davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar
hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
21. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat
qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan
tasdiqlanadi.
22. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik
qonun hujjatlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyatiga
yuklanadi.
9
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 6-apreldagi
187-son qaroriga
3-ILOVA