Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Yuklab jo‘natish usuli – bunda mahsulot xaridorlarga jo‘natilib, ularga  hisob-kitob 

hujjatlari  (schyot-faktura,  transport  yuk  xatlari  va  boshqa  shunga  o‘xshash  hujjatlar) 

topshirilishiga qarab bu mahsulot sotilgan hisoblanadi. 

Kassa usuli qo‘llanilganda mahsulotni topshirish va uning haqini to‘lashga doir xo‘jalik 

operatsiyalari  bajarilgandan  keyingina  mahsulot  sotish  ishlari  tugatilgan  hisoblanadi.  Agar 

mahsulot jo‘natilib, uning puli xaridorlardan kelib tushmagan bo‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb 

hisoblanishi mumkin emas. 

Yuklab  jo‘natish  usuli  qo‘llanilganda  mahsulot  va  tovar  jo‘natilib,  ishlar  va  xizmatlar 

bajarilganidan  keyin,  ularning  hisob-kitob  hujjatlari  xaridor  (buyurtmachi)ga  taqdim  etilgan 

bo‘lsa,  ana  shunday  mahsulot  (ishlar,  xizmat)lar  va  tovarlar  sotilgan  hisoblanadi.  Hisob-kitob 

hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga shartnomada ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e’tiboran 

bu hujjatlar xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra 

xaridor (buyurtmachi) mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zida qabul qilsa, u 

holda bunday mahsulot xaridor (buyurtmachi) ga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar 

rasmiylashtirilib,  hisob-kitob  hujjatlari  xaridor  (buyurtmachi)ga  yoxud  uning  vakiliga  taqdim 

etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.     

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining  1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqlangan 

va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi 

Soliq  kodeksining  10-moddasiga  va  O‘zbekiston  Respublikasi    Moliya  Vazirligi,  Davlat  Soliq 

qo‘mitasining  1998  yil    4  yanvardagi    «Korxona  va  tashkilotlarni  soliqqa  tortish  tartibiga 

o‘zgartirishlar  kiritish  to‘g‘risida»gi  xatiga  binoan  ham  yuridik  shaxslar  daromadlaridan 

olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar 

jo‘natilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish  va  xizmatlar  yuzasidan  ushbu  mahsulot,  ish  va  xizmatlar 

qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatan pul kelib tushishidan qat’iy nazar, jo‘natilgan mahsulot 

ish  va  xizmatlar  qiymatidan  davlat  byudjetiga  soliq  hisoblashlari  va  uni  buxgalteriya  hisobida 

o‘sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak, yuqorida aytilganlar asosida shunday xulosa 

qilish  mumkinki,  hozirgi  xo‘jalik  yuritish  sharoitida  1998  yil  1  yanvardan  boshlab  korxona  va 

muassasalarda  ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish  va  xizmatlar  pulning  qachon  kelib 

tushishidan  qat’iy  nazar,  ular  xaridor  korxonalarga  jo‘natilgan  vaqtdan  boshlab  realizatsiya 

qilingan deb hisoblanadi. 

«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad» nomli 2-son BHMAga muvofiq quyidagi 

shartlar bajarilganda tovarlarni sotishdan  tushgan daromadlar tan olinadi (12 – band): 

•  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  tovarlarga  egalik  qilishning  xatarlari  va  afzalliklarining 

ancha qismini xaridorga topshirganida; 




 

• 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt,  odatda,  mulkka  egalik  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 



darajadagi  rahbarlik  davomiyligini  ham,  sotilgan  tovarlarni  nazorat  qilish  samaradorligini  ham 

saqlab qolmaganida; 

•  daromad miqdori ishonchli darajada baholanganida; 

•  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  bitim  bilan  bog‘liq  iqtisodiy  naf  olish  ehtimoli  mavjud 

bo‘lganida; 

• 

bitim  bilan  bog‘liq  qilingan  yoki  kutilayotgan  xarajatlar  ishonchli  darajada 



aniqlanadigan bo‘lganida. 

Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromad operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy naf 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  tomonidan  olingan  taqdirdagina  tan  olinadi.  Daromadga  kiritilgan 

miqdorni undirish xususidagi noaniqlik vujudga kelgan taqdirda, qaytarilmagan miqdor yoki olish 

mumkin  bo‘lmagan  miqdordagi  pul  dastlab  tan  olingan  daromad  miqdorining  o‘zgartirilishi 

sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. 

Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot 

sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘proq e’tibor berishga chaqiradi hamda korxonaning 

bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular 

esa, o‘z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini 

beradi. 

Xaridorlar  tomonidan  to‘langan  pul  mol  yetkazib  beruvchi  korxonaning  hisob-kitob 

schyotiga  kelib  tushadi.  Mol  yetkazib  beruvchi  tashkilotlarning  tayyor  mahsuloti  xaridorlar 

tomonidan  shu  mahsulotni  tayyorlovchi  korxonaning  o‘zida  bevosita  qabul  qilib  olinsa  yoki  u 

mahsulot tranzit usuli bilan  (ta’minot sotish tashkilotlarining ishtirokisiz) jo‘natilsa, mahsulotning 

xaridorga  topshirilishi  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylashtiriladi  va  u  moliyaviy  natijalarga 

kiritiladi. 

Korxonada  sotish  uchun  mo‘ljallangan  mahsulot  (ish,  xizmat)  tovar  mahsuloti  deb 

nomlanadi. Tovar mahsuloti (ish, xizmat) tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

  buyurtmachi  va  xaridorlarga  sotilgan  tayyor  mahsulot  (ish,  xizmat)  va  korxonaning 

o‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikat; 

   xalq  iste’moli  tovarlari,  chiqindilardan  tayyorlangan  ishlab  chiqarish-texnika 

maqsadlariga  mo‘ljallangan  buyumlar,  yarim  fabrikatlar  hamda  mahalliy  xom-ashyodan  xalq 

iste’moli uchun tayyorlangan nooziq - ovqat (turlari) tovarlari; 

  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; 

   sanoat xususiyatidagi ishlar va xizmatlar; 

  o‘z kapital qurilishi ehtiyojlariga sotiladigan mahsulot, ish va xizmatlar; 

  o‘z  xizmatidagi  ishlab  chiqarishlar  va  xo‘jaliklar  ehtiyoji  uchun  berilgan  mahsulot, 

sanoat xususiyatidagi bajarilgan ish va xizmatlar; 

  sanoat xususiyatiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlarning amalga oshirilishi, qiymati 

xaridorlar tomonidan to‘langan va komplektlash uchun sotib olingan buyumlar; 

  o‘z kuchi bilan chetga bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari. 

Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va 

xizmatlarning har birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va 

xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, 

har qaysining rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. 

Sotilgan  mahsulot  9010-«Mahsulot  sotishdan  olingan  daromadlar»,  9020-«Tovarlarni 

sotishdan  olingan  daromadlar»,  9030-«Bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatlardan  olingan 

daromadlar» hisobvaraqlarida hisobga olinadi. 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va 9050-

«Xaridor  va  buyurtmachilarga  berilgan  chegirmalar»  hisobvaraqlarida  sotilgan  tovarlarning 

qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar aks ettiriladi. 

9010,  9020,  9030-hisobvaraqlarning  kreditida  4010-«Xaridor  va  buyurtmachilardan 

olinadigan  schyotlar»  hisobvarag‘i  bilan  korrespondentlangan  holda  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar 

sotishdan  olinadigan  sof  tushum  aks  ettiriladi.  Bu  hisobvaraqlarda  xaridorlarga  jo‘natilgan 

mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aktsiz solig‘i va O‘O‘S summalari aks ettirilmaydi. 



 

Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka 

beriladi: 

D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 

K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 

K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad». 

4010-«Xaridor  va  buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar»  hisobvarag‘i  aktiv  bo‘lib, 

uning  saldosi  xaridor  va  buyurtmachilarning  korxonadan  sotilgan  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar 

bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va 

ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan 

to‘langan summani ko‘rsatadi. 

Xaridorlarga  yuklab  jo‘natilgan  mahsulotlar  harakatining  hisobi  16-qaydnomaning  2-

bo‘limida  yuritiladi.  Yuklab  jo‘natilgan  va  sotilgan  mahsulotlarning  hisobvaraqlari  bo‘yicha 

sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 

9220, 4010-hisobvaraqlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning analitik 

ma’lumotlarini  yozish  uchun  mo‘ljallangan.  11-jurnal-order  15  va  16-vedomostlarning  analitik 

ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi.  

Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar yopiladi: 

D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar 

K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija». 

Shu  bilan  birga  sotilgan  mahsulotning  tannarxi  ham  hisobot  davri  yakunida  yakuniy 

moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: 

D-t  9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 

K-t 9110, 9120, 9130. 




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish