Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Transport xarajatlari ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash sharti bilan haqiqiy xarajatlar 

bo‘yicha to‘lanadi. Aeroport, vokzal, pristanlar (xorijiy davlat hududida). Agar ular aholi punktidan 

tashqarida  joylashgan  bo‘lsa,  yashash  joyigacha  borish  va  orqaga  qaytish  xarajatlari  ham. 

Tasdiqlovchi  hujjatlar  mavjud  bo‘lganida,  qoplinishi  kerak.  Shahar  ichidagi  transportdan 

foydalanganlik uchun xarajatlar xodimga sutkalik pullar tarkibida kompensatsiyalanadi.  

Xizmat  safariga  yuborilgan  xodimlarga  hujjatlar  bilan  tasdiqlangan  quyidagi  xarajatlar  am 

qoplanadi:  

−  vizalar olishga doir; 

−  MDH mamlakatlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha; 

− 

Bo‘lish mamlakatida chet el valyutasini sotib olish yoki sotish chog‘ida yig‘imlarni (foizlarni) 



to‘lash bo‘yicha; 

−  xizmat safari topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan telefon so‘zlashuvlariga. (xodimlarning 

so‘zlashuvlarning borishi va boshqa masalalar bo‘yicha rahbariyatni xabardo qilish majburiyati 

xizmat safarining reja-topshirig‘ida nazarda tutilishi kerak); 

−  xodim borishi kerak bo‘lgan tansport turida yukni bepul olib o‘tish me’yorida otiqcha 30 kgga 

qadar bo‘lgan yukni tashish uchun haq to‘lash; 

−  aeroport,  sug‘urta  (tayinlangan  mamlakatga  borish  uchun  majburiy  hisoblangan  sug‘urta 

turarigina),  bojxona  va  komission  yig‘imlar  (ko‘rgazmalar,  taqdimotlar,  konferentsiyalar  va 

gastrollar o‘tkazilganda);  

−  konferentsiyalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari; 

−  pullik avtoto‘xtash joylari xizmatlari, avtobenzin xarid qilish, yuk tashishga haq to‘lash bo‘yicha 

9faqat xizmat safariga yuorilgan haydovchilar uchun); 

− 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  (faroyishlari)  bo‘yicha 



borayotganlar uchun MDH mamlakatlarida «VIP» zali orqali xizmat ko‘rsatish.  

Sutkalik  xarajatlar,  turar  joyni  ijaraga  olish  xarajatlari,  shuningdek,  transport  xarajatlarini 

qoplash  me’yorlaridan  ortiqcha  amalga  oshirilgan  qo‘shimcha  to‘lovlar  foyda  solig‘iga  tortilishi 

kerak (Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab iqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda oliyaviy 

natijalarni  shakllantirish  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomga  1-son  ilovaning  1.8  va  1.18-bandlari)  va 

daromad  solig‘ini  hisoblab  iqarish  uchun  jismoniy  shaxsning  jami  daromadiga  kiritiladi  (MV  va 

DSQning  Adliya  vazirligi  tomonidan  2002  yil  14  martda  1110-soni  bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan 

qarori  bilan  tasdiqlangan  Jismoniy  shaxslar  daromadidan  olinadigan  soliqni  hisoblab  iqarish  va 

byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 8-bandining «e» kichik bandi).  

Xizmat  safaridan  qaytganidan  keyin  uch  kun  mobaynida  xodim  buxgalteriyaga  rahbar 

tomonidan tasdiqlangan, xizmat safari natijalari to‘g‘risida hisobot va bo‘nak hisobotini taqdim etishi 

shart.  Xizmat  safari  natijalari  bo‘yicha  uzil-kesil  hisobot  hujjatlar  bilan  tasdiqlangan,  belgilangan 

me’yorlar  va  qo‘shimcha  to‘lovlar  hisobga  olingan  holda,  bo‘nak  hisobotini  qabul  qilsh  sanasida 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ehlon qilingan kurs bo‘yicha haqiqiy xarajatlar 

amalga  oshiriladi.  Bo‘nak  hisobtida  tilga  olinadigan  barcha  hujjatlar  bilan  tasdiqlanishi,  tegishli 

tarzda rasmiylashtirilishi, shuningdek, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.  

Xizmat safari xarajatlari hisobini yuritish uchun quyidagi hisobvaraqlari nazarda tutilgan:  

4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar» hisob raqami; 

6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» scheti  



 

Xizmat safari xarajatlari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 

 

Debet 


Kredit 

Xizmat  safariga  borish  maqsa-

dida  hisobot  beriladigan  pul 

mablag‘lari ajratildi  

4220-«Xizmat 

safarlariga 

berilgan bo‘naklar» scheti 

5010-«Milliy 

vayutadagi 

pul 


mablag‘lari» scheti 

Xizmat 


safari 

xarajatlari 

summasi hisobdan iqarildi  

2010-«asosiy 

ishlab 

chiqarish», 

9420-

«Mahmuriy  xarajatlar»  va 



boshqa schetlar 

4220-«Xizmat safarlariga berilgan 

bo‘naklar» hisob raqami; 

Ishlatilmagan 

summaning 

qaytarilishi aks ettirilganda  

5010-«Milliy vayutadagi pul 

mablag‘lari» scheti 

4220-«Xizmat safarlariga berilgan 

bo‘naklar» hisob raqami 

 

Xizmat  safari  xarajatlariga  mablag‘lar  berish  tartibi  va  belgilangan  me’yorlardan  ortiqcha 



berilgan summalarga soliq solish quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi: Vazirlar mahkamasining 

1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab iqarish va 

sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidagi nizom;  

MV va DSQning Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 13 martda 1109-son bilan ro‘yxatdan 

o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)ga solinadigan soliqni 

hisoblab chiqarish va byudjetlashtirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma; 

Adliya  vazirligi  tomonidan  2000  yil  5  iyunda    932-son  bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan 

Vazirliklar, idoralar, korxna va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga 

xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘ berish tartibi; 

Adliya  vazirligi  Tomonidan  1998  yil  17  dekabrda  565-son  bilan  ro‘yxatdan 

o‘tkazilganYuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari. 

Xarajatlar  tarkibi  to‘g‘risidagi  nizomga  1-son  ilovaning  1.8  va  118-bandlarida  nazarda 

tutilishicha,  ishlab  iqarish  va  boshqaruv  xodimlarining  xizmat  safarlari  bilan  bog‘langan,  korxona 

rahbarlarining  qarori  bo‘yicha  qonun  hkujjatlarida  belgilangan  me’yorlardan  ortiqcha  bo‘lgan 

to‘lovlar qaytar hisob bilan soliq solinadigan baxzaga kiritilishi kerak.  

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga ish beruvchining uning xodimlari bevosita yoki 

bilvoita  daromadi  hisoblangan  boshqa  xarajatlari  ham  kiitiladi  (Jismoniy  shaxslar  daromadiga 

solinadigan  soliqni  hisoblab  chiqarish  va  byudjetga  to‘lash  tartibi  to‘g‘risidagi  yo‘riqnomaning  8-

bandi). Bunday bevosita yoki bilvosita daromadlar sirasiga belgilangan me’yorlardan ortiqcha xizmat 

safariga doir to‘lovlar ham kiritiladi.  

Sutkalik  xarajatlar  va  yashash  (tura  joyni  ijaraga  olishga  doir)  xarajatlarning  me’yorlari 

Vazirliklar, idoralar. Korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga 

xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibiga 1-son ilovada belgilangan. Moskvaga xizmat 

safari chog‘ida ular quyidagi miqdorlarda belgilangan: sutkalik pullar – $25, yashashga - $80. 

Ana shu tartibda belgilanishicha, shahar ichida transportdan foydalanish xarajatlari xodimga 

sutkalik  pullar  tarkibida  kompensatsiyalanadi.  Ana  shu  maqsadlarda  sutkalik  pullardan  ortiqcha 

qoplanadigan summalar foyda solig‘iga tortilishi kerak (4.6-band). Tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lganida 

va aeroport aholi punktidan tashqarida joylashgan taqdirdagina aeroportdan yashash joyiga borish va 

qaytish xarajatlarigina sutkalik pullardan tashqari qoplanadi.  

Tilga  olingan  vaziyatdagi  xizmat  safari  xaraatlri  bo‘yicha  yakunlarni  chiqaramiz  va  soliq 

oqibatlarini belgilaymiz.  

 

№ 



Xizmat 

safari 


xarajatlari 

Amaldagi qonun 

hujjatlarida 

belgilangan 

me’yorlar 

Korxona 


rahbarining 

buyrug‘i 

bilan 

tasdiqlangan 



me’yorlar 

Haqiqatda 

amalga 

oshirilgan 

xarajatlar 

Soliq oqibatlari 




 

Sutkalik 



pullar 

$25 


$40 

 

Farq  ($40-$25)  foyda  foyda 



solig‘i  hisob-kitob  chog‘ida 

soliq 


solinadigan 

bazaga 


kiritiladi 

Farq  ($40-$25)  xodimning 

jami  daromadiga  kiritiladi  va 

aromad solig‘iga tortiladi 

Yashash 


xarajatlari 

$80 


$80 

120 


Farq ($120-$82) foyda solig‘i 

hisob-kitobi  chog‘ida  soliq 

solinadigan bazaga kiritiladi. 

Farq 


($120-$80) 

jami 


daromadga 

kiritiladi 

va 

daromad solig‘iga tortiladi 



Shahar 


ichidagi 

transport 

xarajatlari 

Yo‘-, 


sutkalik 

pullar  tarkibida 

kompensatsiyala

nadi 


Haqiqiy 

xarajatlar 

$100 

Foyda  solig‘i  hisob-kitobi 



chog‘ida  soliq  solinadigan 

bazaga kiritiladi 

Jami  daromadga  kiritiladi  va 

daromad solig‘iga tortiladi. 

 

Xodimlarga bo‘naklar berilganida bo‘naklarni hisobga olish hisobvaraqlari pul mablag‘larini 



hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada debetlanadi, xodimlarga berilgan bo‘naklarni 

hisobga oluvchi hisobvaraqlar xarajatlar va xarid qilingan boyliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar 

bilan  yoki  sarflanadigan  xarajatlarning  turlariga  ko‘ra  boshqa  hisobvaraqlar  bilan 

korrespondentsiyada kreditlanadi. 

Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari yuzasidan hisoblashishlar buxgalteriya hisobvaraqlarida 

huyidagicha aks ettiriladi: 

-hisob berish sharti bilan kassa chihim orderi asosida berilgan summalarga: 

D-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» 

K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»; 

- hisobdor shaxslarning bo‘nak hisobotlari bo‘yicha sarflangan summalarga: 

D-t 1010-«Xom-ashg‘ va materiallar» 

D-t 2510-«Umumishlab chiharish xarajatlari» 

D-t 9420-«Mahmuriy-boshqaruv xarajatlari» 

K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»; 

-foydalanilmagan va kassaga haytarilgan bo‘naklar summasiga: 

D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» 

K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»; 

-hisobdor shaxslar hisob beriluvchi summalar belgilangan muddatlarda sarflangani to‘g‘risida 

hisobot  bermaganlarida  yoki  foydalanilmagan  bo‘nak  qoldig‘ini  qaytarmaganlarida  ularning  ish 

haqidan ushlab qolinadigan summalarga: 

D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» 

K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar». 

Hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlarning jamlama hisobi 7-jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu 

jurnal-orderda hisob berish  sharti bilan  berilgan  har  qaysi summaga  bitta satr  ajratiladi va  bo‘nak 

hisoboti taqdim etilishi, foydalanilmagan summalarning kassaga qaytarilishi yoki ortiqcha xarajatni 

qoplash  uchun  olinishi  bilan  ana  shu  muomalalarga  doir  summalar  o‘sha  satrlarning  o‘zida 

ko‘rsatiladi.  

Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa 

hisob-kitob  turlarini  ham  olib  borishlari  mumkin.  Kredit  hisobiga  sotib  olingan  tovarlar  bo‘yicha 

hisob-kitoblar,  uy-joy  hurish  uchun  olingan  ssudalar,  moddiy  boyliklarning  kamomadi  bo‘yicha 

zararlarni  hoplash  uchun  berilgan  summalar  bo‘yicha  hisob-kitoblar  xodimlar  bilan  boshqa 

muomalalar bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish 

uchun huyidagi hisobvaraqlar ko‘zda tutilgan: 

4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» 




 

4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha qarzlari» 

4730-«Xodimlarning moddiy zararni hoplash bo‘yicha qarzlari» 

4790-«Xodimlarning boshqa harzlari». 

4710-«Kreditga  sotilgan  tovarlar  bo‘yicha  xodimlarning  qarzlari»  hisobvarag‘ida  korxona 

xodimlariga nasiyaga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobga olinadi. Nasiyaga tovarlar 

sotib  olgan  shaxslar  ishlovchi  korxona  bank  krediti  hisobiga  uning  ishchilariga  berilgan  kredit 

summalarini savdo korxonalariga to‘laligicha o‘tkazadilar. 

Nasiyaga  tovar  sotib  olgan  xodimlarning  qarzi  uchun  bank  kreditlari  olinsa,  quyidagicha 

provodka beriladi: 

D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» 

K-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar» 

K-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar». 

Korxona xodimlardan nasiyaga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarini ish haqidan ushlab qoladi: 

D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» 

K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning harzlari». 

So‘ngra ushlab qolingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi: 

D-t 6810-«Hisha muddatli kreditlar» 

D-t 7810-«Uzoh muddatli kreditlar» 

K-t 5110-«Hisob-kitob schYoti». 

4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha harzlari» hisobvarag‘ida korxona ishchilariga 

berilgan harzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi. Masalan, uy-joy hurilishiga, dala hovlilarni xarid 

hilish g‘ki hurish uchun va hokazo. 

Xodimlarga ushbu mahsadlar uchun harz berilganida huyidagicha provodka beriladi: 

D-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari» 

K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» 

K-t 5110-«Hisob-kitob scheti». 

Agar  mablag‘lar  korxonaga  berilgan  kredit  hisobiga  bevosita  bank  tomonidan  xodimga 

berilsa, u holda huyidagicha provodka beriladi: 

D-t 4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha harzlari» 

K-t 6810-«Hisha muddatli kreditlar» 

K-t 7810-«Uzoh muddatli kreditlar». 

Harzdor xodimlardan to‘lovlar tushib kelganida huyidagicha g‘zuv qilinadi: 

D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» 

D-t 5110-«Hisob-kitob scheti» 

D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» 

K-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari». 

Bank kreditlarini so‘ndirish paytida: 

D-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar» 

D-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» 

K-t 5110-«Hisob-kitob scheti». 

4730-«Xodimlarning  moddiy  zararni  qoplash  bo‘yicha  qarzlari»  hisobvarag‘ida  korxona 

xodimi  tomonidan  pul  va  tovar-moddiy  boyliklarning  kamomadi  va  talon-taroj  qilinishi,  yaroqsiz 

mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha, shuningdek, zararning boshqa 

turlarini qoplash bo‘yicha hisoblashishlar hisobga olinadi. 

Aybdor  shaxslardan  olingan  summalar  2610-«Ishlab  chiqarishdagi  yaroqsiz  mahsulotlar», 

materiallar,  tovarlar  va  boshqa  boyliklarni  hisobga  oluvchi  hisobvaraqlarning  kreditidan  4730-

«Xodimlarning moddiy zararni hoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvaraqining debetiga olib boriladi. 

4730-«Xodimlarning  moddiy  zararni  qoplash  bo‘yicha  qarzlari»  hisobvarag‘ining  krediti 

bo‘yicha yozuvlar, to‘langan to‘lovlar summasiga  

–  pul  mablag‘larini  hisobga  oluvchi  hisobvaraqlar  bilan,  moddiy  zararni  hoplash  uchun 

mehnat haqidan ushlab holinadigan summalarga  

-  6710-«Mehnatga  haq  to‘lash  bo‘yicha  xodimlar  bilan  hisoblashishlar»  hisobvarag‘i  bilan 

korrespondentsiyada amalga oshiriladi. 




 

4790-«Xodimlarning  boshqa  harzlari»  hisobvarag‘ida  yuqorida  qayd  qilingan  harzlardan 

boshqa  vujudga  kelgan  qarzlar  yuzasidan  hisoblashishlarning  hisobi  korxonaning  har  bir  xodimi 

bo‘yicha yuritiladi. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish