Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish,
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki
rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish,
unga amal qilish.
A1+
suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikka doir masalalarni yecha olish.
1-mavzu: Kirish. O‘lkamiz tabiati. (1 soat, A1+: 2 soat)
Jonajon o‘lkamiz tabiati. Yozgi kuzatishlar. O‘simlik va hayvonlar hayotidagi
yozgi o‘zgarishlar.
1-BOB. YER – QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORA
(6 soat, A1+: 12 soat)
2-mavzu: Yulduzlar. Quyosh. (1 soat, A1+: 2 soat)
Yulduzli osmon. Quyosh – eng yaqin yulduz. Quyosh – Yerdagi hayot
manbai.
Do'stlaringiz bilan baham: |