A1+
Mavzu. Uch o‘rtoq. Ertak (2 soat).
Haqiqiy do‘stlik. Qo‘y, xo‘roz va itning do‘stligi. “Nodon do‘stdan ziyrak
dushman yaxshi” maqolining ma’nosi. Ongli, tez va ifodali o‘qish. Ertak
mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
103-mavzu. Qarg‘a bilan tulki. Ivan Krilov (1 soat).
Masal haqida qisqa nazariy ma’lumot. Qarg‘a pishloq topishi. Ayyor
tulkining qarg‘ani maqtashi. Qarg‘aning maqtovlarga aldanishi. Pishloqdan
ayrilgan qarg‘a. Ramziy obrazlar orqali zukkolik, aqllilik, ayyorlik kabi sifatlar
talqini. Masal mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |