Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

1/23


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH HAMDA SOHAGA

ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI KENG JORIY ETISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-

taomillarini  avtomatlashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  2020-yil  4-avgustdagi  PQ-4797-son

qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.  Quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  Kam  ta’minlangan  oilalarni  “Ijtimoiy  himoya  yagona  reyestri”  axborot

tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom

1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2021-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:

kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona

reyestr” AT) orqali aniqlash;

ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash shartlari;

ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish va uni ko‘rib chiqish hamda ularni to‘lash

tartibi;

ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam uchun to‘lovlarni moliyalashtirish tartibi.

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Mahalla  va  oilani  qo‘llab-quvvatlash  vazirligi  Axborot  texnologiyalari  va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar har

bir  mahallaning  ID  identifikatsiya  raqami  va  hududiy  chegarasi  ko‘rsatilgan  yagona  elektron  ma’lumotlar  bazasini

ishlab chiqib, joriy etsin va uning “Yagona reyestr” ATga integratsiya qilinishini ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

a) 2021-yil 1-aprelga qadar:

Prezident,  ijod  va  ixtisoslashtirilgan  maktablarni  rivojlantirish  agentligi,  tizimida  umumta’lim  tashkilotlari

mavjud  bo‘lgan  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  davlat  va  nodavlat  umumta’lim  tashkilotlarida  o‘quvchilar

bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va

uning “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;

Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  personallashtirish  markazi  bilan  birgalikda  ushbu  yagona  elektron

ma’lumotlar  bazasining  jismoniy  shaxsning  shaxsiy  identifikatsiya  raqami  (keyingi  o‘rinlarda  —  JShShIR)

ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanishini to‘liq yakunlasin;

Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  bilan  birgalikda  ota-onalik

huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan

(patronat) bolalar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin;

b) 2021-yil 1-apreldan:

Adliya  vazirligi  huzuridagi  Davlat  xizmatlari  agentligining  “FHDYning  yagona  elektron  arxivi”  axborot

tizimiga  vasiylikka  va  homiylikka  olingan  bolalar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  idoralararo  elektron  ma’lumotlar

almashinuvi orqali taqdim etishni ta’minlasin;

davlat va nodavlat umumta’lim tashkilotlariga o‘quvchini o‘qishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar

(o‘qishga qabul qilish, sinfdan sinfga o‘tkazish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishni tugatish va boshqalar) tegishli buyruqlar

va boshqa hujjatlar faqat yagona elektron ma’lumotlar bazasida shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentiga 2021-yil 1-

apreldan  boshlab  ota-onalik  huquqidan  mahrum  etilgan  ota-onalar  va  ularning  bolalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar

Adliya  vazirligi  huzuridagi  Davlat  xizmatlari  agentligining  “FHDYning  yagona  elektron  arxivi”  axborot  tizimiga

idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali taqdim etilishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar:

tizimida  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari  mavjud  bo‘lgan  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  davlat  va

nodavlat  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  tarbiyalanuvchilar  bo‘yicha  tegishli  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladigan



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

2/23


yagona  elektron  axborot  tizimini  ishlab  chiqib,  joriy  etsin  hamda  uning  “Yagona  reyestr”  AT  bilan  integratsiya

qilinishini ta’minlasin;

ushbu  tizimga  davlat,  nodavlat  va  davlat-xususiy  sheriklik  asosida  tashkil  etilgan  maktabgacha  ta’lim

tashkilotlari tomonidan ma’lumotlar doimiy ravishda kiritib borilishini ta’minlasin;

Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  personallashtirish  markazi  va  Adliya  vazirligi  huzuridagi  Davlat

xizmatlari  agentligi  bilan  birgalikda  ushbu  yagona  elektron  axborot  tizimini  JShShIR  ma’lumotlar  bazasi  bilan

bog‘lanishini ta’minlasin.

6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  tizimida  oliy  ta’lim  tashkilotlari,  kasb-

hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

2021-yil 1-aprelga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy

ta’lim  tashkilotlari,  kasb-hunar  maktablari,  kollejlar,  texnikumlar,  akademik  litseylarning  talaba  (o‘quvchi)lari

to‘g‘risida  hamda  ularning  o‘qish  jarayoniga  tegishli  boshqa  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladigan  yagona  elektron

ma’lumotlar  bazasining  shakllantirilishini  yakunlasin  va  “Yagona  reyestr”  AT  bilan  integratsiya  qilinishini

ta’minlasin;

2021-yil  1-apreldan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasidagi  davlat,  nodavlat  va  xorijiy  oliy  ta’lim

tashkilotlari,  kasb-hunar  maktablari,  kollejlar,  texnikumlar,  akademik  litseylarning  talaba  (o‘quvchi)larini  o‘qishga

qabul  qilishdan  boshlab  ta’lim  tashkilotini  bitirguniga  qadar  (o‘qishga  qabul  qilish,  o‘qishni  ko‘chirish,  akademik

ta’til  berish,  talabalar  safidan  chiqarish  va  boshqalar)  ushbu  ta’lim  tashkilotlarining  tegishli  buyruqlari  va  boshqa

hujjatlari faqat yagona elektron ma’lumotlar bazasida shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim

vazirligi,  Prezident,  ijod  va  ixtisoslashtirilgan  maktablarni  rivojlantirish  agentligi  2021-yil  1-aprelga  qadar  o‘z

axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlasin.

8.  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  personallashtirish  markazi  Ichki  ishlar  vazirligi  bilan  birgalikda

2021-yil 1-aprelga qadar barcha jismoniy shaxslarga JShShIR biriktirilishini hamda ushbu ma’lumotlarning Davlat

soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishini to‘liq yakunlasin.

9.  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  2021-yil  1-aprelga  qadar  jismoniy  shaxslarning

avtotransport vositalarini sozligi yoki nosozligi bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va

“Yagona reyestr” AT axborot tizimi bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.

10.  “Ijtimoiy  himoya  yagona  reyestri”  axborot  tizimidagi  idoralararo  elektron  o‘zaro  axborot  almashinuvi

doirasidagi ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Quyidagilar:

a)  “Yagona  reyestr”  AT  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  YUNISEFning  O‘zbekistondagi

Vakolatxonasi qo‘shma ish rejasi asosida YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan berilgan grantlar

hamda  Jahon  bankining  kreditlari,  shuningdek,  ularning  texnik  va  ekspert  jihatidan  qo‘llab-quvvatlashi  hisobidan

ishlab chiqilishi va joriy etilishi;

b)  “Yagona  reyestr”  ATni  ishlab  chiqish  uchun  YUNISEFning  O‘zbekistondagi  Vakolatxonasi  tomonidan

“Development Pathways” ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan shartnoma tuzilganligi;

v)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Koronavirus  pandemiyasi  davrida  ijtimoiy  himoyaga  va

yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-

yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil sentyabr — dekabr va 2021-yil yanvar

oylarida  mehnatga  layoqatli  ishsiz  a’zosi  mavjud  bo‘lganligi  sababli  ijtimoiy  nafaqa  va  moddiy  yordam  tayinlash

bo‘yicha  rad  etilgan  murojaatlar  avval  taqdim  etilgan  arizalar  asosida  oila  a’zosini  tomorqa  yer  va/yoki  dehqon

xo‘jaligini yuritish va boshqa ish bilan band bo‘lganligini avtomatik ravishda belgilash orqali qayta ko‘rib chiqilib,

ularga  ijtimoiy  nafaqa  va  moddiy  yordam  tayinlanganligi,  shuningdek,  bola  ikki  yoshga  to‘lgunga  qadar  bola

parvarishi bo‘yicha nafaqa olishga taqdim etilgan arizalar 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashga

o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:

“Yagona  reyestr”  ATni  “Development  Pathways”  ixtisoslashtirilgan  xalqaro  kompaniyadan  2021-yilning

yakuniga  qadar  bosqichma-bosqich  beg‘araz  qabul  qilib  olish,  keyinchalik  uning  texnik  jihatdan  faoliyatini



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

3/23


ta’minlash va doimiy takomillashtirib borish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-

hisoblash markazi tomonidan amalga oshirilishi;

“Yagona  reyestr”  AT  imkoniyatlarini  metodik  jihatdan  doimiy  ravishda  takomillashtirib  borish  ishlari

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi

(keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, “Yagona reyestr” AT belgilangan tartibda to‘liq qabul qilingandan so‘ng Pensiya jamg‘armasi

uning egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi.

13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Iqtisodiy  taraqqiyot  va  kambag‘allikni  qisqartirish  vazirligi  bilan  birgalikda  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy

yordam  oluvchi  oilalarning  ijtimoiy-iqtisodiy  holatini  “Yagona  reyestr”  AT  orqali  muntazam  ravishda  tahlil  qilsin,

zarur  hollarda,  oilalarni  kam  ta’minlangan  deb  e’tirof  etish  mezonlarini  qayta  ko‘rib  chiqish  va  ularga  o‘zgartirish

kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;

ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy  yordam  oluvchi  oilalarning  ijtimoiy-iqtisodiy  holati  bo‘yicha  hududlar  va

tuman  (shahar)lar  kesimidagi  tahlillar  asosida  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy  yordam  uchun  ajratiladigan  budjet

mablag‘larini hududlar va tuman (shahar) mahalliy budjetlari kesimida rejalashtirish mexanizmini takomillashtirsin.

14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Sirdaryo viloyatining

kam  ta’minlangan  oilalariga  “Ijtimoiy  himoya  yagona  reyestri”  axborot  tizimi  orqali  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy

yordam  tayinlash  va  to‘lash  tartibi  to‘g‘risidagi  vaqtinchalik  nizomning  48-bandidagi  “2020-yil  1-oktabrgacha”

so‘zlari “2021-yil 1-aprelgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.

15.  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  3-ilovaga  muvofiq  ayrim  qarorlari  2021-yil  1-apreldan

e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

16.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  moliya-

iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni

qisqartirish  vaziri  J.A.  Qo‘chqorov  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  moliya  vaziri  T.A.  Ishmetov  zimmasiga

yuklansin.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish