Ijtimoiy psixologiya


Shaxslararo  munosabatlarda  stigma  va  diskriminatsiyaning



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Shaxslararo  munosabatlarda  stigma  va  diskriminatsiyaning 
namoyon  bo‘lishi
Diskriminatsiya  va  stigma  har  bir jamiyatda,  har  bir  guruhda 
mavjud  bo‘lib,  shaxsning  me’yorl  hayot  kechirishi,  uni  ushbu ja ­
miyatda  o‘z  o‘rnini  topishi,  mavqega  ega  bo‘lishiga  bevosita  o‘z 
ta’sirini  ko‘rsatadi.  Ayrim  hollarda  esa  inson  huquqlari  buzilishi- 
ga  va  eng  yomoni  uning  himoyalanmay  qolishiga  olib  keladi. 
Aksariyat  hollarda  bunday  cheklovlarga  ijtimoiy  zaif  guruh  va-


killari  (ayollar,  homiladorlar)  yoki  xavfli  guruhga  mansub  shaxs- 
lar  (giyohvandJar,  OIV  bilan  kasallanganlar,  sil  kasalligi  borlar), 
shuningdek,  yoshlarga  nisbatan  munosabatlardagi  tafovutlarda 
kuzatilishi  mumkin.
Shaxslaro  munosabatlar  tizimida  uchraydigan  shaxsga  tegishli 
yana  bir  xulq-atvor  turi  stigmalash  holatidir.  Bu  atama  qadimgi 
yunon  tilidan olingan  boiib,  stigma  — «belgi»,  «dog1»  ma’nolarini 
ifodalaydi.
«Men»  —  konsepsiyaning  inson  xulq-atvoriga  ta’siri  borasi- 
da  tadqiqot  olib  borgan  Djenifer  Kroker  va  Brenda  Mayorlar 
o‘tkazgan  ko‘p  yillik  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatdiki,  badanida  turli 
chandiqlar,  teri  patologiyalari,  ko‘zga  tashlanadigan  badbashara- 
liklar  va  shu  kabi  stigmalarga  ega  boigan  kishilarning  jamiyat- 
dagi  xulqi  o‘ziga  xos  bo iar  ekan.  Ulardagi jismoniy  kamchiliklar 
boshqa  insonlarning rahmini  keltirishi yoki  ularda qo‘rquv hissini 
keltirib  chiqarishi  mumkin  boiib,  bunday  odamlar  o‘z  kamchi- 
liklarini  ataylab  hammaga  ko‘z-ko‘z  qilishlari  mumkin  ekan.  Bu 
bilan  ular  o‘z  kamchiliklari  orqali  o‘z  «Men»ini  namoyon  etish- 
ga  urinadilar,  chunki  stigmali  insonlarning  «Men»  konsepsiyasi 
markazida  aynan  o‘z  stigmasini  anglash  turadi.
Yana  bir  narsaga  e'tiboringizni  qaratamiz,  stigmalangan  o‘z- 
o‘zini  anglash  faqatgina qandaydir tashqi  kamchilikka ega  inson- 
larda  emas,  balki  umuman  nimasi  bilandir  boshqalardan  ajralib 
turuvchi  insonlarda  ham  shakllanishi  mumkin.  Albert  Megrab- 
yanning  fikricha,  aholisining  ko‘pchiligini  oq  tanlilar  tashkil 
qiladigan  AQSHda  qora  tanlilarda  stigmalangan  o‘zini  anglash 
shakllanib  qolar  ekan.  Chunki  ko‘pchilikni  tashkil  qiluvchi  oq 
tanlilar  ularga  o‘z  salbiy  fikrlarini  noverbal  kommunikatsiya  ka- 
nallari  orqali  yetkazib  turadilar.  Shu  yoi  bilan  milliy  yoki  irqiy 
jihatdan  kamchilikni  tashkil  qiluvchi  insonlarda  yoshligidanoq 
stigmalangan  o‘z-o‘zini  anglash  shakllanadi.
Bundan  tashqari  shaxs  xususiyatlarida  kamchiligi  boigan 
insonlarda  ham  stigmali  o‘zini  anglash  shakllanishi  mumkin, 
o‘zida  biror-bir  ustunlikni  ko‘rmagandan  keyin  ular  o‘z  ruhiy


kamchiliklarini ro‘kach qilib,  shu bilan faxrlanib yurishi  mumkin 
(Payns  E.,  Maslach  K.,  2000).  Albatta  inson  xulq-atvorini  faqat- 
gina  «Men»  konsepsiyaning  tarkibi  emas,  balki,  o‘z-o‘zini  ang- 
lashning  u  yoki  bu  funksiyasi  rivojlanganligi  ham  determinatsi- 
yalaydi.  Biroq  bizga  omma  psixologiyasi  bo‘limidan  shu  narsa 
ma’lumki,  inson  xatti-harakatining juda  kam  qismi  ongli  bo‘lib, 
katta  qismi  anglanmagan  mayllar  bilan  shartlashadi.  Shu  sababli 
ongsizlikka  singib  ketgan  stigmalar  xohlaymizmi-yo^mi,  bizni 
boshqarishi  mumkin.  Albatta  bu  qarash  hozirda  ko‘p  munozara- 
larga  sabab  bo‘layotgan  bo‘lsa-da,  ma’lum  bir  toifadagi  insonlar 
uchun  o‘rinlidir.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish