476
• Bachadonda bola suv ichida bo‘ladi. Shu qog‘onoq suvini o‘rab
turgan parda, odatda tug‘ruq davri boshlangandan so‘ng yorilib, ko‘p
suyuqlik oqib chiqadi. Agar suv to‘lg‘oqdan oldin chiqib ketsa, bu odatda
tug‘ruqning boshlanganini bildiradi. Suvlar chiqib ketganidan so‘ng, ona
juda toza tutilishi kerak. Yurish tug‘ruqni tezlashtirishi mumkin. Infeksi-
yaning oldini olish uchun, suvli vannaga tushmang va qinni chayishdan
saqlaning. Agar suv chiqib ketganda siz tug‘ruqxonada bo‘lmasangiz,
darhol ayolni kasalxonaga olib borishingiz kerak.
TUG‘RUQ DAVRLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |