Электр хавфсизлиги



Download 263,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi263,65 Kb.
#268623
  1   2   3
Bog'liq
2-MA‘RUZA. FANNING PREDMETI VA USLUBLARI



2-MA‘RUZA. FANNING PREDMETI VA USLUBLARI 

 

Reja: 1. Qabul qilingan atamalar va qisqartmalar. 



2.  Elektr  uskunalariga  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlarning  elektr  xavfsizligi 

bo‘yicha guruhlari. 



3. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish man qilingan og‘ir va 

zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ish va kasblar ro‘yxati 



4. Sinov savollari. 

 

1. Qabul qilingan atamalar va qisqartmalar 

 

Atama, belgilanishi 

Ta‘rifi 



Energetika tizimi 

(energotizim) 

Elektr  stansiyalari,  elektr  va  issiqlik  tarmoqlarining  birlashmasi 

hisoblanib, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib, elektr energiyasini 

va  issiqlikni  uzluksiz  ishlab  chiqarish,  uzatish  va  taqsimlash 

bo‘yicha, umumiy rejimli boshqaruvga egadir 

Elektr ta‘minoti 

Iste‘molchilarni elektr energiya bilan ta‘minlashga aytiladi. Elektr 

ta‘minoti  tizimi  deb,  iste‘molchilarni  elektr  energiyasi  bilan 

ta‘minlovchi elektr qurilmalar jamlamasi (birligi)ga aytiladi 

Elektr tarmog‘i 

Elektr  energiyani  uzatuvchi  va  taqsimlovchi  elektr  uskunalarning 

birligi hisoblanib,  ular  podstansiyalar, tarqatuvchi qurilmalar, tok 

o‘tkazuvchilar, havo va kabel liniyalaridan tashkil topgan bo‘lib, 

yuridik yoki jismoniy shaxslar hududlarida ishlaydilar 

Elektr energiyasini 

qabul qiluvchilar 

(elektr qabul qiluv-

chilar) 


Sрunday  apparat,  agregat  va  mexanizmlarga  aytiladiki,  ularda 

elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga o‘zgartiriladi 

Elektr energiya 

iste‘molchisi 

Ayrim  elektr  qabul  qiluvchiga  yoki  ma‘lum  hududda  joylashgan 

va umumtexnologik jarayon bilan o‘zaro bog‘langan, elektr qabul 

qiluvchilar guruhidir 

Elektr uskunasi 

Elektr energiyasi ishlab chiqarilayotgan, o‘zgartirilayotgan, uzati-

layotgan,  taqsimlanayotgan  hamda  iste‘mol  qilinayotgan  uskuna-

lardir 

Ishlayotgan elektr 

uskunalari  

Kuchlanish  ostidagi  yoki  kommutatsiya  apparatlarini  ulanishi 

bilan  kuchlanish  berilishi  mumkin  bo‘lgan  elektr  uskunalari  yoki 

ularning uchastkalari 

1000 Voltgacha va 

undan yuqori 

kuchlanishli elektr 

uskunalari 

Kuchlanishi (ishchi kuchlanishi) 1000 Voltgacha va undan yuqori 

bo‘lgan elektr uskunalari 

Elektr uzatish liniyasi 

Elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallangan elektr uskunasi. 



Izoh:  Elektr  uzatish  liniyalari  havo  yoki  kabel  liniyalari  bo‘lishi 

mumkin 


HL  

Havo elektr uzatish liniyasi 

KL 

Kabel elektr uzatish liniyasi 



OTQ (ORU) 

Ochiq yoki tashqi elektr uskunalari deb, atmosfera ta‘siridan bino 

yordamida himoya qilinmagan elektr uskunalaridir 

YoTQ (ZRU) 

Yopiq  yoki  ichki  elektr  uskunalari  deb,  atmosfera  ta‘siridan 

himoya  qiluvchi  binoni  ichida  joylashgan  elektr  uskunalariga 




 

aytiladi 

Kommutatsion elektr 

apparatlari  

Elektr  zanjirini  kommutatsiya  qilish  va  tok  o‘tkazish  uchun 

mo‘ljallangan elektr apparatlari tushuniladi 

Mexanizmlar 

Gidroko‘targichlar,  teleskopik  minoralar,  ekskavatorlar,  avtoyuk-

lovchilar, bo‘rg‘ilash-kran mashinalari, mexanik yuritmali surilma 

narvonlar 

Yuk ko‘tarish 

mashinalari  

Barcha  turdagi  kranlar,  kran-ekskavatorlar  (kanatda  osilgan  ilgak 

bilan  ishlashga  mo‘ljallangan  ekskavatorlar),  «Sanoatkontex-

nazorat» DI ning qoidalariga ta‘luqli bo‘lgan yuklar va odamlarni 

ko‘tarish uchun talar, chig‘irlar 

HL ni himoya hududi 

Chekkadagi  simlardan  (ularni  og‘magan  holatida)  quyidagi 

masofaga  uzoqlashgan  parallel  to‘g‘ri  chiziqlardan  o‘tuvchi 

vertikal  tekisliklar  orasidagi  yer  va  fazo  uchastkasi,  havo  elektr 

uzatish liniyasining himoya hududi bo‘lib hisoblanadi: 

1 kV gacha ……………………………………..…..………... 2 m; 

1 kV dan 20 kV gacha ………...……………...………….… 10 m; 

35 kV …………………………..………………………… 15 m; 

110 kV …………………..………………….…………….. 20 m; 

220 kV ………………….………………………………… 25 m; 

500 kV …………………….………………..…………..… 30 m 

Ekspluatatsiya qiluvchi 

korxona 

Elektr uskunasini ishlatayotgan elektr stansiyasi, elektr tarmoqlari 

korxonasi, sanoat korxonasi 

Hosil bo‘ladigan 

kuchlanish hududi 

110  kV  va  undan  yuqori  kuchlanishdagi  o‘zgaruvchan  tok  HL 

bo‘ylab, HL o‘qidan kam bo‘lmagan masofaga uzoqlashgan, ikki 

tarafdan  vertikal  tekisliklar  bilan  chegaralangan  yer  va  fazo 

uchastkasi  ko‘rinishidagi  hudud  hosil  bo‘ladigan,  kuchlanish 

hududi deb hisoblanadi: 

110 kV HL uchun ………………………………………... 100 m; 

220 kV HL uchun ………………………………………... 150 m; 

500 kV HL uchun ………………………………………... 200 m; 

Hosil bo‘lgan 

kuchlanish hududidagi 

HL 


110  kV  va  undan  yuqori  kuchlanishdagi  boshqa  ishlayotgan  HL 

ni,  hosil  bo‘lgan  kuchlanish  hududida  butun  uzunligi  bo‘yicha 

yoki  umumiy  uzunligi  2  km  dan  kam  bo‘lmagan  ayrim 

uchastkalari bo‘ylab o‘tuvchi HL 

Ishlayotgan elektr 

uskunasining ta‘sir 

hududi 

Ish joyida kuchlanganligi 5 kV/m dan yuqori, kuchlanishi 500 kV 

bo‘lgan, ishlayotgan elektr uskunaning yonidagi bo‘shliq 

Elektr ta‘mirlash 

(sozlash) tashkiloti 

Elektr  uskunaning  elektr  jihozlarini  ta‘mirlash  yoki  sozlash 

bo‘yicha ishlarni bajarayotgan tashkilot 

Dalolatnoma–ijozat 

Ishlayotgan elektr uskuna hududida, elektr uskunalarini ta‘mirlash 

(sozlash) bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun yozma ruxsat 

Balandlikdagi ishlar 

Ish joylari va ularga o‘tish yo‘llari yer, tom (pol) sahnidan 1,3 m 

va undan yuqorida joylashgandagi ishlar 

Sinov uskunasi 

Elektr  jihozlarini  sinash  uchun  mustaqil  manbaga  ega  bo‘lgan, 

qo‘lda  yoki  transport  yordamida  olib  boriladigan  uskuna.  Uni 

yordamida elektr jihozlariga sinov kuchlanishi berilishi mumkin 

Doimiy sxema 

bo‘yicha kuchlanish 

berish 


Ekspluatatsiya  ish  rejimi  kiritilganidan  so‘ng,  ushbu  elektr 

uskunaning  loyihasida  ko‘zda  tutilgan  kommutatsiya  sxemasi 

bo‘yicha  elektr  uskunaga  yoki  uni  ayrim  uchastkalarida  kuchla-

nish berish 




 

Vaqtinchalik sxema 

bo‘yicha kuchlanish 

berish 


Sinalayotgan  elektr  uskunasi  loyihasida  ko‘zda  tutilmagan  kom-

mutatsiya sxemasi bo‘yicha sozlash ishlari amalga oshirilayotgan 

sinov uskunalarini ta‘minlash uchun kuchlanish berish 

Kuchlanish olinganida 

bajariladigan ishlar 

Elektr  uskunani  tok  o‘tkazuvchi  qismlardan  ishchi  kuchlanishi 

olinganida, elektr uskunada bajariladigan ishlar 

Tok o‘tkazuvchi 

qismlarda kuchlanish 

ostidagi ishlar 

Himoya  vositalarini  qo‘llagan  holda,  elektr  uskunaning  bevosita 

tok o‘tkazuvchi qismlarida bajariladigan ishlar. 

1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida hamda 1000 

Voltgacha  bo‘lgan  kuchlanishli  HL  da  kuchlanish  ostidagi 

ishlarga  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  masofalardan  yaqin 

joylashgan tok o‘tkazuvchi qismlarda, bajariladigan ishlar kiradi 

Naryad-ijozat 

Ish joyini, ishni boshlash va tugatish vaqtini, uni xavfsiz bajarish 

shartlarini,  brigada  tarkibini  va  ishlar  xavfsizligi  uchun  javobgar 

shaxslarni  belgilovchi  yuqori  xavfli  ishlarni  xavfsizlik  bilan 

amalga oshirish uchun yozma topshiriq 

Ish joyi 

Elektr  ta‘mirlash  (sozlash)  tashkilotining  xodimlari  tomonidan 

ishlar olib berilayotgan hududni uchastkasi yoki xonaning qismi 

Ijozat  

Ish joyiga naryad-ijozat bo‘yicha ruxsat berish. 

Qayta ijozat 

Mazkur naryad-ijozat bo‘yicha, oldin ishlar amalga oshirilgan ish 

joyiga ijozat berish 

Elektr muhofaza 

vositalari 

Elektr  uskunalari  bilan  ishlaydigan  odamlarni  elektr  tokidan 

shikastlanishdan, elektr yoyi va elektr maydoni ta‘siridan himoya 

qilish  uchun  xizmat  qiladigan  qo‘lda  yoki  transport  yordamida 

olib boriladigan buyumlar 

Ishlayotgan elektr 

uskunalaridagi ishlar 

Elektr  ta‘mirlash  (sozlash)  ishlarini,  ishlayotgan  elektr  uskuna-

ning hududida (xonasida) amalga oshirish 

Malakali xizmat 

ko‘rsatuvchi xodim 

(mutaxassis) 

Ushbu ish lavozim uchun majburiy hajmdagi  bilimlar tekshiruvi-

dan o‘tgan va elektr uskunalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi 

qoidalariga ko‘zda tutilgan, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malaka-

viy guruhga ega hamda maxsustayyorlangan shaxs hisoblanadi 

Elektr xonalari 

Faqat  malakali  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  uchun  kirish 

mumkin  bo‘lgan,  elektr  uskunalari  joylashtirilgan  xonalar  yoki 

xonaning to‘rlar bilan ajratilgan qismlaridir 

Issiq xonalar 

Shunday  xonalarga  aytiladiki,  ularda  isiqlik  nurlanish  ta‘siridan 

doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan (bir sutkadan ortiq) harorat 

+35


0

S  dan  yuqori  bo‘ladi  (masalan,  quritgichlar,  quritadigan  va 

pishiradigan pechlar joylashgan xonalar, qozonxonalar va h.k.). 

Moy to‘ldirilgan 

apparatlar 

Shunday  apparatlarga  aytiladiki,  ularning  ayrim  elementlari  va 

barcha normal holatda uchqun beruvchi qismlari yoki orasida yoy 

hosil  bo‘luvchi  qismlari  shu  qadar  moyga  botiriladiki,  ushbu 

qismlar va atrof-muhit bilan aloqa imkonlari istisno qilingan 

Balandlikka chiqib 

bajariladigan ishlar 

Yer, tom, ish to‘shamasi sahnidan 5 metrdan ko‘proq balandlikda  

bevosita  konstruksiyalarda  turib  ularni  ta‘mirlash  yoki  ta‘mirlash 

bo‘yicha  bajariladigan  ishlar,  balandlikka  chiqib  bajariladigan 

ishlar  deb  hisoblanadi.  Bunda,  ishchilarni  balandlikdan  tushib 

ketishidan  saqlash  uchun  asosiy  himoya  vositasi  sifatida,  saqlov-

chi kamardan foydalaniladi 

TP 


Transformator podstansiyasi 

 

 




 


Download 263,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish