Aminov Izzatbek Rustamovich Biogrand № 1 +99894-459-68-48
18.Bo’yiga va eniga tez o’sadigan, tanasining yuqori qismi qurib qolib pastidan
yangidan o’sib chiqadigan, kurtagi yirik bo’lgan, qalamchasidan ko’payadigan
va yog’ochligi yumshoq o’simlikni toping?
A)terak B)chinor C)jiyda D)tol
19.Bargi murakkab toq barglar o’rnida gajak hosil bo’lgan, poyasining
ko’ndalang kesimi qanotchali yovvoyi yem-xashak o’simligini toping?
A)no’xat B)sebarga C)burchoq D)rovoch
20.Shox-shabbasi yoyiq, poyasi shoxlangan, yog’ochligi qattiq bo’lgan
murakkab toq patsimon bargga ega o’simlik?
A)olma B)shirinmiya C)o’rik D)yong’oq
21.Yog’ochligi qattiq bo’lgan o’simliklar ichida 2000 yilgacha umr ko’radigan
o’simlik?
A)soxta kashtan B)qayrag’och C)zarang D)eman
22.Iste’mol qilinadigan o’simliklar ichidan bargi murakkab, o’rmalovchi
poyaga ega o’simlik?
A)do’lana B)g’ozpanja C)qulupnay D)na’matak
23.Hayotiy shakli bir yillik, cho’lda o’suvchi, shiraga boy hujayralari bo’lib,
ularda asosan suv saqlanadigan o’simlik?
A)qora ituzum B)oq sho’ra C)baliqko’z D)jag’-jag’
24.Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan, hatto qishda ham bargini
to’kmay turaveradigan madaniy buta?
A)shamshod B)qoraqat C)nastarin D)ligustrum
25.Kuzda barglari ancha barvaqt to’kiladigan, gul hosil qiladigan kurtaklar,
odatda, barg hosil qiladigan kurtaklardan yirikroq bo’ladigan noyob mevali
o’simlik? A)pista B)bodom C)safsan D)olxo’ri
26.Ko’p yillik o’tlar ichidan qo’shimcha ildizli (a), bargi qarama-qarshi
joylashgan (b), bargi uzun 50-70 sm dan 1 metrgacha yetadigan (c), bargi
bandsiz (d) o’simliklarni toping? 1)beda 2)ajriq 3)sachratqi 4)kiyiko’t
5)sallagul 6)gulxayri 7)shirinmiya 8)andiz 9)yalpiz 10)kovrak 11)gulsafsar
A)a-1; b-4,5; c-10; d-6 B)a-2; b-4,9; c-10; d-11 C)a-2; b-7,8; c-8; d-11
D)a-1; b-8,9; c-10; d-1
27.Tanasining yuqori qismi qurib qolib, pastidan yangidan o’sib chiqadigan
o’simliklar ichidan bo’yiga tez o’suvchi o’simliklar? 1)chinor 2)tol 3)terak
4)yong’oq 5)gilos 6)olma 7)nok 8)do’lana 9)o’rik 10)zarang
A)1,4,5,6,7 B)1,2,3,4,5 C)8,9,10 D)1,2,3
28.O’simlik to’qima va hujayralarini ularga xos bo’lgan xususiyatlari bilan
juftlang?
a)elaksimon nay b)asosiy to’qima c)po’kak to’qima d)kambiy e)epiderma
f)o’tkazuvchi nay
1)hujayralari yupqa, elastic; 2)hujayralari tirik, zich joylashgan, bir qavat;
3)hujayra qobig’I suberin moddasi bilan shimilgan 4)halqa shaklida
o’rnashgan; 5)deyarli bir xil, yupqa devorli hujayralardan iborat; 6)epiderma
ostidagi etli qavatda joylashgan; 7)barglarda hosil bo’lgan organic moddalarni
o’tkazadi
A)a-4,7; b-2,1; c-3; d-5; f-6 B)a-7; b-4; c-3; d-2; e-5; f-1
C)a-1,2; b-6; c-3; d-5; e-4 D)a-7; b-6,5; c-3; e-2; d-4,1
29.Ko’p miqdorda mineral o’g’itlar solingan yerda yetishtirilgan, tez
buziladigan va uni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin bo’lgan hosilni
ajratib ko’rsating? a)qovun b)uzum c)bodring d)tarvuz e)olma f)qulupnay
g)kartoshka h)pomidor i)sabzi
A)a,c,h B)b,f,i C)a,d,g D)c,g,h
30.Gul hosil qiladigan kurtaklar, odatda, barg hosil qiladigan kurtaklardan
yirikroq bo’lgan, parxesh yo’li bilan ko’payadigan o’simlik?
A)tok B)atirgul C)olxo’ri D)qoraqat
31.Qaysi javobda soxta kashtan o’simligiga tegishli ma’lumotlar to’g’ri
ko’rsatilgan? 1)barglari murakkab panjasimon 2)kurtaklari nisbatan mayda
3)lub tolalari rivojlanmagan 4)barglari murakkab patsimon 5)ildizpoyali
o’simlik 6)kurtaklari yirik 7)hayotiy shakli daraxt
A)3,4,6 B)1,6,7 C)2,5,7 D)1,4,6
32. Poyasi ko’tarilib o’suvchi o’simlik?
A)saksovul B)qo’ypechak C)sebarga D)qandim
33.Qipiqsimon bargli o’simliklarni aniqlang?
A)archa,dalachoy B)olma,yong’oq C)jiyda,do’lana D)saksovul,qandim
34.Yoyilib o’suvchi o’simlikni toping?
A)hilol B)temirtikan C)burchoq D)qulupnay
35.O’rmalovchi poyali o’simlik?
A)g’ozpanja B)zirako’t C)hilol D)burchoq
36. Palak otuvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklar guruhini aniqlang?
A)qulupnay, maymunjon, g’ozpanja B)g’ozpanja, qo’ypechak, bodring
C)olma, nok, tarvuz D)qovun, tarvuz, bodring
Tuzuvchi: Aminov Izzatbek Rustamovich