3
KIRISH
Poydevori mustahkam, jozibasi betakror binolari ila butun olamga sayqal
bergan, Amir Temur aytganidek, “Bizni kimligimizni bilmoqchi bo„lganlar, biz
qurgan inshoatlarga nazar tashlasin” degan hikmatlari albatta bejizga emas.
Bugungi kuning dolzarb vazifalaridan biri kasb-hunar kollejlarida pedagog hamda
tarbiyachi kadrlar mahoratini sifat jihatdan oshirib borishdir. CHunki, har qanday
ta‘lim va tarbiya o‗quvchilarga o‗qituvchi va murabbiylar orqali amalga oshiriladi.
SHuning
uchun
ham
ularning
kasbiy
mahoratlarini
uzviylik
asosida
takomillashtirib borish o‗rinlidir. ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi‖ da jamiyatni harakatlantiruvchi kuch-shaxs deb ko‗rsatilgan.
Fanni o‗rganishning dolzarbligi. Respublikamizdagi iqtisodiy, siyosiy va
badiiy madaniyat tizimlarida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar har bir shaxs uchun,
uning turmushining barqaror bo‗lishi uchun katta imkoniyatlar tug‗diradi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ko‗rsatib berganidek, «...Mamlakatni
modernizatsiya qilish va aholiga munosib sharoit yaratib berish borasida o‗z
oldimizga qo‗ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida
ro‗y berayotgan o‗zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirishni ob‘ektiv shart qilib qo‗ymoqda»
1
. Bunday shartlardan biri –
jamiyatdagi muammolarga ilmiy yondashishdir. Bu yondashuvda mazkur fan
muhim o‗rin tutadi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, chizmachilik faning rivojlanishida SHarq
olimlarining buyuk mutafakkirlarining o‗rni beqiyosdir. YUrtimizda yaratilgan
qadimiy inshootlar, noyob tasviriy, me‘moriy asarlarga maftun bo‗lib qolarkanmiz,
shunday yuksak badiyatni bunyod etgan me‘mor, musavvir va haykaltaroshlarning
san‘ati, mahoratidan qalbimizda iftixor xissiyotlari uyg‗onadi.
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy ko‗plab fanlarning
rivojlanishiga asos solganlar. Xorazmiy o‗zinig xayoti davomida algebra,
astranomiya, geografiya geometriya va boshqa fanlarga ulkan xissa qo‗shgan.
1
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни
модернизация ва ислощ этишдир. -Т.: ―Ўзбекистон‖, 2005. 76-бет.
4
Xorazmiyning geometriya sohasidagi o‗zining fazoviy tasavvurlari algebraik,
trigonometrik, geografik sohalardagi qarashlari bilan boshqa olimlardan ajralib
turgan. Tarixiy manbalarga ko‗ra Xorazmiy o‗z ―Zij‖ida boshlang‗ich meridian
sifatida, hind an‘anasiga ko‗ra, Arin (hozirgi Hindistondagi Ujayn) shahridan
o‗tgan meridianni tanlagan. Buyuk olim Muso al-Xorazmiyning izidan borgan
Xristofor Kolumb o‗ziga tegishli nusxa hoshiyasiga yozgan eslatmalariga ko‗ra,
Arin g‗oyasi unda erning noksimon ekanligi va erning Aringa diametral qarama-
qarshi tarafida Aringa o‗xshash joy bo‗lishi kerakligi haqida fazoviy tasavvur hosil
qilgan. Muso al-Xorazmiy va Abu Nasr Farobiylarning qarashlaridan, mulohazali
fikrlaridan shu narsa ma‘lum bo‗ladiki, fazoviy tasavvurlarni o‗stirish uchun
chizmani va uning ko‗rinishini oldindan ko‗z oldimizga keltirib olish lozim.Har bir
ish ketma-ketligini bajarish davomida chizmaga murojaat qilib borilmasa turli
xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Zero, chizma asboblarini ayniqsa, chizg‗ich va sirkul yordamida turli grafik
ishlarni bajarishni ham birinchi bo‗lib sharq mutafakkirlari ilmiy asoslab berganlar.
Jumladan, Abu Nasr Farobiy (870-950) o‗zining10 ta bobdan iborat ―geometrik
yasashlar‖ haqidagi kitobida keltirilgan. YUqorida SHarqning buyuk
mutafakkirlarini chizmachilik fani yuzasidan asarlarida bildirilgan ilmiy nazariy
bilim asoslaridan g‗oyalaridan ma‘lum bo‗lmoqdaki, mazkur fanni rivojlanishida
va o‗ziga xosligida dunyo ilmida alohida ahamiyatga egadir. Kelajak sari intilish,
taraqqiyot va yuksalishning ta‘minlanishi uchun respublikamizda amalga
oshirilayotgan tub o‗zgarishlarning nazariy asoslarini, amaliy uslublarini tushunib
olish va o‗zlashtirish g‗oyat muhimdir. Bunda yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari va
ularning tahlilining o‗rni va ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: