39. Qaysi gaplarda o’zaro shakldosh qo’shimchalar
uchraydi?
1. Ko’rasan, seni ishqida jizza qiladi.
2. Ikkalasi ham shahrimizdagi o'zgarishlarni ko'rib lol
qolishdi.
3. Quvlab yeta olmasligini shunda ham anglamadi.
A) 1, 2, 3
B) 1, 2
C) 2, 3
D) 1, 3
40. Intim lirikaning go'zal namunasi bo'lgan "Qalandar
ishqi" she'ri muallifi tarjima qilgan asarni belgilang.
A) "Feruza"
B) "Yevgeniy Onegin"
C) "Shoh va gado"
D) "Hayot bo'stoni"
41. Qaysi so'zlardagi morfemalar soni ularning
paronimlaridagi morfemalar soni bilan bir xil?
1) yonilg'i; 2) yaroqli; 3) uxladi; 4) yuvundi;5) qari;
6) siqim.
A) 1, 3, 4, 6
B) 2, 3, 5
C) 1, 4, 5
D) 1, 6
42. Tushlikka suzma yemoqchi bo'lgan asar qahramoni
kim edi?
A) Akbarali G'oziyev B) Omon ("Shum bola")
C) Sarsonboy ota
D) Qoravoy ("Shum bola")
43 Tovush tarkibi bir xil bo’lgan qo’shimchalar qaysi
gapda qo’llanganini aniqlang.
A) O’lat oqibatida mingta odam dunyoni tark etdi.
B) Ko’pchilik odamgarchilik yuzasidan sizni sizlashadi.
C) Buning mendan ukasining maoshini so’rayapti-ku!
D) Boyib ketsam, sizga mashina olib beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |