Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

21 MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI 

21.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati 

 

Korxonaning joriy faoliyati ma'muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish 



yo‘li  bilan  amalga  oshirilib,  uning  natijalari  buxgalteriya  hisobi  tizimida  aks  ettiriladi.  Xo‘jalik 

yurituvchi  subekt  tomonidan  ma'lum  vaqt  oralig‘ida  amalga  oshirilgan  xo‘jalik  muomalalari 

to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va  guruhlangan holda ulardan 

buxgalteriya  hisobotlariga  o‘tkaziladi.  Buxgalteriya  hisobini  huquqiy-me’yoriy  tartibga  solish 

tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari 

to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma'lum hisobot davri uchun 

belgilangan  shakllar  bo‘yicha  tayyorlangan  buxgalteriya  hisobi  axborotlari  asosida  tuziladi.  O‘z 

navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr. 

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning 

hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil 

etilgan  yuridik  shaxslar  uchun  ular  yuridik  shaxs  huquqiga  ega  bo‘lgan  sanadan  boshlab,  yuridik 

shaxs  hisoblanmaydigan  subektlar  uchun  esa  ular  tegishli  davlat  organlarida  ro‘yxatga  olingan 

sanadan boshlab, o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi 

belgilangan.  

Agar xo‘jalik yurituvchi subekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 

uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subektni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazgungacha  amalga  oshirilgan  xo‘jalik 

muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.  

Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo korxonaning o‘zi uchun zarur 

va muayyan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish 

kiritish bilan bog‘liq.  

Shuning  uchun  buxgalteriya  hisobotining  mazmuni  axborotdan  foydalanuvchilarning 

mulklar,  moliyaviy  ahvol,  foyda  va  zararlar  ahvoli  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  baholashiga  ta’sir 

ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan,  istalgan  faktlarni  ochib  berishi  lozim.  Bunday  axborotlardan 

foydalanuvchilar rahbarlar, ta'sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining egalari hisoblanadi.  

Xo‘jalik  yurituvchi  subekt  faoliyati,  mulkiy  ahvoli  va  moliyaviy  barqarorlik  darajasi 

to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyishdan manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun 

qiziqish uyg‘otadi.  




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish