48-mavzu. Kapalak. Mirmuhsin (1 soat).
Tabiatdagi barcha jonli va jonsiz mavjudotlarni asrash haqida matn mazmuni
bilan bog‘lab suhbatlashish. Topishmoqlar topish bahsi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez
o‘qish.
49-mavzu. Maslahat. Iskandar Rahmon (1 soat).
Kundalik hayotda uchraydigan voqea va hodisalarga munosabat.
Muammolar va ularning yechimi. Maqol, topishmoq va tez aytishlar bahsi. Ongli,
ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat).
50-mavzu. Taqsim. Abdulla Avloniy (1 soat).
Inson hayotida qanoatning ahamiyati. Ziqnalik, ochko‘zlikning oqibati.
Mavzuga oid hikmatli so‘zlar, maqollar bahsi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
51-mavzu. Xotira va qadr. Dilshod Rajab (1 soat).
Xotirasiz kelajak yo‘q. O‘tganlar yodi va uning ahamiyati. Maqol va tez
aytishlar musobaqasi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |