O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana17.11.2019
Hajmi1,51 Mb.
#26258
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
uzbktarixi uzl


 

 

132


Sinov savollari 

 

1.  Chingizxon shaxsi to’g’risida nialarni bilasiz? 



2.  Chingizxon 1219 yilgacha qanday hududlarni istilo etgan edi? 

3.  Muhammad Xorazmshoh davlatining ichki ahvoli qanday edi? 

4.  Movarounnahr shaharlari qanday mudofaa qilindi? 

5.  Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning mo’g’ullarga qarshi qurashlardagi beqiyos 

jasorati haqida so’zlang. 

6.  Jaloliddin Manguberdi yubileyi yurtimizda qachon va qanday nishonlandi? 

7.  Chig’atoy ulusi qanday vujudga keldi, u qay tarzda boshqarildi? 

8.  Mo’g’ullar mahalliy aholiga qanaqa soliq va to’lovlar soldi?  

9.  Mahmud Torobiy qo’zg’oloni to’g’risida tushuncha bering.  

10. Torobiy qo’zg’oloni nima uchun mag’lubiyatga uchradi? 

11. Mas’udbekning Movarounnahrdagi boshqaruvchilik va islohotchilik faoliyati 

haqida so’zlang.  

12. Kebekxon o’lkada qanday o’zgarishlarni amalga oshirdi? 

13. Nima sababdan XIV asrning 40-60 yillariga kelib Chig’atoy ulusi iqtisodiy 

tushkunlik, hududiy parchalanishga yuz tutdi? 

14. Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy-ma’naviy 

hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi? 

15. Bu davrga xos O’rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati namunalaridan nimalarni 

bilasiz?  

16. Turkiy (eski o’zbek) adabiyot ijodkorlari asarlaridan     so’zlab bering. 

 


 

133


VII BOB.  AMIR TEMUR DAVRIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGINING 

YUKSALISHI. IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 

 

Tayanch so’z va iboralar: Siyosiy tarqoqlik. Amir Temur. Amir Temur- 

markazlashgan davlat asoschisi. Amir Temur yurishlari. Temur tuzuklari. Movorounnahr. 

Xuroson. Shohruh Mirzo. Mirzo Ulug’bek. Husayn Bayqaro. Madaniyat. Ulug’bek 

akademiyasi. Alisher Navoiy. 

 

 

 



1.  Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. Markaziy davlat 

boshqaruvining takomillashuvi 

 

 

Amir Temur Vatanimiz tarixida, o’zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat 



ko’rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur 

sarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir.  

Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida 

qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelindi. Biroq o’zbek davlatchiligini qayta 

tiklagan, buyuk davlat darajasiga ko’targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temurning 

tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni qatag’onlik zanjirida ushlab 

turish vaqti o’tdi. Milliy istiqlol tufayli o’z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy 

haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini 

tiklash baxtiga  muyassar bo’ldik. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996 

yilning Amir Temur yili deb e’lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining 

660 yilligini mamlakatimizda hamda YuNESKO tashabbusi bilan butun dunyo 

miqyosida keng nishonlanishi - bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaversa, jahon 

ahlining bu buyuk zotga, uning ulug’vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e’zozi 

ramzidir. 

 

 

 

 

Amir Temurning 

shaxsiy fazilatlari 

¾  Ma’rifatparvarlik, ilmparvarlik 

¾  Donishmandlik 

¾  Raiyatparvarlik 

¾  Adolatparvarlik 

¾  Kechirimlilik, rahimdillik 

¾  Olijanoblik 

¾  Mardlik, bahodirlik 

¾  Qattiqqo’llik 

¾  Irodalilik 

¾  Jasoratlilik 

¾  Sobitlik, vazminlik, chidamlilik 

¾  Sabr-bardoshlik, insoflilik 

¾  Mehribonlik, muruvvatpeshalik 

 


 

134


Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim. 

gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. 

Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim. 

Amir Temur 

 

«Hamisha xalq g’amini, yurt g’amini o’ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog’i 



ostida toptalgan o’lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz 

do’stlar, barchamiz yakdil bo’lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga 

muhabbatimiz bilan O’zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. 

Bu yo’lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik   - dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin» 

degan dono o’gitlari doimiy shiorimiz bo’lsin» 

I.Karimov 

 

Amir Temur turkiy barlos urug’ining biy(urug’ oqsoqoli)laridan bo’lmish 



Muhammad Tarag’ay va Buxoro shariat qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina 

Mohbegimlarning farzandi bo’lib, 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo’ja Ilg’or qishlog’ida 

tavallud topgan. Uning to’liq ismi sharifi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn 

Amir Burkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60-yillarida 

mo’g’ullarning Chig’atoy ulusidagi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346 yili 

Chig’atoy ulusi xoni Qazonxon amir Qazog’on tomonidan o’ldiriladi. 1358 yilda amir 

Qozog’on ham o’ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O’lkaning turli 

hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko’rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, 

chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar, 

Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning 

ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug’dirayotgandi.  Ulus o’ntacha 

mustaqil bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularning beklari o’rtasida doimo nizo, janjal 

bo’lardi.  Buning ustiga o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda  

Movarounnahrga katta qo’shin tortib kelgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur

1

 xuruji 


ham dard ustiga chipqon bo’lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida 

hozir bo’lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish 

ko’rish, o’z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to’plash, so’ngra qulay imkoniyat 

tug’ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi. 

Temurbek uddaburonlik bilan o’ziga xos taktika qo’llab, o’zining bosh orzu-

maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli 

kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug’luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil 

muddat o’tar-o’tmay, Balx hokimi, kelib chiqishi Chingiziylar nasabidan bo’lgan Amir 

Husayn bilan do’stlashib, u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. 

U 1362-1364 yillarda mo’g’ul qo’shinlariga bir necha marta zarba beradi.  

Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish 

qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo’yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn 

                               

1

 Bu erda gap Chig’atoy ulusining bo’linishi natijasida tashkil topgan. Mo’g’iliston nomi bilan atalgan xonlik 



hukmdori to’g’risida borayapdi. 

 

135


qo’shininig Ilyosxo’ja boshliq mo’g’ul qo’shinidan kutilmaganda engilishi Amir Temur 

uchun juda katta saboq bo’ldi. Ilyosxo’ja qo’shinlari Samarqandga tomon yurdi. 

Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi (Samarqand hokimi qochib ketgan edi) mudofaaga 

ko’tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand uning 

markaziga aylandi. Harakatga tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu 

Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo’rdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida 

to’plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da’vati bilan mo’g’ullarga qarshi 

kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo’ja Samaraqandda katta zarbaga uchrab 

Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Samaraqandda hokimiyat sarbadorlar 

qo’liga o’tadi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko’radi, 

mo’g’ullarga tarafdorlik qilganlarning er va mulklari musodara etiladi.  

Samarqand sarbadorlari g’alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur 

1366 yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Husayn hiylasi bilan sarbadorlar 

boshliqlari qo’lga olinib, o’ldiriladi. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayligina 

Mavlonozoda tirik qoladi. Movaraunnahrda hukmronlik amir Xusayn qo’liga o’tadi. 

Amir Husayn Movarounnahrda Amir Temurni qoldirib o’zi Xurosonga ketadi.  

Amir Temurning keyingi jo’shqin faoliyati davomida  uning amir Husayn bilan 

ittifoqi mustahkam bo’lolmadi. Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo’lgan 

amir Husayn qanday qilib bo’lmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan 

qaytmaydi. Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o’rtalarida sadoqat va do’stlik 

munosabati  yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo Amir 

Husaynning ko’ngli makr va g’addorlik o’y-hayolidan bo’shamasdi» (Sh.Yazdiy. 

«Zafarnoma», 207-bet). 

Xalqimizda «birovga choh qazisang, o’zing yiqilasan» deyilganidek, amir Husayn 

ham o’zi qazigan chohga o’zi yiqildi. Vaziyat taqozasi bilan Amir Temur amir Husayn 

o’rnashib olgan  Balxga 1370 yilning bahorida qo’shin tortib boradi va uni mahv etadi. 

Shundan so’ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib qoldi. 

Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo’lga 

kiritgan Amir Temur oldida hali g’oyatda katta, murakkab vazifalar ko’ndalang bo’lib 

turardi. Eng asosiysi, mamlakat hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat 

tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Buningsiz mamlakat taraqqiyotini olg’a 

bostirish, uning dovrug’ini jahon miqyosiga ko’tarish mumkin emasdi. Shu boisdan 

dastlab Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi hududlar diplomatik yo’l bilan birlashtirildi.  

Amir Temur sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil 

oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo’g’ul xoni Kepak 

Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator 

hududlar egallanadi. Ko’p o’tmay Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning 

tasarrufiga olindi. 

Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo’g’uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar 

qilgani tilga olinadi.  

Uning qudratli mo’g’ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib 

borgan ko’p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo’g’ullar asoratidan 

xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O’z tasarrufida 


 

136


Qoshg’ar, Issiqko’l va Ettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369 yili Ilyosxo’jani taxtdan 

ag’darib, Mo’g’uliston xoni bo’lib ko’tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389 yillar 

davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jangu jadallar oqibatida 

Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo’shib olindiki, bu hol 

yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat 

kasb etdi. 

 

 

 

 

Amir Temur 

tomonidan 

markazlashgan 

qudratli 

davlatga asos 

solinishi 

¾  1361-1365 yillar Mo’g’iliston xoni Tug’luq Temur va uning 

o’g’li Ilyosxo’jaga qarshi urush. 

¾  1370 yili Amir Husaynga qarshi Balxga yurish va uni bartaraf 

etish. 

¾  1370-1371 yillarda Farg’ona, O’tror, Yassi, Toshkent, Hisor, 



Badaxshon, Qunduz bo’ysundirildi. 

¾  1381 yili Hirot, Seiston, Mozandaron, Saraxs, Sabzavor 

bo’ysundiriladi.  

¾  1371-1389 yillarda jami 7 marta Mo’g’uliston hukmdori Amir 

Qamariddinga qarshi jangu jadallar olib borish va sharqiy, 

shimoliy hududlarning yurtga birlashtirilishi 

¾  1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillarda Xorazmdagi so’fiylar 

sulolasi hukmdorlari: Husayn, Yusuf va Sulaymon So’fiylarga 

qarshi olib borilgan urushlar va Xorazmning yurt tarkibiga 

qo’shib olinishi 

 

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turganidek, Amir Temur o’z saltanati tarkibiga 



Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun ko’p sa’y-harakatlarda bo’ldi. Chingizxon 

tomonidan Jo’ji ulusiga berilgan Xorazm erlari Oltin O’rdadan mustaqil bo’lib ajralgan 

bo’lib, hokimiyat tepasida Qo’ng’irot so’filari turardi. Keyinroq ikkiga bo’linib, janubiy 

qismi Chig’atoy ulusiga bo’ysundirilgan edi, ammo Qo’ng’irot so’filari janubiy qismni 

ham fatx etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o’z ulusining tarkibiy qismi deb hisoblar 

edi. Shu boisdan Xorazmni o’z tasarrufiga kiritish uchun bir necha marta yurish qiladi. 

1388 yilgi so’nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So’fiy hukmronligi ag’darilib, bu 

o’lka Temur saltanati tarkibiga uzil-kesil qo’shib olindi.  

Shunday qilib, Amir Temur bir necha yillar davom etgan qonli va qonsiz 

kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo’llanish 

natijasida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolarni 

bartaraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan 

davlat barpo etishga muvaffaq bo’lindi.  

Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini 

jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan 

e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 

yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 

yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar 

davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik 


 

137


Osiyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga kelib, uning 

dovrug’i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, Sohibqironning 

ko’plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtai nazardan baho berib bo’lmaydi. 

Negaki, bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba 

berish, goho muqaddas islom ta’limoti g’oyalarini, ularning tahqirlovchilaridan himoya 

qilish yohud Sohibqiron yurtiga muttasil dushmanlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga 

nisbatan so’nggi chora sifatida amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin 

O’rda xoni To’xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yy.) olib borgan 

jangu jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash 

maqsadiga yo’naltirilgan edi. Ayniqsa To’xtamishning Xorazm erlariga da’vosi bunda 

muhim sabablardan biri bo’lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O’rdaning mavh etilishi 

esa, tabiiyki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chunonchi, rus knyazliklarining 

mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo’lganligi ham tarixiy faktdir. 

Shuningdek, Sohibqiron qo’shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402 

yilda Anqara yaqinida bo’lib o’tgan hayot-mamot urushi ham, avvalo, turk sultonining 

qaysarligi, manmanligi, murosasizligi, adolat talabiga qo’l siltaganligi orqasida yuz 

bergan. Bu beomon jangni o’z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni paytda o’z 

qudratini nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham namoyish etishga musharraf bo’ldi. Shu 

buyuk g’alabadan so’ng G’arbiy Evropaning Angliya, Frantsiya, Ispaniya singari nufuzli 

davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog’lash, hamkorlik 

qilish, ayniqsa savdo-sotiq munosabatlarini o’rnatishga faol yo’l tutganliklari shundan 

yaqqol dalolatdir. Darhaqiqat, Amir Temurning naqadar uzoqni ko’ra bilish salohiyatini 

uning Evropa hukmdorlari – Frantsiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix 

IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) bilan diplomatik 

aloqalari va yozishmalaridan ham bilsa bo’ladi. U jumladan, Frantsiya qiroli Karl VI ga 

yo’llagan maktubida savdo aloqalarini yo’lga qo’yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli 

bilan obod bo’lajak», degan fikrni bildirgan edi. Frantsiya qiroli 1403 yil 15 iyunda 

yozgan javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildiradi. Bu davrga kelib 

Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi davomida Movarounnahr va Xuroson 

dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog’lanib, xalqaro karvon 

savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy 

va ma’naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 

Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora 

qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi. 

U o’zbek davlatchiligining Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, 

Xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy 

asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, 

ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi. 

Amir Temur o’zigacha shakllangan o’zbek davlatchiligining asoslariga izchil amal 

qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo’shdi.  

Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha 

ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida 

e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat 


 

138


ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, 

shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan.  

Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat 

bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga 

molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan. 

Davlatning siyosiy boshqaruv tizimi 

 

 



 

Dargoh 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Harbiy vazir 

 

 

Mulkchilik va soliq  



ishlari vaziri 

 

 



 

 

 

 



Moliya vaziri 

 

Bosh 



vazir 

 

Xolisa 



(askarlar maoshi va 

oziq-ovqat ta’minoti 

bilan shug’ullanuvchi) 

 

 



 

 

 



 

Saroy vaziri 

                                                                 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Jibachi  

 

Xazinachi 



 

Bitikchi 

 

Sozanda 


 

Choparla


 

Dorichi 



 

Tabiblar 

 

Munshilar 



 

Bakovul 


 

Qushchi 


 

Bosh xojib 

 

Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hokimiyat idoralari va 



umuman saltanatda kechayotgan jarayonlar bilan bog’liq ishlar oliy devon zimmasida 

bo’lgan. Oliy devonda har kuni 4 vazir, ya’ni ijroiya idoralari nomidan bosh vazir, harbiy 

vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo’lib, o’ziga xos ravishda 

hukmdorga hisob berib turgan. 



 

 

Mamlakatda diniy 

hokimiyat tizimi 

quyidagi tarzda 

boshqarilgan 

¾  Shayxulislom 

¾  A’lam 

¾  Qozikalon 

¾  Sadri a’zam 

¾  Muhtasib 

¾  Qoziyi ahdos 

¾  Qozi askar 

¾  Mudarris 

¾  Mutavalli 

Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruviga xos eng muhim xususiyatlaridan 

biri unda adolat me’zoniga alohida ahamiyat berilganligidir. U har doim «Kuch - 

adolatda» deb ta’kidlar va unga amal qilardi. Uning davlat boshqaruvi tizimi masalalariga 


 

139


bag’ishlangan mashhur tuzuklarida ham har bir ishda adolat me’zoniga amal qilishlik, 

nohaqlik, adolatsizlikka nisbatan murasasizlik g’oyasi chuqur ifodalanganligi bejiz 

emasdir. Zero, xoh moliya-soliq tizimida, xoh savdo-tijorat sohasida yohud mulkiy 

masalalarda bo’lsin, hamma narsada adolat ko’zi bilan, qonunchilik qoidalari, talablariga 

asoslanib ish yuritish Amir Temurning qat’iyat va izchillik bilan o’tkazgan davlatchilik 

siyosatining asosiy me’zoni bo’lgan. O’z amali, mansabini suiste’mol qilishlik, 

poraxo’rlik, maishiy buzuqlik kabilar og’ir jinoyatlar sanalib, ularni sodir etuvchilar qattiq 

jazolangan. 

Amir Temur tuzuklariga asos qilib olingan davlatchilik siyosatining muhim jihati 

yana shundan iboratki, uning davrida har bir sohaga kadrlar tanlash, lavozimlarga 

tayinlashda ularning iqtidoru qobiliyatiga, bilimu iste’dodiga, nasl-nasabiga alohida 

e’tibor berilgan. Davlatga sadoqat bilan xizmat qilgan xodimlar doimo rag’batlantirilib, 

martabalari oshirib borilgan. 

 

2. 



Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson 

 

Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharqu 

g’arbga, shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatlardan 

yuksaltirib dovrug’ini olamga mashhur qilgan bo’lsa-da, biroq uning vafotidan keyin 

mamlakat tanazzullikka uchrab bordi. Buning asosiy boisi avvalo shundaki, Amir Temur 

tasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib, 

ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustiga 

ulardagi mavjud turli-tuman muholifatchi kuchlar ertami-kech o’z hududiy mustaqilligi 

uchun harakat etishlari tabiiy edi.  

Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim 

sabablardan yana biri - ko’p sonli temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt talashib boshlanib 

ketgan va bir necha yillarga cho’zilgan o’zaro besamar urushu nizolardir. Chunki, Amir 

Temur vafotidan so’ng uning ko’p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o’gitlariga quloq 

osmay, markaziy hokimiyatni egallash yo’lida jangu-jadalga kirishadilar. 

Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O’trorda 1405 yil 18 fevralda 

kasallanib vafot etgan paytda uning 4 o’g’lidan 2 tasi (Mironshoh va Shohruh 



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish