Agar siz doya bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi onalarlarni tug‘ruqdan oldingi
tekshiruvlarga taklif qilishingiz yoki o‘zingiz ularning oldilariga borishingiz
muhimdir. Ularni homiladorlikning birinchi 6 oyida har oyda, 7-8- oy-
ida bir oyda 2 marta va oxirgi oyida esa, har hafta tekshirib turish
zarur.
Bu tekshiruvlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.Ma’lumotlar berish.
Onalardan ularning ehtiyojlari va muammolari haqida so‘rang.
Uning ilgari necha marta homilador bo‘lgani, oxirgi marta qachon bola
ko‘rgani, homiladorligi yoki tug‘ruq vaqtlarida qanday asoratlar ro‘y ber-
ganini bilib oling. Ayolning o‘zi va bolasi sog‘lom bo‘lishi uchun qanday
yo‘l tutish kerakligini unga so‘zlab bering, chunonchi:
♦ To‘g‘ri ovqatlanish kerak. Uni to‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek
oqsil, vitamin, temir va kalsiylardan ko‘proq iste’mol qilishga undang (11-
bob).
♦ Ozodalikka (12-bob va 450-bet) chaqiring.
♦ Dorilarni ozroq ichish yoki umuman ichmaslik (polivitamin,
Do'stlaringiz bilan baham: |