Darslik bilan ishlash.
3-topshiriq og‘zaki bajariladi. «Nonday aziz» matnini o‘quvchilar
zanjir usulida o‘qiydilar, uning mazmuni asosida kitob haqida suh-
batlashadilar. Quyidagi savollar asosida matn mustahkamlanadi.
Shu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarga turli mavzulardagi kitoblar-
dan namunalar ko‘rsatadi.
Kitob o‘qish orqali nimalarni o‘rganasiz?
Qanday ertak kitoblarni o‘qigansiz?
Kitobni qanday asrashimiz lozim?
Mana bu kitob o‘zbek xalq ertaklari, mana bunisi esa sargu zasht
kitobi, bunisi hayvonlar ensiklopediyasi, «Nega, nima uchun?»,
«Dunyo bo‘ylab sayohat» kitoblari. Siz qaysi birini yoqtirib o‘qiysiz?
O‘zingiz ham ota-onangiz bilan kitob sotib olasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |