A d a b i yo t 50-80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi.
Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur
qidirib» va «Quyosh qoraymas», Sh.Rashidovning «Qudratli to’lqin»,
Shuhratning «Shinelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O.Yoqubovning «El
boshiga ish tushsa», H.G’ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi.
Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi
«Oltin vodiydan shabadalar »(Oybek ), «Qo’shchinor chiroqlari» va «Sinchalak»
(A.Qahhor), «G’oliblar» va «Bo’rondan kuchli» (Sh.Rashidov), «Ixlos»
(I.Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning
«O’qituvchi» romani qishloq ziyolilari faoliyatini ochib berdi .
Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O.Yoqubovning
«Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondashlarimizning
ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettirildi. Rahmat Fayziyning «Hazrati
inson», O’.Umarbekovning «Odam bo’lish qiyin», O’.Hoshimovning «Nur borki,
soya bor» romanlarida odob-axloq masalalari yoritildi.
O’zbek she’riyatining 60-80-yillardagi tarqqiyoti A.Oripov, E.Vohidov,
Sayyor, N.Nazrullaev, B. Boyqobilov, E. Oxunova, O.Hojieva,
H.Hudoyberdieva, O.Matjon va boshqa ko’plab shoirlarning ijodiy kamoloti
bilan bog’liq holda kechdi. Uyg’unning «Abu Rayhon Beruniy», O.Yoqubovning
255
«Ulug’bek xazinasi»,M.Shayhzodaning «Mirzo Ulug’bek» kabi tarixiy
mavzudagi asarlari yaratildi.
S a n ‘ a t O’bekistonda teatr va musiqa san’ati bir muncha o’sdi. Hamza
nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Tsezar», Uyg’unning
«Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so’zana», N.Hikmatning «Sevgi
afsonasi», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi .
O’zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat
ko’rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O’zbek davlat orkestri repertuaridan 1300ga
yaqin asarlar o’rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal» xoreografik ansabllari
ham o’zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar.
«Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg’u ansambllari jamoalarining
kontsertlari xalqqa manzur bo’ldi.
O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg’ur, E.Bobojonov,
A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho’jaev, A.Bakirov,
S.Eshonto’raeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamraev, Z.Muhammadjonov,
B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san’atkorlar
salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’ati dovrug’ini baland ko’targan
H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova
nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.
1946-1985 yillar O’zbekiston kino san’atining yuksalish yillari bo’ldi.
N.G’aniev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo’ja Nasriddinning
sarguzashtlari», «Farg’ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo’ldi.
60-70-yillarda o’zbek kino san’atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar
kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroev, R.Botirov, E.Eshmuhammedov,
H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap»
(1961), «Sen etim emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu
Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroevning «Shidddat»(1971), R.Botirovning
«Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va
«Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu
izlanishlari tasvirlangan.
Tasviriy san’at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O’.Tansiqboevlar devoriy
rasmlar, mozaika va manzara janri bo’yicha, V.E.Kaydalov va M.Nabievlar
portret janri bo’yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va
arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta’mirlash,
naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi.
Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o’ymakorligi,
Q.Haydarov va O.Fayzullaev rahbarligida yog’och o’ymakorligi bilan bezatildi.
O’zbek tsirk ustalari - Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo’jaevlar,
Madalievlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning
chiqishlari, nafaqat O’zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham
muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
256
Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-1985 yillarda
muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i,
aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxasislar, ijodiy ziyolilar
darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa
asarlari yaratildi, ma’naviy hayotda iste’dodli yoshlar o’rin olib bordi.
3. Ma’naviy hayot sohalaridagi mafkuraviy cheklashlar, byurokratik
holatlarning avj oldirilishi va uning oqibatlari
Ikkinchi jahon urushidan keyingi O’zbekistonning ma’naviy-madaniy
hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining
bosimi tobora kuchayib borganligiga amin bo’lamiz. Negaki, kommunistik
mafkura butun choralar bilan jamiyat ma’naviy hayotini o’z domiga tortishga,
fuqarolarning ongi, dunyoqarashini o’z g’oyalari, qarashlari ruhida tarkib
toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida
yoxud adabiyot va san’atda birdek namoyon bo’ldi.
Kompartiya va sovet hukumati O’zbekistonda go’yo xalq ta’limi tizimini
rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot bilan bog’lash
bahonasi bilan haqiqatda bu sohaning asl mazmun, mohiyatini mafkuralashtirish
yo’lini tutdi. O’sha davrda xalq ta’limi tizimining hukmron Markaz inon-
ixtiyorida bo’lganligini Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o’quv jarayonining
barcha bo’g’inlariga taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo’llanmalar va
boshqa o’quv jihozlari ham to’liq tasdiq etadi. Sovet mutasaddilari nima
sababdan bu muhim sohani o’z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko’zlagan
maqsadlari ma’lumdir. Shu bois Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek, «Eski
qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski
mafkuradan xalos bo’lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga
o’rgatolmaymiz, axir».
Ayniqsa kadrlar tayyorlash sifati past edi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda,
ko’pchilik xaqiqiy bilim olish yoki malaka ortirish maqsadida emas, amal-taqal qilib
diplomli bo’lib olish ilinjida oliy o’quv yurtlariga kirardi.
Buning ustiga o’quv yurtlariga kirgan talabalar, aytaylik, chinakam milliy ruhda
chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan mahrum etilgandi. Negaki, bu ta’lim tizimi
o’z mohiyati e’tibori bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi bilan yo’g’rilgan edi. U
davrda yaratilgan barcha o’quv dasturlari, ta’lim andozalari, qo’lanmalar, darsliklar va
boshqa o’quv jihozlari mana sha ruhda tayyorlanardi.
Markazda bir guruh «bilog’on» mutaxassislar tayyorlagan, milliy huddudlar, u erda
yashovchi odamlarning o’ziga xos hususiyatlari, milliy o’zliklari, hayotiy tajribalari,
an’analarini mutlaqo inkor etgan o’quv dasturlari, ta’lim hujjatlari butun SSSRdagi
maktablar, o’quv yurtlariga to’g’ridan-to’g’ri majbur etilardi.
Shuningdek, o’quv yurtlarining o’quv rejalari va dasturlari turli sabablar
orqasida 60-70 yillarda uch marta o’zgartirildi. Har safar o’qitiladigan fanlar
yangilari hisobiga ko’payib, o’quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning
257
mustaqil o’qib, o’rganishlariga ajratiladigan vaqt esa tobora kamayib bordi.
Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo’jalik ishlariga surunkali jalb etilishi ham
o’quv jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
O’quv yurtlarida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug’chilik, oshna-
og’aynigarchilik, poraxo’rlik, tamagirlik singari xavfli illatlarning ildiz otishi
hollari ham bu tizim obro’siga jiddiy putur etkazdi. Ayniqsa bundan kadrlar
tayyorlash sifati sezilarli zarar ko’rdi.
Ayni chog’da hukmron tuzum tazyiqi ilm-fan sohasini ham chetlab
o’tmadi. Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida faoliyat ko’rsatuvchi
ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ko’p sonli iqtidorli, salohiyatli
ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va uning keng tarmoq otgan ilmiy
markazi tasarrufiga bo’ysundirilgandi. Bu kuchlar sobiq tuzum mutasaddilari
buyurtmasini bajarib, ko’p zamonlar milliy respublikalarda ilmu fan ravnaqiga,
uning zahmatkash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e’tirof topishiga to’sqinlik
qilardilar. Buning natijasida olimlarimizning ko’p yillik izlanishlari mahsuli
bo’lgan qancha-qanchalab noyob kashfiyotlar, ixtirolar hayot yuzini ko’rmay,
amaliyotga tatbiq etilmay qolaverardi. Buning ustiga ilm-fanda katta kashfiyotlar
qilgan, o’z maktabini yaratgan respublikaning ne-ne mashhur allomalari ham
sovet fanining bosh markazi – SSSR Fanlari Akademiyasi nazar-e’tiboridan
chetda qolaverdi. Sovet hukmronligining butun 70 yillik davri davomida sobiq
SSSR FA tarkibiga O.Sodiqov, H.Abdullaev, S.Yunusov, E.Yusupov singari
barmoq bilan sanarli o’zbek olimlaringgina a’zo bo’lib saylanganligi fakti ham
bunga jonli misol bo’la oladi.
Hukmron sovet mafkurasi tazyiqi va iskanjasi ta’siridan respublikaning
adabiy va madaniy jarayoni jabhasi ham chetda qolmagan, albatta. O’zbek
adabiyoti o’zining buyuk istiqlol sari asta-sekin ilgarilab borishi davomida tez
o’zgaruvchan tarixiy jarayonlarning kutilmagan ne-ne sinovlariga, hukmron
tuzumning zarbalariga duch kelganligi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan o’zbek
ijodkorlari faoliyatiga baho beradigan bo’lsak, so’z sa’natkorlari vaziyat taqozosi
bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi talablari va yo’l-yo’riqlarini
bajarishga majbur etildilar. Shu bois ular sinfiylik, partiyaviylikka, marksizm-
leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod qildilar. Ijod erkinligining bunday
cheklanganligi, tabiiyki, ijod ahlining emin-erkin faoliyat yuritishiga halaqit
berar, ko’plab muhim ijtimoiy masalalarni haqqoniy, to’laqonli yoritishdan
mahrum etardi. Shunday tarzda ijod etishga majbur bo’lishlik ko’plab shoiru
adiblar uchun o’sha zamonda qismat bo’lgan.
Hukmron tuzum mafkurasining kuchli bosimi san’at asarlari va ularning
ijodkorlari faoliyatida ham o’z yaqqol ifodasini topmay qolmadi.
Xo’sh, sovet davrida yaratilgan asarlarda qanday g’oyalar, tushunchalar
ko’proq o’rin olgan edi?
Agar bunga xolis javob beradigan bo’lsak, ularning ko’pchiligida sobiq
tuzumni ulug’lash, sotsialistik jamiyat afzalliklarini, uning «yangi zamon
258
kishilari» uchun ochib bergan «mislsiz» imkoniyatlarini ko’klarga ko’tarib
maqtash ohanglari «ufurib» turadi. Bu hol amaliy, tasviriy san’at yoxud
monumental san’at asarlariga ham birdek xosdir.
Chunonchi, sovet hokimiyati davrida O’zbekistonda yaratilgan mahobatli
haykallarning asosiy qismi «Inqilob yo’lboshchisi» - Leninga bag’ishlanganligi
aniqdir. Shuningdek, Lenin va kompartiya mavzularini keng rejada yoritish va
ulug’lash respublikada ishlangan va ekranlarga chiqarilgan behisob
kinofilmlarning bosh mazmuni,mohiyatini tashkil etgani faktdir. Bunday filmlar
sirasiga «Inqilob tongi», «Inqilob chavandozlari», «Yo’lchi yulduz», «Lenin
yo’llanmasi bilan», «Olovli yo’llar» singari kino mahsulotlarini nisbat berish
mumkin. Ularning bosh qahramonlari, «harakatlantiruvchi» kuchlari
hamishagidek Lenin va uning yaqin safdoshlari, komfirqa rahnomalari edi.
Bordiyu bu asarlarga asosiy qahramon etib mahalliy inqilobchi yohud ilg’or
mehnat kishisi olingan taqdirda ham voqealarning o’sishi, rivoji davomida uning
faoliyati «ulug’ og’alar» g’oyaviy-tarbiyaviy ta’sirida ularga qorishib, singishib,
sezilarsiz holga kelib qolardi. Sovetlar mamlakatida shakllantirilgan qudratli
mafkuraviy vositalar - radio, televidenie, matbuot va boshqa ommaviy axborot
kanallari to’lig’icha hukmron tuzum minbariga aylantirilib, ular vositasida xalq
ommasining ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zabt etish uchun tom ma’noda
informatsion kurash olib borilgan.
Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o’zbek zaminida qilgan qabohati,
qoldirgan asorati yana shundaki, namoyon bo’ladiki, ular xalqimizning ming
yilliklar qa’riga borib tutashuvchi bebaho ma’naviy qadriyatlari, umrboqiy
udumlari va an’analarini yo’q qilish uning imoni, e’tiqodini suslashtirish va
barham toptirishga zo’r berib harakat etdilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini
hukmron tuzumning har qanday topshirig’ini so’zsiz passiv, loqayd, manqurt
kishilarga aylantirishga umid bog’lagan edilar. Ayniqsa bunday xatti-harakatlar
totalitar tuzum o’zining so’nggi nafasini kechirayotgan 80-yillarning ikkinchi
yarmida avj oldirilganligi faktdir. Ma’naviyatimiz dushmanlari hatto xalqimiz
asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan milliy bayramimiz – «Navro’z»ni ham
tortib olish payida bo’ldilar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib etildi.
Shunga qaramay iymon-e’tiqodi but, buyuk ajdodlar udumlariga sodiq o’zbek
xalqi o’z Navro’zini xoh oshkora, xoh pinxona bo’lsin, baholi qudrat nishonlash,
u bilan bog’liq xayrli marosimlarni o’tkazishda davom etdi va bu orqali yorug’,
dorilamon zamonlar kelishiga umidvorlik tuyg’usi bilan intiqib yashadi.
Nihoyat, Mustaqillik davri kelib boshqa bebaho milliy qadriyatlarimiz
qatorida Navro’zimiz ham o’z munosib maqomiga ega bo’ldi va xalqimizning
eng sevimli bayrami sifatida o’tkaziladigan bo’ldi.
Xullas, o’zbek xalqi totalitar tuzumning barcha makkorona nayranglari,
zug’umiga dosh berib, o’z boshiga tushgan og’ir sinov-sinoatlarni mardonavor
engib, oxir-oqibatda g’olib chiqdi. Uning tabiatan bardoshligi, e’tiqodida
sobitligi, ma’naviy, islomiy qadriyatlarga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi,
qolaversa, buyuk bobokolonlarimiz ma’naviy sarchashmalaridan to’yinganligi –
259
bular hukmron tuzum zulmkorlarining har qanday nayrangu urinishlaridan ustun
keldi.
Sinov savollari
1.
Sovetlarning «Madaniy inqilob» g’oyasining asl maqsad, muddaosi
nimada edi?
2.
Ular O’zbekistonda xalq ta’limini rivojlantirishga qanday nuqtai
nazardan yondashdilar?
3.
Respublikada Oliy va o’rta maxsus ta’limni shakllantirish va
rivojlantirish zaruriyatini qanday sabablar va omillar taqozo etgandi?
4.
Oliy ta’lim muammolari nimalarda aks etgan edi?
5.
O’zbekistonda ilm-fan rivoji qay tarzda kechgan?
6.
30-yillarda etishib chiqqan taniqli olimlardan kimlarni bilasiz?
7.
O’zbekistonda «Ґujum» harakati mavsumini o’tkazishdan ko’zlangan
maqsad nima edi?
8.
20-yillarda respublikada «Ґujum» harakatini amalga oshirish uchun
etarli ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar bormidi?
9.
«Hujum» harakati qanday oqibatlarni yuzaga keltirdi?
10. «Hujum» harakati o’zbek xotin-qizlari hayotiga qanday o’zgarishlar
olib kirdi va qanaqa salbiy oqibatlarga sabab bo’ldi?
11. Nima sababdan O’zbekistonda din va dindorlarga qarshi hujumkor
kurash avj oldirildi?
12. 30-yillarda madaniy hayotda yuz bergan eng muhim voqealardan qaysi
birlarini aytib bera olasiz?
13. O’zbek adabiyoti va san’atining shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga
munosabatingiz?
14. Mashhur adiblar va san’atkorlardan kimlarni bilasiz?
15. Urushdan keyingi respublika ta’lim tizimining ahvoli qanday kechdi?
16. Urushdan keyingi davrda O’zbekiston ilm-fanining rivoji va
muammolari haqida taassurotlaringiz?
17. O’zbek adabiyoti va san’ati riovjlanishining o’ziga xos murakkab,
ziddiyatli jarayonlariga sizning munosabatingiz?
18. Respublika ma’naviy hayoti jabhalariga Markazning zo’ravonlik ta’siri
va tazyiqi qay tarzda kuchayib bordi?
260
XIII BOB. MUSTABID SOVET TUZUMINING O’ZBEKISTONDAGI
QATAG’ONCHILIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI
Tayanch so’z va iboralar: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo’lish. «18-lar
guruhi». «Inog’omovchilar». «Qosimovchilar». Ziyolilar qatag’onligi. Diniy
ta’qiblar. Qatag’onlikning yangi to’lqini. Fan va madaniyatga bosim.
1. Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi.
Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi
Totalitar rejimining qaror topishi XX asrning 20 – yillari ikkinchi yarimlariga kelib
sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish
hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib
borgan I. V. Stalin asta - sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun choralar bilan
qaror toptirish harakatida bo’ldi. Shu maqsadga erishish yo’lida u o’z atrofiga bir guruh
hushomadgo’y, labbaychi rahbar kadrlarni to’plab, ularni ishga solib, partiyaning ko’plab
tajribali, inqilobiy kurashlarda jarayonida toblangan, g’oyaviy va siyosiy jihatdan etuk,
nufuzli arboblarini obro’sizlantirishga intildi. 20-yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga
kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim
masalasida sog’lom, xolis fikr bildirgan kadrlarni egallab turgan yuqori vazifalaridan
chetlattirib borildi. Stalin o’z yo’liga g’ov bo’lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni
tor - mor etish, o’z shaxsiy hokimiyati rejimini qaror toptirib borishda V.M.Molotov,
K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari
xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar,
yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo’r
berib ko’klarga ko’tarib maqtash, madh qilishga yo’naltirildi.
20-yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari
surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham
shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g’oya butun mamlakat uchun halokatli
oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir
masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib bordilar. O’z davrida kompartiya
va sovet hokimiyati rahbariyatining o’zak – negizini tashqil etgan Trotskiy, Buxarin,
Kamenov, Zinovev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh
vaqillari sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik qatag’onlik domiga
duchor etildilar.
Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917 yildan boshlab shakllanana boshlagan totalitar
siyosiy rejim 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida to’liq qaror topdi. Totalitar
rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat:
¾ ko’ppartiyaviylik tugatiladi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlkatda yagona
hukmron partiyaga aylanadi, uning qarorlari, ko’rsatmalari barcha hokimiyat
organlari tomonidan so’zsiz bajarilishi majburiy bo’ladi;
¾ davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida
amalga oshiriladi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo’g’irchoq bo’lib qoladi;
261
¾ ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo’rovonlik asosda
tartibga solinadi, xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy
erkinligi tugatiladi, rejali iqtisodiyot qaror topadi;
¾ oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat’iyan man etiladi;
¾ ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, ijodiy uyushmalar orqali targ’ibot-
tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy (kommunistik) mafkura nuqtai
nazardan qayta ishlanadi, ular ongiga mafkuraviy aqidalar singdiriladi;
¾ siyosiy qatag’onlik shaxsning ongi va hatti-harakatlarini nazorat ostiga olish,
mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, qo’llab-quvvatlash tuyg’usini
singdirishning asosiy vositasiga aylanadi;
¾ rasmiy mafkuraga mos bo’lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo’q qilishga,
intellektual va ijodiy faoliyatni bo’g’ishga yo’naltirilgan tsenzura organi faoliyat
yuritadi;
¾ siyosiy qatag’onlikni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat
va axloq tuzatish lagerlari tarmog’i tuziladi va faoliyat yuritadi, birga ishlovchi,
qo’ni-qo’shnilardan kuzatuvchi, ig’vogar-chaqimchilar yollanadi, aholi qo’rquv
ostiga olinadi.
Respublika huquqlarining cheklanishi Mamlakatda totalitar tizimning qaror topishi,
shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon -
ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston timsolida ham yaqqol
qo’zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq
ravishda SSR itifoqi organlariga bo’ysundirildi. Shuningdek, bu erdagi yagona rahbar
tashkilot - O’zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo’limi maqomida faoliyat
yuritardi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markazqo’mi qabul qiladigan har qanday
qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan
bajarilishi majburiy va shart edi.
Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti (Komsomoli) va boshqa
jamoat tashkilotlari ham Markazdagi shu xildagi tashkilotlarning aynan andozasi asosida
tuzilgan bo’lib, ularga to’liq bo’ysungan holda faoliyat yuritardi. Shu bilan birlikda bu
tashkilotlarning barchasi kompartiya etakchiligida, uning siyosiy - g’oyaviy ta’sirida
bo’lib, o’z a’zolarining ongi, tafakkurini shu partiyaning mafkurasi, g’oyasi ruhida
shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Negaki, mustabid tuzum sharoitida jamiyat
a’zolarini boshqacha ruhda tarbiyalash to’g’risida gap bo’lishi mumkin emasdi.
Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas
ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy
mustaqilligini yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy,
xo’jalik, madaniy- ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil hal
etishga haqli, huquqli emas edi. Buning uchun avvalo Markazning roziligini olish talab
etilardi. O’zbekiston mustaqilligining nechog’lik rasmiy, yuzaki mazmunda bo’lganligi
fakti uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o’z aksini topgan edi. Jumladan,
O’zbekistonnning 1937 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e’tibori bilan
asosan 1936 yil 5 dekabrdan kuchga kirgan SSSR konstitutsiyasining aynan nusxasi edi.
262
Unda respublikaning mustaqilligi, fuqarolarining huquqlari, erkinliklari madh etilmasin,
biroq ular amaliyotda nechog’lik soxta, quruq safsatalar bo’lib chiqqanligi hammaga
ayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |