Darslik bilan ishlash.
3-mashq shartiga ko‘ra ikkitadan o‘quvchi chiqib sinf doska-
sida avval qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni
o‘qiydilar, keyin yozadilar.
1- topshiriq. O‘quvchilar berilgan so‘zlardan foydalanib, gaplar
tuzadilar va sinf doskasiga yozadilar.
1-mashq og‘zaki bajariladi. O‘qituvchi meva va sabzavotlar
aks ettirilgan slaydni ko‘rsatadi. Slayd asosida o‘quvchilar namu-
nadagidek gaplar tuzadilar. Namuna: - Sizga bu olmadan necha
kilogramm kerak?
– Menga bu olmadan ikki kilogramm bering.
2-topshiriq ham og‘zaki bajariladi. O‘quvchilar meva va sabza-
votlarning nomini aytib, bozordan nimalardan qancha olganlikla-
rini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |