Ko‘krak uchining yorilishi yoki og‘rishi
Bu hodisalar bolaning emayotganida, ko‘krak uchining hammasini
og‘ziga solmasdan, uni tishlayverishi natijasida ro‘y beradi.
Davolash:
Ko‘krak og‘risa ham bolani emizish
muhim. Ko‘krak uchi og‘rishining oldini
olish uchun chaqaloqni u xohlaganicha
tez-tez emizing. Bola ko‘krakning ko‘proq
qismini ham og‘ziga olganiga e’tibor ber-
ing. Har safargi emizishda bola holatini
almashtirish ham foydalidir.
Agar ko‘krakning faqat bittasigina og‘risa, bola oldin sog‘lomini,
so‘ng og‘riyotganidan emsin. Bola emib bo‘lganidan so‘ng ko‘krakni biroz
sog‘ib, og‘riyotgan uchi artofi ga sut surting. Ko‘krakni berkitishdan av-
val sutni quriting. Sut ko‘krak uchining tuzalishiga yordam beradi. Agar
ko‘krakdan qon yoki yiring oqsa, uni tuzalgunga qadar sog‘ib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |