Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 4732 SONLI FARMONINING



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 4732 SONLI FARMONINING 
PROFESSOR-O`QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI 
RIVOJLANTIRISHDAGI AMALIY AHAMIYATI 
Xalilova M. – p.f.n. NavDPI pedagogika-psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4732 sonli farmoni Oliy o`quv yurtlari professor-
o`qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga 
muvofiq muntazzam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori 
malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratilgan bo`lib ushbu farmon qo`yidagi 
talablarni o`z ichiga qamrab oladi. 
Oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazzam oshirish 
asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot 
va o`qitilayotgan fanlar bo`yicha innovatsiyalar, shuningdek o`quv jarayonini tashkil etishning 
zamonaviy uslublari sohasidagi so`nggi yutuqlarni chuqur o`rganish; 
yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg`or xorijiy tajribalarni keng joriy 
etgan holda, oliy o`quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
bo`yicha malaka talablari, o`quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash; 
oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarining global Internet tarmog`i, multimedia tizimlari va masofadan 
o`qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o`quv jarayoniga faol tatbiq etishi; 
oliy o`quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o`zlashtirish darajasini oshirish va undan 
o`z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi 
bugungi kunda professor-o`qituvchilar oldiga o`z ustida zamonaviy talablar asosuda iahlashni har 
qachongidan ham dalzarb va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalarni bajarishni talab etmoqda. 
Shu nuqtai nazardan bugungi oliy o`quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash 
kursi o`quv rejasining yangilangan namunali tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soatlik maxsus 
dasturlar bo`yicha ikki oy davomida ishdan ajralgan holda amalga oshiriladigan o`qitishning modul 
tizimi yaratilganligi va har bir modul tugagandan so`ng professor-o`qituvchilarning olgan bilimlari 
xolisona baholanishi ham buning yaqqol daliidir. 
Darhaqiqat kurslar yakunida tinglovchilar har bir tayanch oliy o`quv yurtida tashkil etiladigan oliy 
o`quv yurti rektori yoki fan doktori ilmiy darajasini berish bo`yicha ilmiy kengash raisi rahbarligidagi 
ilmiy kengash a’zolari, o`quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislardan tashkil topgan kamida 


59 
7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyalari tomonidan o`tkaziladigan attestatsiyadan o`tkazilshi va 
unga beriladigan kafolatlarni davomi sifatida professor-o`qituvchidan faoliyat jarayoniga zamonaviy 
tarzda yondashishi bilan birgalikda, kasbiga bo`lgan mas’uliyatni yanada takomillashirishni talab 
etadi. 
Albatta bugungi kun o`qituvchisi kasb darajasini muntazzam oshirishi natijasida ularning 
qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o`qitilayotgan 
fanlar bo`yicha innovatsiyalar, shuningdek o`quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari 
sohasidagi so`nggi yutuqlarni chuqur o`rganishi barkomol avlodni shakllantirishning asosiy 
omillaridan biri hisoblanadi. Shundagina o`qituvchida kasbiy kompetensiya shakllanib boradi.. 
Kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o`rganishni, 
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va 
o`z faoliyatida qo`llay bilishni taqozo etadiyu 
Professor-o`qituvchilar kasbiy mahoratlarini shaklantirishda bugungi kundagi malaka 
oshirish tizimida O`zbekiston respublikasi prezidentining 4732 sonli farmonining bajarilishi kasbiy 
kompetentlikni oshirish uchun asosiy huquqiy normalardan sanaladi. 
Kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo`ladi:
-murakkab jarayonlarda; 
- noaniq vazifalarni bajarishda; 
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda; 
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo`la olishda 
Shu nuqtai nazardan kasbiy kompetentlik sifatlari qo`yidagi ko`rinishlarda professor-o`qituvchilar 
faoliyatida o`z aksini topadi. 
1. Ijtimoiy kompetentlik. 
2. . Maxsus kompetentlik (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va 
kommunikativ kompetentlik). 
3. SHaxsiy kompetentlik. 
4. Texnologik kompetentlik. 
5. Ekstremal kompetentlik.
Prezidentning 4732 sonli farmonida e’tirof etilganidek;- oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarining 
global Internet tarmog`i, multimedia tizimlari va masofadan o`qitish usullaridan foydalangan holda, 
zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni 
o`quv jarayoniga faol tatbiq etishi; 
Oliy o`quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o`zlashtirish darajasini oshirish va 
undan o`z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng 
foydalanishi kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bilan birga uning normalarini talab darajalarini 
qonuniy asosini tashkil etadi. 
Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko`rsatish ko`nikma, malakalariga 
egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olishda yaqqol namoyon bo`ladi; 
Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-
pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, bilim, ko`nikma va 
malakalarini izchil rivojlantirib borish. Ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, 
informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko`zga tashlanadi. 
Ekstremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan 
chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to`g`ri harakatlanish 
malakasiga egalik tushiniladi. 
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis; 
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- o`z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni izlab topadi va ularni o`zlashtiradi; 
- yangi bilimlarni qayta ishlaydi va o`z faoliyatida samarali qo`llaydi 
Darhaqiqat har bir professor-o`qituvchi o`z kasbiy malakalarini oshirib borish maqsadida 
individual rivojlanish dasturini ishlab chiqishi va unga qat’iy amal qilishi kompetentlikni 


60 
rivojlanishiga zamin yaratadi. Individual rivojlanish dasturida har bir shaxs yoki mutaxassisning 
o`zida ma’lum sifat, bilim, ko`nikma, malaka  kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish 
ehtiyojlari egaligi bilan ajralib turadi.
Individual rivojlanish dasturida kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo`lgan BKM 
hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi. 
Albatta ushbu muddat talablari o`z vaqtida bajarilib borilsa professor-o`qituvchi faoliyati 
adolatli ijobiy holga keladi. 
Bugungi zamonaviy global ta’lim tizimida o`zining sifat ko`rsatkichlarining yuqoriligi bilan 
ajralib turadi. 
Har bir professor-o`qituvchining  o`z-o`zini rivojlantirishi – o`zida kasbiy tajriba, malaka va 
mahoratni takomillashtirish yo`lida aniq maqsad va puxta o`ylangan vazifalar asosida mustaqil 
ravishda tashkil etishi pedagogik kompetentlikning nazariy asoslarini tashkil etib amaliyotda o`ziga 
xos yangilanishlarga olib keladi. 
Oqituvchining o`z ustida ishlashi qo`yidagi faoliyat sifatlarida o`z aksini topadi: 
kasbiy BKMni takomillashtirib borish; 
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; 
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; 
- - ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
- - ijobiy sifatlarni o`zlashtirish 
Pedagogning o`z ustida ishlash bosqichlari: 
1-bosqich. O`z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash. 
2-bosqich. Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelish.
3-bosqich. Ushbu qaror bo`yicha amaliy harakatlarni samarali tashkil etish yo`llarini izlash
4-bosqich. Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish. 
5-bosqich. Qabul qilingan qarorning izchil bajarilishini doimiy nazorat qilib borish 
Xulosa qilib aytganda prezidentimizning 4732 sonli farmoni bugungi kun talabining huquqiy 
asoslarini belgilab, har bir ustoz-murabbiyning o`z ystida tinimsiz ishlab kasbiy kompetentligini 
rivojlantirishni talab etadi. 
Shundagina bizning yoshlarimiz jahon maydonlarida yanada shaxdam qadamlar tashlab, 
jamiyatimiz tamonidan beriladigan har bir savolga labbay deb javob berib, o`zining aqlu salohiyati 
bilan, dunyoviy bilimlarga va tafakkurga erishadilar. Kelajagimiz poydevori bundanda mustahkam 
va boqiy bo`lishini ta’minlab, prezidentimiz ishonchini ko`zlangandan ham yuqoriroq qilib Vatan 
oldidagi farzandlik burchini oqlaydilar. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish