«Kim nima qiladi?» o‘yini. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi, doska
yoniga har bir guruhdan bittadan o‘quvchi taklif etiladi. Doskaga birin-
chi guruh ishtirokchisi kim so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni yozsa,
ikkinchi guruh ishtirokchisi nima qiladi so‘rog‘iga javob bo‘ladigan
so‘zlarni yozadi. Natijada yig‘iq gaplar vujudga kelishi kerak.
Qolgan ishtirokchilar esa gaplarni daftarlariga ko‘chirib yoza-
dilar. Bunda o‘quvchilarning yozma savodxonligiga ham hisobga
olinadi. Qaysi guruh a’zosi topshiriqni bexato bajarsa, shu guruhga
«rag‘bat kartochkasi» topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |