274. Qo’shma gap qo’llanmagan javobni aniqlang.
A) Aytib qo’yki, u bizga to’g’ri kelmadi.
B) Bilib qo’yki, senga ham navbat yetadi.
C) Unutmaylikki, bizni hamon kuzatishmoqda.
D) Deydilarki, bir qalbga bitta ishq.
275. Shaxsi noma’lum gapni aniqlang.
A) Uyga qaytishni to’g’ri deb bildi.
B) Iltimos, bu yerda hech kim kutilmasin.
C) Shu daqiqadan boshlab kredit berish to’xtatiladi.
D) Suratlarga qo’l bilan teginilmasin.
276. Qaysi qatorda na…, na… bog‘lovchisi bog‘langan
qo‘shma gap qismlarini munosabatga kiritgan?
A) Sizga na o‘rtada raqsga tushish, na qo‘shiq aytish
yarashadi.
B) Na akam xabardor emas, na bizga bu haqda bir nima
deyilmagan.
C) Na siz g‘olib, na biz mag‘lub.
D) Kitob kishiga na zarar yetkazadi, na yomonlikni
o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |