Q u sm o n o V, U. J o ‘rayev, N. N o r q u L o V о ‘zbekiston tarixi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/199
Sana31.12.2021
Hajmi2,42 Mb.
#271857
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199
Bog'liq
Oz Tarix 8-sinf Kutubxona n1 uz

D avlat  boshligH  —
  xon  hokimiyati  vakolati  nasldan  naslga 
olgan.  Muhammad  Rahimxon  I  o‘z  hukmdorligi  davrida  davlat 
boshqaruvi tizimida  islohot  olkazgan.  Unga  ko‘ra  xon huzurida 
yuqori  m a’muriy  organ  —  Oliy  Kengash  ta ’sis  etilgan.  Oliy
92


Kengash  davlatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 
hokimiyati  vazifasini  bajargan.  Oliy  Kengashga  xonning  o‘zi 
rahbarlik qilgan.  Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, 
m ehtar,  qo‘shbegi,  devonbegi,  naqib,  shayxulislom,  bosh  qozi, 
inoq,  otaliq va biylar qatnashganlar.  Oliy Kengash majlisi haftada 
bir marta  o‘tkazilgan va unda  davlatning ichki va tashqi siyosatiga 
oid  eng  m uhim   masalalar  muhokam a  etilgan.
Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish 
uchun Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan 
tashqari  mehtar,  qo‘shbegi,  devonbegi,  naqib  va  shayxulislom 
qatnashganlar.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan 
paytlarda  xonlikni  idora  qilgan.  Mehtar  va  qo‘shbegi  mamlakat 
miqyosida soliqlar yig‘ilishiga javobgar bo‘lganlar.
Xonlikda  3  ta  devon  (vazirlik)  ham faoliyat  ko‘rsatgan.  Bular 
xo‘jalik,  ijtimoiy-siyosiy  va  harbiy  ishlar  bilan  shug‘ullanuvchi 
devonlar  edi.  Ularning  faoliyatiga  devonbegi  rahbarlik  qilgan. 
Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik qilgan.
Xonlik  tarkibidagi  qozoq  va  qoraqalpoqlar  esa  o‘zlarining 
biylari,  turkmanlar  esa  ularning  vakili  tomonidan  boshqarilgan. 
Ularning  lavozimlari  nasldan  naslga  meros  bo‘lib  o ‘tsa-da, 
nomzodini  xon  tasdiqlashi  shart  bo‘lgan.
Xonlikning  asosiy  boyligi  yer  hisob- 
er  ega lgi 
lanardi.  Bu  yerlar  sug‘oriladigan  (axya)
va  sug‘orilmaydigan  (adra)  yerlardan  iborat  edi.  Egalik  shakliga 
ko‘ra,  Xiva  xonligining  yerlari  ham  uchga  bo‘lingan:
1.  Davlat yerlari  (podshohi).  2.  Xususiy mulk  (xususiy yerlar).
3.  Vaqf yerlari.
Xon  va  uning  qarindoshlari,  oliy  martabali  boshqa  turli 
amaldorlar,  ruhoniylar,  savdo-sotiq  tabaqalari  barcha  yerlarning 
deyarli yarmiga  egalik qilishgan.  Amaldorlaming yerlari 2—3  ming 
tanobni  tashkil  etgan.  Xon  va  uning  qarindoshlari  undan  ham 
katta  hajmdagi  yer  maydonlariga  egalik  qilishgan.  Qolgan  yerlar 
davlat  ixtiyoriga  olingan  (vaqf  yerlaridan  tashqari).  Davlat  yer- 
larida  va  xususiy  mulk  yerlarida  ijarachi  dehqonlar  mehnat  qil- 
ganlar.
Davlat  yerini  ijaraga  oluvchilar 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish