Tovarlar bozori va IS egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozorini IS-LM modeliga
qaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi.
Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX(e).
27
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7
th
edition). USA, 2009, p 340
189
Bu tenglama shuni bildiradiki, jami daromad Y iste’mol C, investitsiya I,
davlat xarajatlari G va sof exportning NX yig’indisiga teng. Iste’mol sof
daromadga (Y-T) to’g’ri proporsianal, Investitsiya foiz stavkasiga teskari
proporsianal. Sof export valyuta kursiga (e) tengkari bog’liq. Oldingiga o’xshab,
biz valyuta kursini (e) har bir milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutalar
miqdori sifatida bilamiz – misol uchun (e) 100 yena bir dollar bo’lishi mumkin. Siz
yana eslashingiz mumkin ya’ni biz 5 bobda sof exportni nominal valyuta kursiga
qaraganda (milliy va xoriji valyutalar narxlari) real valyuta kursiga bog’lagandik
(ya`ni mamlakatdagi va xorijdagi tovarlarning o’zaro narxlari).
Agar e nominal valyuta kursi bo’lsa, real valyuta kursi eP/P* ga teng, bu
yerda P mahalliy narx darajasi va P* xorijiy narx darajasi. Mandell-Fleming
modeli mamlakatdagi va jahon narxlari darajasi o’zgarmas degan farazga
asoslanadi, shuning uchun real valyuta kursi va nominal valyuta kursi bir biriga
to’g’ri proporsional. Bu degani, mahalliy valyutaning qadri oshsa, xorijiy tovarlar
mahalliy tovarlarga qaraganda arzonroq bo’ladi va bu eksportni pasayiradi va
importni oshiradi. Yuqoridagi tovarlar bozori muvozanatining tovar va
xizmatlarga va xarajatlarga ta’sir qiladigan ikkita moliyaviy o’zgaruvchisi (foiz
stavkasi va valyuta kursi) mavjud, ammo vaziyatni mukammal capital oqimi
to’g’risidagi tahmindan foydalanib soddalashtirish mumkin. Demak, r = r*.
quyidagi tenglama kelib chiqadi
Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e).
Keling IS* tenglamasiga qaraylik. Biz bu tenglamani grafikda tasvirlashimiz
mumkin, bunda gorizontal o’qda daromad, vertical o’qda valyuta kursi berilgan.
Bu chiziq 12-1 rasmning (c) panelida ko’rsatilgan.
IS* egri chizig’i pastga qaragan chunki yuqoriroq valyuta kursi sof eksportni
kamaytiradi, bu esa o’z navbatida jami daromadlarni pasaytiradi. Buning qanday
ishlashini ko’rish maqsadida, 14-1 rasmning boshqa panellari sof eksport va keyns
xochi bilan birga olib boriladi IS egri chizig’ini keltirib chiqarish uchun. (a) panel,
valyuta kursidagi e
1
dan e
2
ga ko’tarilish sof eksportni NX(e
1
) dan NX(e
2
) ga
pasaytiradi. (b) panel, sof eksportdagi kamayish rejalashtirilgan xarajatlar
grafigini pastga ko’chiradi va bu daromadni Y
1
dan Y
2
ga kamaytiradi. IS* egri
chizig’i valyuta kursi (e) va daromad (Y) o’rtasidagi bog’liqlikni
umumiylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |