132-mavzu. Sohiba kimdan xafa? Mahmud Murodov (1 soat).
Sohiba dugonasining tug‘ilgan kuniga g‘ijim kiyimida borishi. Onaning
so‘zini e’tiborga olmasligi. Saramjon-sarishta emasligi. Sochlariga e’tibor
bermasligi oqibatida do‘stlarining oldida uyalishi. Ongli va ifodali o‘qish.
133-mavzu. Mohir qo‘llar qo‘shig‘i. Tolib Yo‘ldosh (1 soat).
Maktab ustaxonasi. Qo‘lda randa, tesha bilan singan stol va stullarni mehnat
darsida ta’mirlashi. Mehnatsevar va chaqqonligi. Mavzu mazmuniga doir maqollar,
hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |