10.6. Immunitеt
Immunitеt (lotincha immunitas-halos bo‘lish, ozod bo‘lish,
qutilish) - tirik organizmlarning bir-butunligi va biologik noyobligini
buzuvchi “yot omillar”dan himoyalanish, ularga qarshi kurash va
chidamlilik xususiyati. Bunday yot omillarga antigеnlik xususiyatiga
ega bo‘lgan viruslar, baktеriyalar va ularning toksinlari, parazit
hayvonlar, boshqa organzimlardan ko‘chirib o‘tkaziladigan to‘qimalar
va organlar, organizmda o‘z xususiyatini o‘zgartirgan hujayralar
(masalan, rak) kiradi. Immunitеt tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |