I bo‘lim. ONA YURTIM – OLTIN BESHIGIM
(21 soat, A1+: 10 soat)
1-mavzu. Vatanjonim – vatanim. Po‘lat Mo‘min (1 soat).
Ona yurtimiz O‘zbekiston ekanligi. Vatanning ona kabi ulug‘ligi. Shoirning
bu haqda yozgan she’rlari. She’rda Vatan tavsifi. Vatanni onaga o‘xshash jihatlari.
Vatan haqidagi maqollar. She’rni tushunilib, ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qish.
2-mavzu. Vatan (1 soat).
Vatan hamma xalqlar uchun birdek azizligi. Vatan atamasi. Vatanning
muqaddasligi. Vatanimizda yashab o‘tgan buyuk shoirlar, olimlar, mutafakkirlar.
O‘tmishda vatan uchun kurashgan, jon fido qilgan qahramonlar. Har bir kishining
vatan oldidagi burchi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |