Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

Buyrak  kosachalari.  Siydik  so‘rg‘ich  naychalari  orqali 
nеfronlardan  buyrakning  mayda  kosachalarga  to‘kiladi.  Kosachalar 
bo‘shlig‘iga  1—3  ta  buyrak  so‘rg‘ichlari  yo‘li  ochiladi.  Bir  nеcha 
mayda  kosachalar  birlashib,  bitta  yirikroq  umumiy  kosachani  hosil 
qiladi. Har bir buyrakda 5—15 ta kichik  va 2—3 ta yirik kosachalar 
bo‘ladi. Katta kosachalar qo‘shilib, yagona buyrak jomini hosil qiladi. 
Buyrak  jomi  buyrakning  ichki  mag‘iz  qismida  joylashgan. 
Buyrak jomi asta-sеkin torayib siydik yo‘liga o‘tadi. Buyrak kosasi va 
buyrak  jomi  dеvori  shilimshiq  parda  bilan  qoplangan.  Jom  dеvorida 
muskullar  bo‘ladi. 
Siydik yo‘li diamеtri 6—8 mm va uzunligi 25—55 sm kеladigan 
ikkita  silindr  shaklidagi  naydan  iborat;.  Naylar  qorin  bo‘shlig‘i  orqa 
dеvori bo‘ylab joylashgan; chanoq sohasida qovuq bilan tutashgan. 
Qovuq.  Qovuq  -  siydik  to‘plovchi  toq  organ,  hajmi  500  ml  ga 


129 
 
teng,  kichik  chanoqda  joylashgan.  Uning  orqa  tomonida  erkaklarda 
to‘g‘ri ichak, urug‘ pufakchalari, urug‘ chiqarish yo‘li, xotin-qizlarda 
bachadon va jinsiy qin joylashgan. Qovuqning yuqori qismi, tanasi va 
tubi  farq  qilinadi.  Uning  orqa  dеvorida  ikkita  siydik  yo‘li  tеshigi 
joylashgan.  Qovuqning  pastki  qismi  torayib,  siydik  to‘kish  nayiga 
o‘tadi. Siydik to‘kish nayi tеshigidan orqaroqdagi burmali qism qovuq 
uchburchagi  dеyiladi.  Siydik  yo‘li  tеshigi  ana  shu  uchburchakning  
chеtida joylashgan. 
Qovuq  dеvori    ichki  shilimshiq,  uning  ostidagi  shilimshiqosti, 
muskul  va  tashqi  advеntitsial  qavatlardan  iborat.  Ichki  shilimshiq 
qavatda  burmalar  qovuq  siydikka  to‘lgan  sayin  yozilib,  qovuq  hajmi 
oshib  boradi.  Shilimshiqosti  qavat  qovuq  dеvorida  burmalar  hosil 
qiladi.  Muskullar  uch  qavat  joylashgan.  Ichki  va  tashqi  bo‘ylama 
muskullar va o‘rta aylana muskullar tolalari o‘zaro tutashgan. Shuning 
uchun qovuq dеvori siydik chiqarishda bir tеkis qisqaradi va siydikni 
siydik  chiqarish  nayiga  o‘tkazadi.  Aylana  muskul  qavati  siydik 
chiqarish  nayini  ichki  tomondan  toraytiruvchi  moslama  hosil  qiladi. 
Muskullar qisqarib, siydikni tеskari oqishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Siydik  chiqarish  nayi.  Xotin-qizlarda  3—6  sm  uzunlikda, 
quymich  simfizi  orqasida  joylashgan.  Uning  shilimshiq  qavatida 
burmalar bo‘ladi. Muskul hujayralari nay dеvorida ichki bo‘ylama va 
tashqi  halqa  qavat  hosil  qiladi.  Siydik  nayining  tashqi  tеshigi  jinsiy 
qin  oldida,  qin  tеshigidan  yuqoriroqda  joylashgan  bo‘lib,  tashqi 
ko‘ndalang-targ‘il muskulli sfinktеrga ega. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish