Изоҳ: машқни бажараётганда етишмаган айрим зарур реквизитларни мустақил ҳолда
белгиланг.
1-guruh uchun:
Ishonchnomani to‘ldirish
Quyidagi ma’lumotlar asosida tovarlarni olish uchun ishonchnoma to‘ldiring,
ishonchnomaning asosiy rekvizitlarini va uning qaysi guruhga tegishliligini aniqlang:
Ishonchnoma «Turon» agrofirmasi vakili – ekspeditor Aliyev Islom Safarovichga (pasport
seriyasi CV №7450045, 17.10.1998 yil Toshkent viloyati Qibray tumani IIB tomonidan berilgan)
«O‘zagrokimyota’minot» AJ Toshkent viloyati bo‘limidan 2 tonna mineral o‘g‘it olish uchun
3.12.20....da berilgan.
Ekspeditor Aziz Alimovich Aripovga (pasport seriyasi CV №2310653, 17.10.2000 yil
Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan berilgan) «Sabo» MCHJdan (Buxoro shahrida
joylashgan) qurilish materiallari olib kelish 4.12.20....da berilgan.
2-guruh uchun:
Kassa kirim va kassa chiqim orderlarini to‘ldirish hamda kassir hisobotini tuzish
Quyidagi ma’lumotlar asosida kassa kirim orderini to‘ldiring, uning asosiy rekvizitlarini
yozing va hujjatlar klassifikatsiyasi bo‘yicha guruhini aniqlang.
02.12.20.....ga kassirning hisoboti. 02.12.20.....ga kassadagi qoldiq – 10 470 so‘m.
02.12.20.....dagi muomalalar:
T.T.Karimovdan realizatsiyadan tushum kirim qilindi – 23 250 so‘m.
Xizmat safari va ish haqi uchun naqd pul olindi – 200 860 so‘m
I.S.Aliyevga xizmat safari uchun hisobi beriladigan pul berildi – 15 000 so‘m
A.A.Aripovga xizmat safari uchun – 60 000 so‘m
№5-vedomost bilan ish haqi tarqatildi – 125 860 so‘m
Kassadagi pul e’lon hujjati bo‘yicha bankka topshirildi – 33 720 so‘m
Yuqoridagi muomalalar bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azing va ularga asoslanib kassir
hisobotini tuzing hamda xo‘jaldik muomalalariga buxgalteriya provodkasini tuzing.
3-guruh uchun:
Xizmat safari guvohnomasi va bo‘nak hisobotini tuzish
Belgilangan shaklda Buxoro shahriga xizmat safariga borib kelish uchun xizmat safari
guvohnomasini va bo‘nak hisobotini tuzing.
Xizmat safari guvohnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Toshkentdan ketdi – 04.12.200_, Buxoroga keldi – 04.12.200_, Buxorodan ketdi – 8.12.20....,
Toshkentga keldi – 8.12.20.....
Taqdim qilindi:
1) biletlar: Toshkent – Buxoro – 7 200 so‘m, Buxoro – Toshkent – 7 200 so‘m;
338
2) 04.12.20.....dan 9.12.20..... kunlari uchun mehmonxona xarajatlari - 5600 so‘m (sutkasiga).
3. Sutkalik xarajatlari belgilangan normativ bo‘yicha.
4. Transport xarajatlari – 7 800 so‘m (biletlari ilova qilingan).
Xodimga xizmat safari uchun 60000 so‘m berilgan.
2.3-mashq. Buxgalteriya hujjatlarini turkumlash.
Quyida keltirilgan hujjatlarni tayinlanishi, tuzish joyi va aks ettirish usuliga ko‘ra
turkumlang:
1-guruh uchun:
1-variant
Avans hisoboti
Kassir hisoboti
Tovar-transport yuk xati
Limit-zabor kartasi
Kassa kirim orderi
To‘lov vedoosti
To‘lov topshiriqnomasi
Inventarizatsiya ro‘yxati
Qiymatliklarni
tekshirish
natijasi
dalolatnomasi
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi
Do'stlaringiz bilan baham: |