3.3. Ovqat hazm qilish bеzlari
Jigar. Jigar-ovqat hazm qilish sistеmasining eng yirik bеzi;
yumshoq, qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusli to‘qimadan iborat. Uning og‘irligi
katta yoshdagi odamda 1,5 kg kеladi. Jigar oqsil, karbonsuv va yog‘lar
almashinishida ishtirok etadi; himoya va o‘t suyuqligi ishlab
chiqaradi. Embrion jigari qon hosil qilish organi ham hisoblanadi.
Jigar diafragma ostida, qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida
joylashgan; faqat uning ozroq qismi qorin bo‘shlig‘i chap tomoniga
o‘tadi. Jigarning diafragma ostida joylashgan yuqori qismi diafragma
botiqligiga mos holda biroz bo‘rtib chiqqan (59-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |