Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Chorvachilikda xarajatlar hisobining obektlari va moddalari



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

11.4.2. Chorvachilikda xarajatlar hisobining obektlari va moddalari 

Chorvachilikka  qilingan  xarajatlar  va  undan  olinadigan  mahsulotlar  hisobi  olish  2012-

«Chorvachilik ishlab chiqarishi» operatsion va tannarxni hisoblash schotida olib boriladi. Ushbu 

schotning debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha esa – mahsulotlarning chiqishi aks ettiriladi. 

Ushbu  schot  bo‘yicha  xarajatlar  chorvachilikning  quyi  tarmoqlari  doirasida  chorva 

mollarining  ayrim  turlari  va  guruhlari  sifatida  hisob  obektlariga  ajratib  hisobga  olinadi.  Schot 

bo‘yicha hisobga olish nomenklaturasi quyidagicha: 

Chorvachilikda  qoramol  –  sut  chorvachiligi;  asosiy  poda,  barcha  yoshdagi  yosh  chorva 

mollar  va  bo‘rdoqiga  boqilayotgan  mollar,  sigir  va  g‘unajinlar  yetishtirish  (ixtisoslashtirilgan 

xo‘jaliklarda bir maqsadni ko‘zlab yetishtirish). Qoramol – go‘sht chorvachiligi: asosiy poda, 8 

oylikdan  katta  bo‘lgan  yosh  mol  va  bo‘rdoqiga  boqilayotgan  mol.  Buqalar:  buqalarning  asosiy 

podasi, boquvga qo‘yilgan har xil yoshdagi buzoqlar va katta yoshdagi buqalar.  

Qo‘ychilikda xarajatlar hisobi uning yo‘nalishlari – mayin junli, yarim mayin junli, yarim 

dag‘al junli, dag‘al junli, qorako‘l tyeri vabarra tyeri bo‘yicha yuritiladi: 

Parrandachilikda  tuxum  qo‘yadigan  tovuqlar:  katta  yoshli  tuxum  qo‘yadigan  tovuqlar; 

go‘sht uchun boqiladigan tovuqlar, 1 kunlikdan 150 kunlikkacha bo‘lgan jo‘jalar. Go‘sht va go‘sht 

– tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar: katta yoshli ona tovuqlar; 1 kunlikdan 180 kunlikkacha bo‘lgan 

yosh tovuqlar; jo‘ja (broylyer)lar. Parrandalarning boshqa turlari (o‘rdaklar, g‘ozlar, kurkalar va 

b.)  bo‘yicha  hisob  ikki  guruhga  ajratib  yuritiladi:  katta  yoshdagi  va  barcha  yoshdagi  yosh 

parrandalar. Inkubatorlardagi tuxumlar parrandalar turi bo‘yicha hisobga olinadi. 

Yilqichilikda (otlar, eshaklar, xachirlar) naslchilik: nasldor (zotli) otlarning asosiy podasi, 

zotli  toychalar  (tug‘ilgan  yili  bo‘yicha).  Ishlatiladigan  yilqichilik  (sut  beradigan  va  uyurdagi 

yilqilar):  asosiy  poda,  barcha  yoshdagi  uyurdan  ajratilgan  yosh  yilqilar.  Yosh  ishchi  otlarni 

yetishtirish alohida hisobga olinadi (katta yoshdagi ishchi otlar bosh soni bo‘yicha xarajatlar 2310-

schotda hisobga olinadi).  

Tuyachilikda xarajatlarni hisobga olish ikki guruh bo‘yicha yuritiladi: asosiy poda, barcha 

yoshdagi  bo‘taloqlar,  bo‘rdoqiga  boqiladigan  tuyalar.  Barcha  guruh  hayvonlar  birgalikda 

saqlanganda xarajatlar hayvonlarning barcha guruhlari bo‘yicha birlashgan holda hisobga olinadi. 

Quyonchilikda va mo‘ynali hayvonlarda. Ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha (go‘sht, 

tyeri, tivit) hisobga olinadi. Mo‘ynali hayvonlar hayvon turlari bo‘yicha ikki guruhga asosiy poda 

va yosh hayvonlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi. 

Cho‘chqachilikda chuchqaning asosiy podasi, ikki oylikdan to‘rt oylikkacha bo‘lgan yosh 

cho‘chqalar,  to‘rt  oylikdan  katta  bo‘lgan  yosh  cho‘chqalar  va  bo‘rdoqiga  boqilayotgan 

cho‘chqalar.  Ixtisoslashtirilmagan  xo‘jaliklarda  xarajatlar  hisobi  tarmoq  bo‘yicha  umumiy 

yuritiladi. 

Baliqchilik,  asalarichilik,  ipakchilik  hayvonlar  va  parrandalarni  sun'iy  qochirish. 

Baliqchilikda:  umuman  tarmoq  bo‘yicha  ixtisoslashtirilgan  xo‘jaliklarda  semirtiriladigan  va 



 

pitomnik  havzalari  bo‘yichaalohida.  Asalarichilikda  –  asalari  boqish,  asal,  asal  changlatish, 

changlatish  bo‘yicha.  Ipakchilik  –  umuman  tarmoq  bo‘yicha.  Sun'iy  urchitish  –  hayvonlar  turi 

bo‘yicha nasl beruvchilar (spyerma olish). 

Chorvachilikda analitik schotlar hayvonlar guruhlarining turlari yoki yosh-jinslari bo‘yicha 

ochiladi. Biroq, ayrim hollarda mahsulot tannarxini yanada aniqroq hisoblash maqsadida yondash 

mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha to‘g‘ri xarajatlarni alohida hisobga olish uchun qo‘shimcha 

analitik  schotlar  ochiladi.  Masalan,  qorako‘lchilikda  qo‘shimcha  analitik  schotlar  ochilishi 

mumkin:  qo‘ylarning  junini  qirqish  bo‘yicha  xarajatlar  va  qorako‘l  tyerilari  olish  bo‘yicha 

xarajatlar. Birinchisiga jun qirqish punktini saqlash, jun qirquvchilar mehnatiga haq to‘lash, junni 

markalash,  saralash  va  tashish  bo‘yicha  xarajatlar kiradi;  ikkinchisiga  -  qo‘zichoqlarni  so‘yish, 

dastlabki ishlov berish, tyerilarni oshlash va tashish xarajatlari kiradi. Natijada jun va qorako‘l 

tyerining tannarxini aniq belgilash imkoni yaratiladi. 

Chorvachilikdagi ayrim analitik schotlarda ozuqa tayyorlash xonalari va sexlarida ozuqa 

tayyorlash  bo‘yicha  xarajatlar  hisobga  olinadi.  Belgilangan  muddatlarda  hisobga  olingan 

xarajatlar bu schotlardan chiqarib tashlanadi va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha xarajatlar 

obektlari schotiga tayyorlangan (berilgan) ozuqa miqdoriga mutanosib taqsimlanadi. 

Dehqonchilikdan  farq  qilgan  holda  chorvachilik  bo‘yicha  yil  oxiriga,  odatda, 

tugallanmagan  ishlab  chiqarish  bo‘lmaydi.  Bu  shu  bilan  bog‘liqki,  chorvachilikning  asosiy 

tarmoqlari hisoblangan qoramolchilik, qo‘ychilik va boshqalar bo‘yicha har bir yildagi qilingan 

xarajatlarni  shu  yilda  olingan  mahsulotlar  tannarxiga  olib  boriladi.  Lekin,  chorvachilikning 

parrandachilik,  baliqchilik,  yilqichilik,  asalarichilik  kabi  ayrim  tarmoqlarida  yil  oxirida 

tugallanmagan  ishlab  chiqarish  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  agar  parrandachilikda  tuxumlar 

inkubatorga joriy yilning 10 dekabridan keyin quyilib, yil oxirigacha jo‘jalar ochib chiqarilmagan 

bo‘lsa, tuxumlar va ularni inkubatorga quyish xarajatlari keyingi yilga o‘tadi. 

Asalarichilikda  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  asalarilar  qishlashi  uchun 

uyalarida  qoldirilgan  asal  qiymati;  baliqchilikda  –  keyingi  yilga  o‘tadigan  baliqlarni  urchitish 

xarajatlari;  tuyachilikda  esa  birinchi  bo‘g‘oz  bo‘lib,  keyingi  yilda  tug‘adigan  tuyalarni  saqlash 

uchun qilingan xarajatlar kiritiladi. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish