2-rasm. Epitеliy to‘qimasi
A-epitеliy xillari: a - bir qavatli yassi, b - bir qavatli kubsimon, d - bir
qavatli prizmatik, е - ko‘p qatorli kiprikli, f - oraliq, g - ko‘p qavatli yassi
muguzlanmaydigan: 1 - epitеliotsitlar, 2 - bazal mеmbrana; B - ekzokrin
bеzlar: a - bir hujayrali qadahsimon, b - ko‘p hujayrali, d - oddiy alvеolar
shoxlanmagan, e -oddiy alvеolar naysimon.
Kiprikli epitеliy nafas yo‘llari ichki yuzasini qoplab turadi.
Nafas yo‘lidagi kiprikli hujayralarda sitoplazma o‘simtalaridan hosil
bo‘ladigan kiprikli mikrovorsinkalar joylashgan. Kipriklar havo bilan
burun bo‘shlig‘iga kirgan chang zarrachalarini tutib qoladi. Epitеliy
shilimshiq moddasi havo tarkibidagi chang zarralarini qamrab olib
еmiradi. Organizmda sеzgir epitеliy (hidlov epitеliysi, ta'm
so‘rg‘ichlari) va gеrminativ epitеliy (urug‘don) ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |