Grantlar, subsidiyalar va beYoaraz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya vazirligi
Grant (subsidiya) deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ular belgilangan shartlarni
bajarganlarida iќtisodiyotni rivojlantirishni raYobatlantirish maќsadida davlat yoki xalќaro xorijiy
tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam tushuniladi.
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalќaro tashkilotlar va jamYoarmalar
tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taќdim etilishi mumkin.
Grant va subsidiyalar ќuyidagi hisobvaraќlarda hisobga olinadi:
8810-«Grantlar»;
8820-«Subsidiyalar».
Mazkur hisobvaraќlarda o‘z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai
sifatida ko‘rib chiќiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotlar hisobga olinadi.
Pul shaklida olingan grantlar ќuyidagicha aks ettiriladi:
D-t 5110, 5210-«Pul mablag‘lari»hisobvaraќlari
K-t 8810-«Grantlar».
Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi ќuyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8810-«Grantlar»
K-t 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraќlari.
Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish
haќidagi ќarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo‘lishiga barcha
muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini ќayta ro‘yxatdan o‘tkazish lozim:
D-t 8810-«Grantlar»
K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga tegishli davlat
subsidiyalari ќuyidagicha aks ettiriladi:
aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maќsadli tushumlar
sifatida;
kelib tushgan aktivning balans ќiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan
foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni ќisќartirish yo‘li bilan moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Shuningdek, 8800-«Maќsadli tushumlar» guruhida ќuyidagi hisobvaraќlar ochilgan:
8830-«A’zolik badallari»
8840-«Maќsadli foydalaniladigan soliќ imtiyozlari».
8830-«A’zolik badallari» hisobvarag‘ida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining
a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-«A’zolik badallari» hisobvarag‘i
krediti bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraќlari bilan korrespondentsiyada aks
ettiriladi.
Soliќ solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalarini maќsadli vazifalarni
bajarishga yo‘naltirishning hisobi 8840-«Maќsadli foydalaniladigan soliќ imtiyozlari»
hisobvarag‘ida amalga oshiriladi.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) ќarzlarni hisobga olish hisobvaraќlari bo‘shagan
mablag‘lar summasiga debetlanadi, 8840-«Maќsadli foydalaniladigan soliќ imtiyozlari» hisobvarag‘
kreditlanadi. Soliќ solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalari imtiyozli davr
ko‘rsatilgan taќdirda – imtiyozli davr tugagach, ќolgan hollarda esa - har yili 8840-«Maќsadli
foydalaniladigan soliќ imtiyozlari» hisobvarag‘ debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk»
hisobvarag‘ kreditiga hisobdan chiќariladi.
8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi» hisobvarag‘ bir maromda xarajat va to‘lovlarni
ishlab chiќarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda rezerv ќilingan
summalar holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun ќo‘llaniladi.
Xususan, ushbu hisobvaraќda asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks
ettirish mumkin. Rezervning hosil bo‘lishi:
D-t 2010, 2110, 2310, 2510 Ishlab chiќarish xarajatlari hisobvaraќlari
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi».
Buxgalteriya hisobi xalќaro standartlariga muvofiќ bunday rezervni tashkil ќilish tavsiya ќilinmaydi,
chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va
foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faќat sof foyda hisobiga rezerv
tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiќarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliќ solinadigan
baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiќarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil ќilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir ќilinayotganda va boshќa
maќsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir ќilish uchun materiallar sarflansa,
ќuyidagicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi»
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Ilgari rezerv ќilingan summalar bo‘yicha hisob-kitob hisobvaraќlaridan xarajatlar to‘lansa,
ќuyidagicha Єzuv ќilinadi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Do'stlaringiz bilan baham: