9300-«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyoti bo‘yicha schyotlar
korrespondentsiyasi
№
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlar
korrespondentsi
yasi
debet
kredit
1. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan
foydaning aks ettirilishi
9210
9310
2. Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan
foydaning aks ettirilishi
9220
9320
3. Shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan boqimanda, jarima va
burdsizliklarning aks ettirilishi
4860
9330
4. Xaridorlarga oldingi yillarda jo‘natilgan mahsulot bo‘yicha qaytadan
hisoblash natijasida hisobot yilida olingan foydaning aks ettirilishi
4010
9340
5. Da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan
chiqarishdan olingan foydaning aks ettirilishi
6910-
6990
6720
9360
6. Qaytarilmaydigan pul mablag‘larining kirim qilinishi
5110-
5120
9380
7. Tovarlar va tayyor mahsulotlar ortiqchaligining aniqlanishi
2810,
2910
9390
8. Mulkiy sug‘urta organlari tomonidan sug‘urta to‘lovlarining tushishi
6510
9390
9. Hisobot davri oxirida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi
9310,
9320,
9330,
9900
9340,
9350,
9360,
9370,
9380,
9390
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek
umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha
xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liq
bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ular
operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va
sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan
bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa
operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib
qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari (ma’muriy-
boshqaruv xodimlaridan tashqari);
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va
tuzatish xarajatlari;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlarining
eskirishi;
- gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari;
- tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari;
- savdo reklamasi xarajatlari;
- tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo‘qotilishi;
- o‘rash-joylash materiallari xarajatlari;
- mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish xarajatlari;
- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari;
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saqlash, tuynuklar,
o‘yiqlar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar;
- maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati;
- umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot
muassasalariga haq to‘lash;
- kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;
- umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va
tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;
- sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar
(marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
- ilgarigi ish joy bo‘yicha lavozim oklad miqdorini saqlagan holda boshqa tashkilotlar, korxonalardan,
shuningdek, vaqtinchalik o‘rindoshlik bo‘yicha xodimlarga to‘lanadigan okladlardagi farq;
- sovun, apteka dori-darmon vositalarining qiymati;
- soliqlar (er uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlashga va ta’mirlashga ajratmalar;
- bank xizmatlariga to‘lovlar.
Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» schyotida hisobga
olinadi. Ushbu schyot tranzit hisovaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin uning oy boshida qoldiq
summasi bo‘lmaydi. Schyotning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa
foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» schyotining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada
xarajatlarning debet va kredit oboroti ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-
jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11-jurnal-orderida aks
ettiriladi.
Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Har
bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-
«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
Unga quyidagi xarajatlar kiradi:
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- xizmat yengil avtotransporti va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish
xarajatlari;
- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash hamda ularga
xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
- ijara, xizmatlar ko‘rsatilgani uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing
aloqa);
- shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan
ortiqcha haq to‘lash;
- ma’muriy boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash;
- ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish
xarajatlari;
- yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalar: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kontsernlarga
va boshqa xarajatlarga ajratmalar;
- xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy sug‘urta
qilish;
- boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha belgilangan normalar doirasida va
undan ortiqcha xarajatlar;
- belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha miqdordagi vakillik xarajatlari;
- umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar
qiymatiga haq to‘lash xarajatlari;
- bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega
bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, shu jumladan
yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga
chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to‘lovlar.
Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va
ularni qayta tayyorlash xarajatlari, normalar doirasida va ulardan ortiqcha mutaxassislar tayyorlash
hamda qayta tayyorlash bundan mustasno;
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek
ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar,
korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni
qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish
shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar
ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga
undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi;
- maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash;
- auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qatnashchilaridan
(mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash;
- o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarini asrashdan ko‘rilgan zararlar;
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan
bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar
(xizmatlar) ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam berish
va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari;
- kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko‘ra kompensatsiya to‘lovlari;
- bir yo‘la to‘lanadigan mukofotlar va taqdirlashlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
o‘zining qaroriga ko‘ra ko‘p yillik xizmati uchun haq to‘lash (naturadagi to‘lovlar ham shu jumlaga
kiradi), shuningdek, ular bo‘yicha ijtimoiy jamg‘armalarga o‘tkazilgan summalar;
- qonun hujjatlariga yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zining qaroriga muvofiq majburiy ishga
kelmagan vaqti yoki past haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash;
- vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi
miqdorigacha qo‘shimcha haq;
- asosiy ish joyi xo‘jalik ishchilariga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishchi va mutaxassislariga ular
ishdan ajragan holda malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish
haqi to‘lash.
- ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga qonunchilikka
muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash;
- xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar,
xizmatlarni bajarish;
- xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga
yo‘llanmalari, sport sektsiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-ko‘ngilochar
va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda
boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash;
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar;
- qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani
to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
- pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar;
- amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan ularning qayta tashkil etilishi,
xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan xodimlarga to‘lovlar;
- xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam;
- sog‘liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya
muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari,
shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini
o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda) joylardagi davlat
hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ortiqcha xarajatlar;
- vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa
manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
- bank va depozitariy xizmatlariga to‘lovlar;
- ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni
saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga
badallar;
- byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘lanadigan va
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga qo‘shiladigan maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armalarga
ajratmalar;
- zararlar, jarimalar, penyalar;
- bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha yo‘qotishlar;
- moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolishi normalari doirasidagi va normalaridan ko‘proq, bevosita
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar;
- ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof
qiymati bo‘yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar;
- idishlarga doir muomalalar bo‘yicha zararlar;
- sud xarajatlari;
- to‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiraga ajratmalar;
- qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan va undirilishi noreal bo‘lgan boshqa qarzlar
bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka
muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisoblashishlar bo‘yicha to‘lanishi shubhali qarzlarni
hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar;
- hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar operatsiyalar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar;
- tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud
bo‘lishi va buzilishi, ishlab chiqarishni to‘xtatish va boshqalar tufayli yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan
qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki
oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar;
- aybdorlari aniqlanmagan kamomadlardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish
mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan uch va undan ko‘p yil mobaynida ishlatilgan asosiy
vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa mulkini (aktivlarni)
sotishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari boshqa
mulklari (aktivlari)ning hisobdan chiqarilishi, tekin berilishi va boshqacha yo‘qotishlaridan ko‘rilgan
zararlar;
- xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar
aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida
to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil choralar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha
xarajatlar;
- soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar;
- to‘langan boshqa jarimalar.
- boshqa xarajatlar.
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida hisobga
olinadi.
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari»
schyotida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni
amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi
hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobot davri oxirida 9440-schyotning debetida yig‘ilgan xarajatlar 9900-«Yakuniy
moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi. 9440-schyotning debetida hisobga olingan xarajatlar
balansdan tashqari 010-«Vaqtli tafovutlar bo‘yicha xarajatlar» schyotida yig‘ib boriladi. Sodir bulgan
muomalalar summasiga 9440-schyotning debeti bilan birga, 010-schyotda ham yozib boriladi. 010-
schyotning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir uchun sarflangan xarajat va undan
olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya raschyotiga asosan hisobdan
chiqarilganda yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |