79-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
80-mavzu. Momaqaymoq. Quddus Muhammadiy (1 soat).
Bahor gullari va ularning go‘zalligi. Momaqaymoq. Tabiatdagi o‘zgarishlar
va gullar go‘zalligidan zavqlanish. Mavzuga doir topshiriq va topishmoqlar.
She’rni ifodali o‘qish.
81-mavzu. Karim chumolilarning tilini bilarkan. Hamid Jalolov (1 soat).
Bolalarning tabiat qo‘yniga sayohati. Tabiat manzarasi. Karim va
Nodiraning suhbati. Tabiat hodisalarining bog‘liqligi. “Karim chumolilarning tilini
bilar ekan” gapining tahlili. Tabiat hodisalariga doir maqol, topishmoq va tez
aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |