172. Qaysi qatorda ravish qo'llangan?
1. Har lahza ilhomim yuragim turtar.
2. Har lahza sen haqingda o'ylayman.
3. Sen-la o'tgan har lahza yodimda hamon.
4. Har lahza bir kundek o'tmoqda.
A) 1, 2
B) 1, 2, 3
C) 2, 3, 4
D) 1, 3
173. Men ko'targan qilich sira zanglamas,
Yovni mahv etmayin qinga kirmagay,
Tinma, qilich, sen tinsang, nafas tinmasmi?!
Xabar maylidagi fe'llar sonini aniqlang.
A) 4 ta
B) 3 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
174. Muhammad Salohning pokeri haqida jurnalistlar hali-
hamon bong urayotir.
Ma'no ko'chishi turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
175. Qaysi qatorda ravish qo'llanmagan?
A) Bir mahal u voyvoylay boshladi.
B) Bir-bir xayolim meni olislarga olib ketadi.
C) Bir kuni kutish bilan o'tdi.
D) Birga boraylik, men qo'rqaman.
176. Qaysi qatorda tovush ortishi yuz bermagan?
A) Sen hali shunaqamisan?!
B) Akangga nima deylik?
C) Buning meni mensimaydi.
D) Ertangi kunni kutamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |