Ijtimoiy psixologiya



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Etologik  yondashuv. 
Nobel  mukofoti  laureati  mashhur  etolog 
K. Lorens agressiyaga  nisbatan evolutsion yondashuv tarafdoridan 
biri  bo‘lgan  va  uning  bu  pozitsiyasi  Freydning  pozitsiyasi  bilan 
o‘xshash  ekanligini  namoyish  qilgan.  K. Lorens ta’limotiga ko‘ra, 
agressiya  insonlarga va  boshqa  tirik jonzotlarga  xos bo‘lgan  hayot 
uchun  kurash  tug‘ma  instinktidan  kelib  chiqqan.
U  bu  instinkt  uzoq  evolutsiya  davrida  rivojlangan,  deb  taxmin 
qilgan  bo‘lib,  uning  uchta  muhim  vazifasini  ajratib  ko‘rsatadi. 
Birinchisi,  hayot  uchun  kurash  instinkti  turli  xil  biologik  tur  va- 
killarini  dunyo  bo‘ylab  katta  geografik  kengliklarga  tarqatib  yu- 
boradi,  bu  esa  oziq-ovqat  resurslarining  maksimal  sarflanishini 
ta’minlaydi.  Ikkinchidan,  agressiya  biologik turning genetik fondi 
yaxshilanishini  ta’minlaydi,  chunki  faqat  eng  kuchli  va  quvvat- 
li  individuumlargina  o‘zidan  avlod  qoldira  oladi.  Uchinchidan, 
kuchli  tur  vakillarigina  o‘zini  himoya  qila  oladi  va  avlodining 
tirik  qolishini  ta’minlay  oladi.
Freyd  instinktiv  agressiv  energiyaning  qanday  yig‘ilishi  va 
tarqab  ketishi  haqida  aniq  bir  fikrga  kelmay  turgan  bir  palla- 
da,  K. Lorens  bu  muammo  yuzasidan  aniq  bir  to‘xtamga  kelib 
bo‘lgan  edi.  Uning fikricha,  yashash  uchun  kurash  instinkti  bilan 
yo‘g‘rilgan  agressiv  energiya  organizmda  uzluksiz  ravishda  ay- 
lanib  yuradi,  borgan  savin  to‘planib  boraveradi.  Demak,  agressiv


energiyaning  hajmi  qancha  ko‘p  boisa,  uning  tashqariga  «otilib 
chiqishi»  uchun  shunchalik  kam  kuchga  ega  boigan  stimul  (ba- 
hona)  kerak boiadi.
K. Lorens  nazariyasining  qiziqarli jihati  shundaki,  u  o‘z  naza- 
riyasida  inson  boshqa jonzotlardan  farqli  oiaroq  o‘z  turiga  man- 
sublarga  qarshi  zulm  o‘tkazishi  holatlarining  keng  tarqalganli- 
gini  ta’kidlab  ko‘rsatadi.  Uning  fikricha,  barcha  tirik jonzotlarga 
yashash  uchun  kurash  instinktidan  tashqari  o‘zining  barcha 
xohish-istaklarini  bosa  olish  imkoniyati  berilgan;  bu  imkoniyat 
ularning  oijalariga  qay  darajada jiddiy  talofat  yetkazish  yoki  yet- 
kazmaslik  xohishlari  bilan  o‘zgarib  turadi.  Shunday  qilib,  tabiat 
tomonidan  boshqa jonzotlarni  oidirish  uchun  barcha  zarur  ash- 
yolar  (epchillik,  uzun  tirnoq  va  o‘tkir tishlar)  bilan  ta’minlangan 
yirtqich  sher  va  yoibarslar  o‘z  turi  vakillariga  tajovuz  qilishning 
oldini  oluvchi  ushlab turuvchi  omillarga egadir.  Lekin  ularga nis­
batan  ancha  zaif  boigan  insonlarning  o‘z  tug‘ma  ehtiyojlarini 
ushlab  turuvchi  omillari  yetarli  darajada  kuchli  emas.  lnsoniyat 
tarixining  muqaddimasida  erkak  va  ayollar  o‘z  qabiladoshlariga 
qarshi  agressivlik  ko‘rsata  turib,  tish  va  mushtlarini  ishga  sol- 
ganlar  va  bu  hoi  u  qadar  qo‘rqinchli  tuyulmagan,  chunki  ular­
ning bir-biriga jiddiy jarohat  yetkazish  ehtimoli u  darajada yuqori 
emas  edi.
lnsoniyat  taraqqiyoti  texnik  taraqqiyot  bilan  uyg‘unlashishi 
natijasida  inson  ommaviy  qirg‘in  qurollarini  yaratdi,  uning  o‘z 
xohish-istaklarini  qondirishga  bunday  holatda  intilishi  insonning 
tur  sifatida  yo‘qolib  ketish  xavfini  vujudga  keltirdi.  K. Lorens 
tarixda jahonga  hukmronlik  qilish  istagida  boigan  buyuklarning 
butun  bir  millatlarning  qirilib  ketishini  istaganligini  o‘z  oldiga 
maqsad  qilib  qo‘yishi  —  aynan  inson  zo‘ravonligi  agressiyaning 
oldini  oluvchi  tug'ma  ushlab  turuvchi  omillardan  ustunlik  qila- 
yotganligi  sifatida  tushuntiradi.
K. Lorens ham xuddi  Freyd  kabi agressiyadan qutulib boimaydi 
deb  hisoblasa-da,  agressiyani  susaytirish  yoki  nazorat  qilish  mum­
kin  degan  fikrni  yoqlagan.  U  agressiv  energiyaning  xavfli  dara-


jagacha  yetishining  oldini  olish  va  bu  orqali  zo‘ravonlik holatlarini 
kamaytirishi  mumkin,  deb  taxmin  qilgan.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish