodkasiga ta’rif bering. Buxgalteriya provodkalarining qanday
turlari mavjud?
21. Sintetik va analitik schyotlarning mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi nimadan iborat?
MUSTAQIL SHUG‘ULLANISH UCHUN MASHQLAR
“Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha o‘tilgan mavzularni chuqurroq egallash va
talabalarning o‘z bilimlarini tekshirish va mustahkamlash uchun mustaqil shug‘ullanishlari uchun
mashqlar berilmoqda.
1-5 mashqlarning maqsadi talabalarining xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini
ajratish, buxgalteriya balansini tuzishga doir mavzular bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga
qaratilgan bo‘lsa, 5 mashq sintetik va analitik schyotlarni ochish, asosiy xo‘jalik jarayonlarini
hisobga olish, buxgalteriya balansini va boshqa hisobotlarni tuzish bo‘yicha bilimlarini
mustahkamlashga qaratilgan.
1-mashq.
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda «Feruz» korxonasining
buxgalteriya balansini tuzing.
Xususiy kapital – 23750000 so‘m;
Debitor qarzlar – 4950000 so‘m;
Transport vositalari – 5700000 so‘m;
Kreditor qarzlar – 2450000 so‘m;
374
Mebellar – 5500000 so‘m;
Materiallar – 8800000 so‘m;
Bankdagi hisob-kitob schyoti – 1250000 so‘m
2-mashq.
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda «Ko‘hi-nur» korxonasining
buxgalteriya balansini tuzing.
xususiy kapital – 13000 so‘m;
ofis jihozlari – 9000 so‘m;
kreditor qarzlar – 900 so‘m;
materiallar – 1550 so‘m;
debitor qarzlar – 275 so‘m;
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari – 5075 so‘m;
«Sayram» xususiy korxonasidan olingan qarz – 2000 so‘m.
3-mashq.
Quyida «Shams» korxonasining 2007 yil 1 yanvar holatiga buxgalteriya
ma’lumotlari berilgan:
Transport vositalari – 2000000 so‘m;
Xom-ashyo va materiallar –1000000 so‘m;
Binolar – 5000000 so‘m;
Xarid qilingan tovarlar uchun korxona to‘liq hisob-kitob qilmagan va 400000
so‘m qarzi bor;
«Kartoshkabank»dan olingan qisqa muddatli kredit – 3000000 so‘m;
kassadagi pul ablag‘lari – 100000 so‘m;
hisob-kitb schyotidagi pul mablag‘lari – 700000 so‘m.
«Shams» korxonasining ta’sischisi A.Suyunov hisoblanadi va yuqoridagi
ma’lumotlardan foydalangan holda A.Suyunovning korxonadagi ulushini toping
hamda «Shams» korxonasining 2007 yil 1 yanvar holatiga buxgalteriya balansini
tuzing.
4-mashq.
«Samo» xususiy korxonasida 2007 yil 1 aprel holatiga buxgalteriya balansida
qo‘yidagi ma’lumotlar mavjud:
xususiy kapital – 18900 so‘m;
«Feruz» OAJdan olingan qarz – 2000 so‘m;
kreditor qarzlar – 1600 so‘m;
ofis jihozlari – 3500 so‘m;
transport vositalari – 4200 so‘m;
materiallar – 4950 so‘m;
debitor qarzlar – 3280 so‘m;
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari – 6450 so‘m;
kassadagi pul mablag‘lari – 120 so‘m;
Aprel oyi davomida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan:
375
a) 770 so‘mlik material mol yetkazib beruvchilardan olindi (material summasi
may oyi oxirida to‘lanadi);
b) 280 so‘mlik debitor qarz hisob-kitob schyotiga kelib tushdi;
v) 1000 so‘mlik kreditor qarz hisob-kitob schyotidan to‘landi.
Aprel oyi boshi va oxiriga buxgalteriya balansini tuzing.
5-mashq.
«Feruz» MCHJ bo‘yicha mashq
Mazkur mashqlar to‘plami buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot
tuzish ishlarini meyoriy tartibga soladigan hujjatlar asosida tuzilgan bo‘lib,
korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalarini ifodalaydi. Uning
maqsadi korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan asosiy muomalalarni
buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish, hamda moliyaviy hisobot tuzish tartibi
to‘g‘risida umumiy tushuncha berishdan iborat.
Qo‘llanmada quyidagi shartli holatlar qabul qilingan:
bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan va tarkibiy bo‘linmalarga ega
bo‘lmagan shartli korxona qabul qilingan;
korxonaning boshlang‘ich ustav kapitali ta’sischilarning ulushlari hisobiga
quyidagi nisbatda tashkil etilgan: A.Alimovning ulushi ulushi – 60% (binolar,
inshootlar, materiallar, pul mablag‘lari), S.Salimovning ulushi – 40% (nomoddiy
aktivlar, pul mablag‘lari). Korxonaning foydasi xuddi shunday nisbatda ta’sischilar
o‘rtasida taqsimlanadi;
amortizatsiya ajratmalari №5-«Asosiy vositalar» nomli Buxgalteriya Hisobi
Milliy Standartiga muvofiq qo‘shma korxonaning hisob yuritish siyosatida tanlangan
usul bo‘yicha asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati, ya’ni moliyaviy
hisobotda ko‘rsatilgan dastlabki qiymat summasidan taxminiy tugatish qiymati
chegirib tashlanganidan so‘ng qoladigan – tugatish qiymatidan hisoblanadi;
korxona 25 foizli stavka bo‘yicha foyda solig‘i to‘laydi. Foyda solig‘ini to‘lash
amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda bo‘nak ajratish yo‘li bilan
amalga oshiriladi;
korxona ishlab chiqarish zahiralari va xarajatlar uchun qisqa muddatli bank
ssudalaridan foydalanishi mumkin;
ushbu mashqlar to‘plamidagi barcha muomalalar (ustav kapitalini shakllantirish,
mehnat vositalarini sotib olish va balansni isloh qilishga doir muomalalardan
tashqari)(shartli ravishda bir oy davomida sodir bo‘lgan deb hisoblanib, keyinchalik
hisobot davri deb ataladi. Ustav kapitalini shakllantirish va mehnat vositalari sotib
olishga doir muomalalar hisobot davridan oldingi davrda, balansni isloh qilishga doir
muomalalar esa – hisobot davridan keyingi davrda amalga oshirilgan;
mashqlar to‘plamidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi milliy
valyutasi – so‘mda aks ettiriladi.
Mashqlar to‘plamida barcha xo‘jalik jarayonlarini tavsiflaydigan muomalalar
berilgan. Ular quyidagicha guruhlanadi: ustav kapitalini shakllantirish, mehnat
vositalarini sotib olish, mehnat buyumlarini sotib olish, mahsulot ishlab chiqarish,
mahsulotlarni jo‘natish va sotish, moliyaviy natijalarni aniqlash, hisob-kitob va boshqa
muomalalar, balansni isloh qilish.
376
5.1-mashq. Korxonalarning ustav kapitalini tashkil etishga
va ta’minot jarayonini hisobga olishga doir muomalalar.
№
Muomala mazmuni
Summa
(so‘m)
Schyotlar aloqasi
D-t
K-t
1
2
3
4
5
1
Qo‘shma korxona ustav kapitalini tashkil qilish to‘g‘risida
ta’sischilar bilan shartnoma tuzildi:
a) Alimov A
622000
b) Salimov S
348000
2
Korxona ustav kapitaliga ishtirokchi tomonidan qo‘shgan hissalari
(mablag‘ va qiymatliklarning haqiqiy kirimi):
A.Alimov
a) asosiy vositalarga taaluqli bo‘lgan mulklar (bino va qurilmalar)
150000
b) materiallar
170000
v) idish va idish materiallari
20000
g) pul mablag‘lari (so‘m hisobida)
280000
Jami
622000
Salimov S.:
a) nomoddiy aktivlar (kashfiyotlardan foydalanish huquqi va
«Nou-xou»)
118000
b) pul mablag‘lari
230000
Jami
348000
Hammasi
970000
Do'stlaringiz bilan baham: |