Mavzularni o‘rganish uchun – 106 soat
Nazorat ishlari uchun – 15 soat
Tahlil uchun – 15 soat
Nutq o‘stirish – A1 +: 34 soat
Husnixat uchun – A1+: 34 soat
Jami – 136 soat (A1 +:204 soat)
3-SINF
FONETIKA, GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH
(170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish;
televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish.
A1+
media manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
rasmli kitoblar, jurnallarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib
borish;
o‘zini nazorat qila olish;
kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.
A1+
mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib
borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |