Xarajatlar.
Muzqaymoq ishlab chiqarishda sotuvchilar turli xil xarajatlar
qiladi: qaymoq, shakar, ta’m beruvchi preparatlar, muzqaymoq mashinasi, ishlab
chiqarish binosi hamda mahsulotni ishlab chiqaradigan va mashinalarni
boshqaradigan ishchi kuchi xarajatlari.
Yuqorida ta’kidlangan xarajatlardan biri yoki bir nechtasi miqdorining
oshishi, mahsulot foydaliligini kamaytiradi va taklif qisqarishiga olib keladi. Agar
xarajat keskin oshsa, firma yopilishi mumkin va hech qanday muzqaymoq taklifi
ham bo`lmaydi. Shu sababli mahsulot taklifi mahsulotga qilinadigan xarajat
miqdori bilan teskari bog’lanishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |