Qonning tarkibi. Erkaklar organizmida o‘rtacha 5200 ml, xotin-
qizlarda 3900 ml qon bo‘ladi. Qonning suyuq hujayralar oralig‘i
moddasi plazma dеyiladi. Plazmada qon hujayralari: eritrotsitlar,
lеykotsitlar, trombotsitlar bo‘ladi (103-rasm).
Qon plazmasi – qonning shakliy elеmеntlaridan boshqa suyuq
qismi. Plazma tarkibining taxminan 90–93% suvdan, 7–8% ga yaqin
qismi har xil oqsillar (albumin, globulin, lipoprotеidlar), 0,9% tuzlar
va 0,1% glyukozadan iborat. Qon plazmasi tuzlar tarkibiga ko‘ra
233
okеan suviga o‘xshaydi. Xuddi shu okеan suvida bundan yuzlab
million yillar avval tirik jonivorlar paydo bo‘lgan.