JAVOBLAR:
Maktabgacha (3–6 yosh) davri
1. Nigoraning onasi noto‘g‘ri yo‘l tutyapti. Bunday tarbi-
ya usulida Nigorada mehnat qilishga ishtiyoq yo‘qolib keti-
shi mumkin. Ona va qiz birgalikda biror ishni boshlab, qiziga
o‘rgatib, sabr bilan malaka hosil qilishi kerak. Qizining har bir
bajargan ishining natijasini baholashi kerak.
2. 5–6 yoshli bolalar o‘z oila a’zolarining rasmini chizishni
yaxshi ko‘rishadi, yoqtirmagan yaqinlarini xunuk qilib chizadi-
lar. Sanjar bilan ishlashda tarbiyachi juda ehtiyotkor bo‘lishi,
garchi ular hukmga (ayblashga) loyiq bo‘lsalar ham ularni yo-
monlamasligi kerak. Bu yoshdagi bolalar o‘z yaqinlari haqida-
gi o‘zgalar fikriga e’tibor bilan qaraydilar. Bola uchun o‘z ya-
qinlari doimo yaxshi odamligicha qoladi.
3. Kim? Nima? Qanday? kabi savollar 3–4 yoshli bolalar-
ga xos. Bu yoshda biror narsa haqida ma’lumot olishga intilish
kam, shuning uchun javobni oxirigacha eshitmay ketib qoladi-
lar. Tarbiyachi bunday bolalar bilan erinmay ishlashi, izohlab,
tushuntirib berishi kerak.
4. Bu fikr noto‘g‘ri. Bolada hali hayot tajribasi yo‘q. Lekin
xayol (fantaziya) bola hayotida asosiy rol o‘ynaydi. U hamma
o‘yinlarga xayolan kiradi. Kattalar bolalarning xayoliy va haqi-
qiy harakatlarini nazorat qilib turishlari kerak.
5. To‘g‘ri, gapga quloq solib o‘tirish, gap tashish, katta-
lar suhbatiga aralashish odobsizlik ekanligini ona tushunti-
rishi kerak. Bunday holatlar ko‘pincha kattalarning farzand-
443
lariga e’tibor bermasligi, o‘z tashvishlari bilan bo‘lib qolishlari
natijasida yuzaga keladi. Madina kattalar e’tiboriga tushishni
xohlayapti. Bunday paytlarda qizchaga biror ish buyurish va uni
albatta maqtash lo zim.
6. Agar bola tarbiyachining ogohlantirishlariga ham quloq
solmasa, hamma bolalar uyqudan turganda uni turg‘izmaslik;
«Hamma bolalar uxlayotganda cen to‘polon qilding, sen char-
chading, hali dam olib bo‘lmading, yana biroz yotasan» – de-
yishi mumkin. Shunda bola keyingi safar vaqtida uxlashga,
hech bo‘lmaganda tinch yotishga harakat qiladi.
7. Bunga sabablar ko‘p. Ular: o‘yinchoqning nimadan ya-
salganini bilishga, nima uchun, qanday qilib yurayotganini bi-
lishga intilish va o‘yinchoqni to‘g‘ri o‘ynash, ehtiyot qilish, as-
rash kabilar o‘rgatilmaganligidadir.
8. Amalga oshmaydigan narsalar bilan qo‘rqitish mumkin
emas. Bunday hollarda bolada kattalar gapiga quloq solmaslik
odatini kattalar o‘zlari bilmagan holda hosil qilib qo‘yadilar va
o‘zlari nega meni bolam quloqsiz, deb nolib yuradilar.
9. Bola endi atrof-olam bilan tanishayotganda, yangilikka
duch kelganda unda hayron qolishdan tashqari shu narsaga qi-
ziqish ham uyg‘onadi. Ba’zan kattalar o‘zlarining boshqacha
holatlari, ovozlari, tashqi ko‘rinishlari bilan bolani shu nar-
sadan qo‘rqitib qo‘yadilar. Keyinchalik bola qo‘rquv vaqtida
kuchli hayajonlanishni boshidan kechiradi. Tez-tez qo‘rquv
hissini boshidan kechirish bolaning ham jismoniy ham psixik
rivojla nishiga ta’sir qiladi. Kattalar bolalarda ehtiyotkorlikni
unutmagan holda erkinlik va botirlikni tarbiyalashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |